Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
10 Mulla Fazliddin bugun Quvada pochchasining uyida bexosdan aytib yuborgan bu e’tiqodini boshqa ishongan odamlariga ham aytgan paytlari bo‘lgan edi. Ana shu ishonganlaridan allaqaysisi ayg‘oqchilik qilib, bu gapni dorug‘aga yetkazganini, endi dorug‘a buni podshohga dasturxon qilib olib borishi mumkiligini sezdi-yu, badanidan sovuq ter chiqib ketdi. Lekin dorug‘aga sir boy berish qanchalik xatarli ekanini payqab: — Bu hammasi ig‘vo! — deb xitob qildi: — Janob dorug‘a, sizning ustingizdan ig‘vo qiluvchilar ham oz emas! Buni bilursiz! Men Andijonda neki bino qilgan bo‘lsam, hammasiga Mirzo hazratlarining nomlarini bitmoqdamen! Arkdagi devonxonani ko‘ring! Chorbog‘dagi ko‘shkni ko‘ring! Men ularning biror joyiga o‘z nomimni yozibmenmi? Qani, ig‘vogarlar dalil keltursinlar! Men hammasiga Mirzo hazratlarining muborak nomlarini bitganmen! Demak, tarixda mening nomim emas, Mirzo hazratlarining nomi qolsin, deganmen! Shundoqmi, yo‘qmi? Qani ayting! Dorug‘a bu mantiqli dalillarni rad etolmasdan: — Shundoqlikka shundoq, ammo... — Ammosi yo‘q, janob dorug‘a! Siz meni bosqinchilardan himoya qilish o‘rniga, ayg‘oqchilarning tuhmatiga ishonadirgan bo‘lsangiz, men alhol Axsiga borib, Mirzo hazratlariga arz qilurmen!.. Uzun Hasan bu do‘qni pisand qilmay: — Mayli, boring, arz qiling! — dedi. — Lekin shuni bilingki, atrofimizni yog‘iy bosgan bu xatarli damlarda podshohga me’mordan ko‘ra navkar zarurroq! Ahmadbekdek, mendek jangovar beklar uchun podshoh hozir sizdeklardan qanchasining bahridan o‘tur! — Axsiga borganda ko‘rurmiz, — deb mulla Fazliddin mahkamadan shaxt bilan tashqariga chiqdi. Uning vajohati hoziroq Axsiga, podshoh huzuriga arzga boradiganga o‘xshardi. Lekin u otlanib uyiga qaytayotganda sal hovuridan tushdi-yu, Uzun Hasan aytgan so‘nggi gaplarda achchiq bir haqiqat borligini sezdi. Yov qurshovida qolayotgan Umarshayx mirzo bitta me’morni deb yuz, ikki yuzdan navkari bor zo‘ravon beklarga qarshi bormasligi aniq. Ahmad Tanbal bugun Axsida — shoh saroyida. Agar u mulla Fazliddinning malika suratini chizgani haqida gap tarqatsa... Lekin Ahmad Tanbal buni qanday payqaganikin? Mulla Fazliddin Xonzoda begimning suratini chizish uchun u bilan tillakori ko‘shkda pinhon uchrashganda buni zimdan ko‘rib qolgan kanizlar yoki savdarlar* bo‘lsa, Ahmad Tanbal shuning bir chetini eshitib, haligi hamyonni ko‘tarib kelganmikin? Bosqinchi yigitlarini ishga solib ham maqsadiga yetolmagan bu yovuz bek endi shoh saroyiga borib peshgirlik qilishi mumkin. Agar u o‘zi eshitgan mish-mishni haramdagi ayollar orqali podshohning qulog‘iga yetkazsa... Umarshayx mirzo bo‘y yetgan qizining qayoqdagi bir me’mor bilan yashi-riqcha uchrashib, surat chizdirganini o‘z sha’niga katta isnod deb bilishi aniq. Shoh iskovuchlari ishga tushirilsa, mulla Fazliddin yashirib yurgan suratni topib olib, Ahmad Tanbalning gapiga dalil qilish qo‘llaridan keladi. Ana undan so‘ng shoh qiziga isnod keltirgan musavvirni ming qiynoqlarga solib o‘ldirishlari turgan gap! Mulla Fazliddin Xonzoda begimning suratini chizish bilan nechog‘liq xatarli ishga qo‘l urganini endi astoydil his qildi. Agar surat qo‘lga tushsa, u qiz ham malomatga qoladi. Dunyo busiz ham tashvish-tahlikaga to‘la!.. Mulla Fazliddin tagqutidagi malika suratini titroq qo‘llar bilan jilddan oldi. Ig‘vogar ablahlarga dalil qoldirmaslik uchun buni yo‘q qilishi kerak! Mulla Fazliddin o‘choqda yonayotgan olovga yaqin bordi. Rangli bo‘yoqlar bilan ishlangan mo‘’jazgina suratdagi go‘zal qiz shu payt unga tirik bir odam bo‘lib ko‘rindi. Alanga yolqinida qizning kipriklari, lablari bilinar-bilinmas nafis harakatlar qilayotganga o‘xshab ketdi. Qizning aqlni shoshiradigan jozibasi bor edi. Bu joziba mulla Fazliddinni har galgiday yana sehrlab oldi, boyagi tahlika xayolidan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling