Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
7 po‘lat sandiq qulfiga urilayotgan bolta tovush eshitiladi... Mulla Fazliddinga qadrdon bo‘lgan qo‘shni uning uyiga yomon odamlar tushganini sezadi-yu, darhol xattotnikiga chopadi. Undan voqeani eshitgan mulla Fazliddin uyiga yugurib keldi. Po‘lat sandiqning qulfini sindirib ochib, undagi qog‘ozlarni titkilayotgan bosqinchilar uy egasini ko‘rib, darchadan ayvonga sakrashdi. — To‘xta, nobakor! — deb mulla Fazliddin bittasining qarshisidan chiqqan edi, yuziga qora niqob tutgan ayiqday zo‘r yigit uni yelkasi bilan urib chetlatdi-da, ko‘chaga otildi. Boshqalari ham ko‘chadagi otlariga minib, bir lahzada g‘oyib bo‘lishdi. Mulla Fazliddin ularni quvlab yetolmasligini sezdida, to‘s-to‘polon bo‘lgan uyga qarab intildi va ochiq yotgan po‘lat sandiqning tepasiga keldi. Tokchada qo‘shaloq sham yonib turibdi. Uning yorug‘ida aralash-quralash bo‘lib ketgan, ba’zi joylari yirtilgan loyihalar va chizmalar ko‘zga tashlandi. Sandiq ichida podshoh in’om qilgan oltinning bir qismi hamyoni bilan turgan edi. Shu yo‘q. Lekin hozir mulla Fazliddinning ko‘ziga oltin ham ko‘rinmas edi. Uning butun xayoli sandiq tubidagi maxfiy tagqutini bekitib turgan silliq mis parchasida edi. Uni chapga sekin surgan edi, tagqutining kalit solinadigan joyi ochildi. Mulla Fazliddin atrofiga alangladi — uyda boshqa odam yo‘q, qo‘shnisi qaznoqdagi xizmatkorning oyoq-qo‘lini yechish bilan ovora edi. Mulla Fazliddin qo‘ynidan kichkina kalit olib, tagqutining qulfiga soldi. Qulf ochilgandan keyin tagqutining mis qopqog‘ini sekin ko‘tardi-yu, yupqa jild ichidagi suratlarni ochib ko‘rdi... Keksa bog‘bonning daraxt payvand qilayotgan payti... Chilmahram tog‘laridagi ov tasviri... Eng pastda chang chalayotgan go‘zal bir qizning surati... Bu — Umarshayx mirzoning qizi. Andijon chorbog‘ida podshoh oilasi uchun tillakori ko‘shk qurgan paytlarida o‘n sakkiz yoshlik Xonzoda begim uning musavvir ham ekanligini bilib qolib, o‘zining suratini chizdirgan. Mulla Fazliddin bu ishni yashiriqcha qilgan. Agar shariat peshvolari uning odam suratini chizganini bilib qolishsa, sog‘ qo‘yishmaydi. Yana tag‘in go‘zal malika bilan yashiriqcha til biriktirib surat chizgani qiz- ning podshoh otasiga ma’lum bo‘lsa bormi, mulla Fazliddinni tilka-pora qilib tashlashlari hech gap emas. Shu sababli hozir uni eng qattiq qo‘rqitgan narsa— bu suratning bosqinchilar qo‘liga tushib qolish ehtimoli edi. Xayriyatki, ular sandiq tagida maxfiy tagquti borligini sezishmabdi. Lekin sandiqni otlariga o‘ngarib ketishsa nima bo‘lardi? Unda tagqutidagi suratlarni ham albatta topib olishardi!.. Xizmatkor yigit sal o‘ziga kelgandan so‘ng, mulla Fazliddin undan va qo‘shnisidan voqeaning tafsilotlarini so‘rab bildi, o‘zining ko‘rganlariga buni taqqoslab, shunday xulosaga keldiki, uning uyiga tushganlar — oddiy o‘g‘rilar emas, balki qaysi bir zo‘ravon bekning yigitlari. Ular uyni tintib nimani qidirishgan? Tarhlarni tashlab ketishibdi. Demak, suratlarni izlashgan... Mulla Fazliddinning surat chizishini biladigan odam... unda qasdi bor bek yuborgan bo‘lishi kerak bu yigitlarni!.. Iztirobli o‘ylar tuni bilan mulla Fazliddin ko‘ziga uyqu qo‘ndirmadi. Urushning alg‘ov- dalg‘ovida tobora bo‘yni yo‘g‘on bo‘lib ketayotgan bebosh beklar esiga tushgani sari ko‘ngli bezovta bo‘lardi. Andijonlik beklardan Hasan Yoqub degani shu yili bahorda mulla Fazliddinni chorbog‘iga chaqirtirib, katta bir ish topshirmoqchi bo‘ldi. — Mirzo hammomidan ham ulkanroq bir hammom qurdirmoqchimen... Yozda salqinlaydigan marmar xo-nalari bo‘lsin... — Yoqubbek ovozini pasaytirib davom etdi. — Chiroylik asira qizlar sotib olg‘aymen. Oltinim yetarli. O‘sha qizlar hammomning marmar hovuzida cho‘milganda men o‘ltirib tomosha qiladigan maxfiy tuynuklari ham bo‘lmog‘i lozim. Uqdingizmi? — deb Yoqubbek xaxolab kuldi-da, gapning xulosasini ayt-di.— Ana |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling