Boborahimov sardorning


Download 1.14 Mb.
bet1/10
Sana20.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1284968
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sardorbek po`lat tabiat kurs ishi



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI
4-BOSQICH G319-GURUH TALABASI
BOBORAHIMOV SARDORNING
TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI FANIDAN
Geografik qobiq va uning xususiyatlari”
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI

TerDU__2022-2023
Topshirdi: ______________


Qabul qildi: ______________
REJA:
KIRISH
I.BOB.GEOGRAFIK QOBIQ HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
1.1.GEOGRAFIK QOBIQNING CHEGARALARI VA XUSUSIYATLARI
1.2.GEOGRAFIK QOBIQNING TUZILISHI VA TARKIBIY QISMLARI
II.BOB.GEOGRAFIK QOBIQNING ASOSIY QONUNIYATLARI
2.1.GEOGRAFIK QOBIQDA BIR-BUTUNLIK QONUNIYATI
2.2.GEOGRAFIK QOBIQDA MODDA VA ENERGIYANING AYLANMA HARAKATI
2.3.GEOGRAFIK QOBIQDA ZONAL VA AZONAL QONUNIYATLAR
2.4.GEOGRAFIK QOBIQDA RITMIKLIK QONUNIYATI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Geografik qobiq, landshaft qobigʻi, epigeosfera yerning litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar oʻzaro tutashadigan va bir-biriga taʼsir etadigan qobigʻi. Geografik qobiqning tarkibi va tuzilishi juda murakkab. Uning yuqorigi va pastki chegaralari ham shartlidir.
Atmosferada Geografik qobiqning. Strosfera bo`ylab oʻtadi deb hisoblaydilar, chunki Yer yuzasining atmosfera jarayonlariga boʻlgan issiqlik taʼsiri shu chegaragacha davom etib, litosferada esa gipergenez oblasti quyi qismigacha boradi. Geografik qobiqlari. butun gidrosferani, yer poʻstining yuqori qavatini va atmosferaning quyi qismi (25–30 km qalinlikdagi qatlam)ni Oʻz ichiga oladi. Geografik. qobiqning eng qalin qismi 40 km2 ga yaqin.
Geografik qobiqning yerdagi boshqa qobiqlardan farqi. Geografik qobiqning. Yerdagi va kosmosdagi jarayonlar taʼsirida shakllanadi; litosfera, atmosfera tutashib, oʻzaro taʼsir etib turadi turli xil erkin energiyalarga nihoyatda boy, unda moddalarning barcha agregat holati uchraydi. Quyoshdan keladigan issiqlik toʻplanadi, insoniyat jamiyati mavjud.Yerpoʻstini tashkil etadigan tog jinslari relyef bilan birga, havo massalari, suv, tuproq qatlami va biotsenozlar, qutbiy kengliklarda va baland togʻlik joylarda toʻplangan muzliklar Geografik qobiqning asosiy moddiy komponentlaridir.
Gravitatsion energiya, sayyoraning ichki issiqligi, Quyoshning nur energiyasi va kosmik nurlar energiyasi esa asosiy energetik komponentlaridir.Geografiq qobiqning quyidagi muhim xususiyatlarga ega: 1) tarkibiy qismlari oʻrtasida betoʻxtov modda va energiya almashinishi tufayli Geografik qobiq. yaxlit bir butunni tashkil etadi; 2) moddalar (ular bilan bogʻliq holda energiya) aylanma harakat qilib turadi.
Tabiatda moddalarning aylanib yurishi turlicha: ulardan baʼzilari mexanik harakatlardir (atmosfera sirkulyatsiyasi, dengiz oqimlari), boshqalarida moddaning agregat holati oʻzgaradi, uchinchilarida uning kimyoviy tarkibi ham oʻzgaradi (biologik aylanma harakat); 3)ritmiklik, yaʼni jarayon va hodisalarning vaqt oʻtishi bilan takrorlanishi. Bu, asosan, astronomik va geologik sabablarga bogʻliq. Sutkalik (kun va tunning almashinishi), yillik (yil fasllarining oʻzgarishi), asr ichida (mas, har 25—50-yilda) iqdim, muzlik, koʻl sathi, daryolardagi suv miqdori va b.ning takroriy oʻzgarib turishi, asrdan koʻp (masalan, har 1800—1900-yillarda va salqin sernam iqlimli davrning quruq va issiq iqlimli davr bilan almashib turishi), geologik ritmlar (kaledon, gersin, alp togʻ hosil boʻlish bosqichlaridan har birining 200—240 mln. yil davom etishi) va h. k. ritmlar farq qilinadi; 4) ekzogen va endogen kuchlarning oʻzaro taʼsiri ostida Geografik. qobiqning yaxlit sistema sifatida betuxtov rivojlanishi; 5)Yerning shakli va Quyosh energiyasining Yer yuzasida taqsimlanishidan kelib chiqadigan zonallik hamda regionallik xususiyati.Geografik qobiqni tabiiy geografiya oʻrganadi.
Geografik qobiq. gʻoyasiga dastlab P. I. Brounov (1910) va R. I. Abolin (1914) yondashdi. Geografik qobiq. terminini A. A. Grigoryev (1932-yildan) asosladi.Bu kurs ishida biz Geografik qobiqning asosiy qonuniyatari haqida gaplashamiz.Ya’ni birinchi navbatda geografik qobiq haqida tushunchaga ega bo’lamiz. Undan so’ng uning asosiy qonuniyatlari haqida so’z yuritamiz.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling