Boborahimov sardorning


Download 1.14 Mb.
bet7/10
Sana20.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1284968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sardorbek po`lat tabiat kurs ishi

Suvning aylanma harakati.
Uning ko'p qismi geografik qobiqda tarqalib, uning energiya balansini yaratadi. Quyosh radiatsiyasi intensivligining davriy tabiati Yerning geografik qobig'idagi bir qator hodisalarga ta'sir qiladi. Shunday qilib, 1915 -yilda A. L. Chizhevskiy ma'lum epidemiyalar va quyosh dog'lari rivojlanishi o'rtasidagi siklik munosabatlarga e'tibor qaratdi. Ushbu hodisalarning chastotasi 11-yil.Quyoshning korpuskulyar nurlanishi kuchli portlovchi chaqnashlar bilan bog'liq bo'lgan quyosh shamoli va quyosh kosmik nurlari deb ataladigan shaklda ifodalanadi. Shu bilan birga, Yerga 8 daqiqada yetib boruvchi ultrabinafsha va rentgen nurlanishining intensivligi ortadi. Quyosh chaqnashlari kuchli zarba to'lqinini yaratadi va plazma bulutining kosmosga chiqishiga olib keladi. U koinotda 100 km/s tezlikda tarqaladi va Yerga 2 kunda yetib boradi, magnit bo'ronlari va ionosferadagi buzilishlarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga atmosferaning beqarorligi kuchayadi, bu esa atmosfera sirkulyatsiyasi tabiatining buzilishiga, ya'ni siklonlarning va boshqa meteorologik hodisalarning rivojlanishiga olib keladi. Magnit bo'ronlari va atmosfera aylanishining buzilishi organizmlarning hayotiga salbiy ta'sir qiladi.

2.3.GEOGRAFIK QOBIQDA ZONAL VA AZONAL QONUNIYATLAR
Geografik zonallik -Yer geografik (landshaft) qobigʻining differensiatsiya qonuniyati. Geografik. zonallik. turli landshaft tiplarining qutbdan ekvatorga tomon almashinib, turli geografik mintaqalar, geografik zonalar va zonachalar hosil boʻlishida oʻz aksini topgan. Ular birinchi navbatda geografik kenglikka bogʻliq ravishda Yer yuzasiga tushayotgan quyoshning nurli energiyasi miqdorining oʻzgarishiga bogʻliq. Geografik. zonallik. iqlimiy, gidrologik, geokimyoviy va geomorfologik jarayonlarga, tuproq va oʻsimlik qoplamiga va hayvonot dunyosiga, qisman choʻkindi jinslar hosil boʻlishi kabi koʻpchilik komponentlar va tabiiy-hududiy majmualarga xos. Ekvatordan qutblarga tushayotgan quyosh nurlari burchagining kamayishi kenglik radiatsion mintaqalarni issiq mintaqa, 2 moʼtadil va 2 sovuq mintaqani vujudga keltiradi. Har bir geografik mintaqa va sektorga zonalar toʻplami va ularning izchilligi xos. Geografik. zonalarning yirik tabiiy majmualari asosiy differensiatsiyasi qonuniyat sifatida dastlab 1898-yil V.V.Dokuchayev tomonidan aniqlandi.
Geografik qobiqda zonallik qonuniyati geografiyadagi ilk qonuniyatlarda n biridir. Iqlim mintaqalari va zonallikning mavjudligini qadimgi yunon va rimolimlari aniqlashgan.yuzasini bir qancha iqlim mintaqalariga ajratganlar.
Zonallik botanik-geografik zonallikni aniqladi. Keyinchalik bu
ishlar V.V.Dokuchayev tomonidan rivojlantirilib, geografik zonallik qonuniyati kashf qilindi va asoslab berildi. Hozirgi paytda, geografik zonallik haqidagi bilimlar V.V.Dokuchayev ta’limotiga asoslanadi.Geografik qobiqda zonallik qonuniyati Yerning sharsimonligi va unga bog‘liq holda quyosh radiatsiyasining Yer yuzida notekis taqsimlanishi, dengizbo‘yi hududlarida iliq va sovuq oqimlar, okeandan materik,ichkarisiga kirgan sari namlik va haroratning o‘zgar ib borishi oqibatida yuzaga keladi. Natijada Yer yuzida harorat, bug‘lanish, y og‘inlar, nurash jarayonlari, tuproqlar, o‘simliklar, hayvonlar va boshqalar zonalar hosil,qilib tarqalgan. Geografik zonallik faqatgina Yer (suv) yuzasida, ya’ni atmosfera, litosfera, gidrosfera tutashgan joyda yaqqol namoyon bo‘ladi, atmosferada yuqoriga ko‘tarilgan, litosfera va gidrosferada esa chuqurlikka tushgan sari zonallik yo‘qoladi. Geografik zonallik ekvatorda qutblarga tomon hamdaokeanlardan quruqliklar ichkarisiga,tomon geotizimlarning almashishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun kenglik zonalligi va sektorlik tushunchalari ajratiladi.
Kenglik zonalligi Quyosh nurlari tushish burchagining o‘zgarishi hisob iga tabiat komponentlari va geotizimlarning ekvatordan qutblarga tomon qonuniy o‘zgarib borishi.Geografik qobiqning eng yirik zonal birliklari iqlim (geografik) mintaqalardir. Ularning ichida issiqlik va namlik nisbatiga bog‘liq holda tabiat (geografik) zonalari ajratiladi.Tabiat zonalari – geografik qobiqning iqlim mintaqalari doirasida, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizimlar. Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos tuproqlar, o‘simliklar va hayvonlar tarqalgan bo‘ladi. Shuningdek, Yerning tashqi kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy jarayonlar – nurash, eroziya, deflyasiya, ekzaratsiya va h.k.lar ham tabiat zonalari bo‘yicha farq qiladi.Geografik qobiqning eng yirik zonal birliklari iqlim (geografik) mintaqalardir. Ularning ichida issiqlik va namlik nisbatiga bog‘liq holda tabiat (geografik) zonalari ajratiladi.
Tabiat zonalari geografik qobiqning iqlim mintaqalari doirasida, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizimlar. Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos tuproqlar, o‘simliklar va hayvonlar tarqalgan bo‘ladi. Shuningdek, Yerning tashqi kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy jarayonlar va nurash, eroziya, deflyasiya, ekzaratsiya va h.k.lar ham tabiat zonalari bo‘yicha farq qiladi.Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos iqlim, tuproq, o‘simlik va hayvonot olami, hattoki tabiiy geografik jarayonlar shakllangan bo‘lib, inson xo‘jalik faoliyatiga, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi va qurilishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Issiq o‘lkalarda paxta, uzum, issiq va nam o‘lkalarda kofe, sitrus mevalar, choy, sholi, salqin o‘lkalarda bug‘doy, arpa, sovuq o‘lkalarda esa, faqatgina issiqxonalarda sabzavot va ko‘katlar, gullar yetishtiriladi. Bino va inshootlar, ayniqsa, turarjoy binolarining arxitekturasi, ishlatiladigan qurilish materiali turli tabiat zonalarida bir-biridan farq qiladi.
Sektorlik quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqli m xususiyatlarining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarib borishi. Sektorlik quruqliklarda iqlim mintaqalarining ichida iqlim tiplari ning ajratilishida aniq namoyon bo‘ladi.
Masalan, mo‘tadil iqlim mintaqasida quruqlikda dengiz, mo‘tadil kontinental, keskin kontinental va musson iqlim o‘lkalari shakllangan. Bu esa tuproqo‘simlik qoplami va, umuman, tabiat,zonalarida ham aks etgan. Iqlim o‘lkala riga bog‘liq holda aralash va keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va cho‘llar, musson o‘rmonlari tabiat zonalari shakllangan. Iqlim o‘lkalarining xususiyatiga monand aralash va keng bargli o‘rmonlar hamda musson o‘rmonlari meridional yo‘nalishda, o‘rmon-dasht va dashtlar hamda chalacho‘llar va cho‘llar esa kenglik bo‘ylab cho‘zilgan.
Azonallik qonuniyati zonallik qonuniyatidan farq qilib, Yerning ichki j arayonlari va mahalliy omillar tufayli tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarishi.Azonallikning omillari– Yer yuzini qopla gan tog‘ jinslaridagi va relyef tuzilishidagi tafovutlar, grunt suvlari sathi ning relyef va tog‘ jinslarining suv o‘tkazuvchanlik xususiyatiga qarab o‘zgarishi, insonning xo‘jalik faoliyati va
h.k. Bu omillar kenglik zonallik qonuniyatiga bo‘ysinmaydi. Ayniqsa, geologikgeomorfologik,omillar.
Yerning ichki kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgani uchun boshqalariga nisbatan keng qamrovlidir. Geologik omillar ichida neotektonik (hozirgi zamon tektonik) harakatlar, ularning Yer yuzining turli joylarida har xil kuch va jadallikda ro‘y berayotgani eng muhim omillardir. Shuningdek, tog‘ jinslaring kimyoviy va fizik xususiyatlari ham faol ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, tarkibida tuzlar keng tarqalgan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda sho‘rxoklar, suvda tez eriydigan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda esa karstlar avj olib, tuproq-o‘simlik qoplamining va, oxir-oqibatda, land- shaftlarning zonal xususiyatlarini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.Yer yuzasining nishabligi kichik bo‘lgan joylarda, odatda, grunt suvlarining sathi yuza joylashgan bo‘ladi. Bunday sharoitda atmosfera yog‘inlari va atrofdan kelgan oqar suvlar hisobig a ortiqcha namlik to‘planib, botqoqliklar vujudga keladi. Masalan, G‘arbiy Si bir, Kongo botig‘i, La-Plata, Orinokopasttekisliklarida botqoqliklar keng tarqalgan. Botqoqlik – ortiqcha namlik sharoitida doimo yoki uzoq vaqt zax bo‘lib yotadigan, namsevar o‘simliklar va torf qatlami (30 sm va undan ortiq) mavjud bo‘lgan yerlar. Botqoqlarda o‘simlik ildizlari torf ostidagi tuproq-gruntga yetib bormaydi. Agar torf qatlami bo‘lmasa yoki yupqa (30 smdan kam) bo‘lsa, botqoqlashgan yerlar deyiladi. Botqoqlar tundra, o‘rmon tundra, tayga va nam ekvatorial o‘rmonlar kabi tabiat zonalarida keng tarqalgan.Cho‘l tabiat zonasida joylashgan.
O‘zbekistonda ham azonal omillar tufayli zonallik qonuniyati "buzilib”, o‘ziga xos landshaftlar shakllangan. qizilqum va Ustyurtning botiq relyef shakllarida sho‘rxoklar vujudga kelgan.
Sho‘rxoklarning, ayniqsa, Ustyurtda keng tarqalishiga sabab relyefning botiqligidan tashqari bu yerda tez eruvchan
ohaktosh, gips, mergel kabi jinslarning keng tarqalganligidir. Daryolarning qa yirlarida esa relyefning tekisligi, grunt suvlarining yer betiga yaqinligi va mikroiqlimning atrofdagi cho‘ldan namroq va salqinroq bo‘lganidan to‘qaylar shakllangan. To‘qay – daryo bo‘ylaridagi daraxt – buta – o‘t o‘simliklaridan iborat qalin changalzor o‘rmon.
Insonning xo‘jalik faoliyati ham tabiat zonalari ichida ularga xos bo‘lm agan, ya’ni "azonal” landshaftlarni vujudga keltirmoqda. Masalan, O‘zbekisto nda cho‘llarga suv chiqarilib, o‘zlashtirilishi oqibatida kattakatta maydonlar vohalarga aylantirilgan.
Voha – cho‘l va chalacho‘llarda suv chiqarilib obod qilingan yer.Agar O‘zbekistonning aholi xaritasiga qarasangiz, aholisi eng zich hududlar, yirik va katta shaharlarning barchasi vohalarda ekanini ko‘rasiz.
Yer yuzi tabiiy sharoitining xilma-xilligi va rivojlanishi zonal va azonal omillarning yig‘indisi va o‘zaro ta’siri natijasidir. Geografik
qobiqda faqat zonal xususiyatlar yoki faqat azonal xususiyatlar uchraydigan bironta joy yo‘q. Zonal hamda azonal xususiyatlar hamma vaqt va har doim birga uchrab, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
9-Rasm




Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling