Boborahimov sardorning
Download 1.14 Mb.
|
Sardorbek po`lat tabiat kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Litosferaning tuzilishi.
- Gidrosferaning tarkibiy qismlari.
Atmosferaning qatlamlari.
Litosfera (grekcha: λίθος - tosh, σφαίρα - oʻram; — tosh oʻram) — yerning qattiq holatdagi tosh oʻramining qalinligi okean tubida 5–7 km, quruqlikda 30–40 km va togʻlioʻlkalarda 70–80 kmgacha boradi, u choʻkindi, metamorfik va magmatiktogʻ jinslaridan tashkil topgan. Yer sathida, asosan, choʻkinditogʻ jinslari tarqalgan boʻlib, ularning qalinligi 20 kmgacha, okean tublarida esa bir necha yuz metrga yetadi. Ular tarkibi boʻyicha chaqiq, kimyoviy va organik cho'kindilardan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Cho'kindilarning ostida 10–40 km qalinlikdagi granit qobigʻi joylashgan boʻladi, okean tubida ular uchramaydi. Granit va okean cho'kindilari qobigʻi ostida bazal’tqobigʻi joylashgandir. Uning qalinligi okean tubida 5–7 km va quruqlikda 20–30 kmga boradi. 3-Rasm. Litosferaning tuzilishi. Gidrosfera- Yer massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng asosiy qismi. Dunyo okeani Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln. km2)ning 361 mln.km2 ni, yoki 71 % ni Gidrosfera qoplab olgan, koʻl va daryolardagi suvlar esa quruqlik maydonining 6 % chasini egallab turadi. Yer kurrasidagi barcha abadiy qor va muzliklarning umumiy maydoni 21 mln. km2, bu esa Yer yuzasi umumiy maydonining 4 % ini, quruqlik maydonining 14 % ini tashkil etadi. Gidrosferaning kimyoviy tarkibi dengiz suvining oʻrtacha kimyoviy tarkibiga juda yaqin, undagi eng muhim kimyoviy elementlar: kislorod — 85,8 %, vodorod —1 0,8 %, xlor va natriy 2,95 %. Gidrosfera suvlari uzluksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera va biosfera bilan chambarchas bogʻlanishda boʻladi.Gidrosfera gidrologiya, okeanologiya, geologiya, geokimyo kabi qator geografik fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi. 4-Rasm. Gidrosferaning tarkibiy qismlari. Biosfera (bio.va yunoncha. Sphaira-shar). Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobigʻi. Biosferaning tarkibi va energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bogʻliq. Biosfera "hayot qobig'i", toʻgʻrisidagi dastlabki fikrni Lamark bildirgan. "Biosfera" terminini esa fanga avstraliyalik geolog E.Zyuss (1875) kiritgan. Biosfera toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotni rus olimi V. I. Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan.Biosfera. atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda boʻlgan qismi (20–25 km), litosferaningsirtqi qismi va gidrosferani toʻliq oʻz ichiga oladi. Biosferaning quyi chegarasi quruqlikda 2–3 km, okean tubida 1–2 km chuqurlikkacha boradi.Yerdagi hayot murakkab va xilmaxil organizmlar kompleksidan iborat. Tirik organizmlar va ular yashaydigan muhit oʻzaro chambarchas bogʻlangan bir butun dinamik sistema-biogeot senozlarni hosil qiladi. 5-Rasm Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling