Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
18 Bugun ertalab Umarshayx mirzo saharlik yegan tanobiyda Qorako‘z begim Qutlug‘ Nigor xonimni quchoqlab uvvos tortib yig‘lar edi. — Men sabab bo‘ldim, xonim aya! Hazratimni men nechun uyg‘otdim?! Uyg‘otmasam o‘sha joyga kechroq borar edilar-ku! Men yuzi qora sabab bo‘ldim bu o‘limga! Men! Bugun saharlik paytida Mirzo xuddi o‘lishini bilganday vasiyat qilganini eslab, Qutlug‘ Nigor xonim ham o‘zini yig‘idan tutolmas edi. — E, voh, rahmatlik kuni bitganini qanday bilgan ekan-a?! Shunday gaplarni aytdilar... Qorako‘z begim xonimning quchog‘idan chiqib, kichkina mushti bilan chakkasiga urdi. — Men hali tug‘ilmagan farzandimni otasidan judo qildim, xonim aya! — deb o‘rtanib shivirladi: — Bo‘yimda bo‘lganini shu kecha bilib edilar! «O‘g‘il bo‘lsin!» — deb orzu qilib edilar! Endi bu bolaga otasini qaydan topamiz?! Qaydan topamiz?! Men hazratimni nechun uyg‘otdim, xonim aya? U kishiga kelgan ajal meni olsa bo‘lmasmidi? O‘sha jardan men qulasam bo‘lmasmidi? — Undoq demang, jonim! Biz ham endi jar labida qoldik! Butun atrofimiz tahlikali jar! Qutlug‘ Nigor xonim erining kutilmagan o‘limida qandaydir sirli bir ma’no borligini hozir tiliga kelgan shu so‘zlardan sezdi. Umarshayx mirzodek jangovar odam qonli urushlarda qilich chopib yurganda o‘lmasdan, jardan qulab o‘lgani tasodifmikin? Mirzoning ota- bobolari barpo etib ketgan davlat mana shunday baland jarlar labiga qurilgan binolarga o‘xshamasmikin? Parcha-parcha bo‘lib ketgan va o‘zaro urushlarda yemirilayotgan ulkan davlat Qutlug‘ Nigor xonimning tasavvurida jarga qulab tushayotgan o‘sha binolarga o‘xshab ko‘rindi-yu, vujudini seskantirib yubordi. Axir uning yolg‘iz o‘g‘li, suyukli farzandi Bobur ham mana shu binolarning birida istiqomat qilmayaptimi? Otasini olib ketgan o‘pirilishlar Boburning boshiga ham tushmasmikin?! — Yo‘q, yo‘q! Tangrim uni panohida asrasin! Men boray, begim, Andijonga chopar yuboray! Bobur mirzoni bu falokatlardan ogoh qilay! Qutlug‘ Nigor xonim ko‘z yoshlarini artib, o‘z xonasiga chiqdi va eng ishongan amirlaridan Qosimbekni chaqirtirdi. Uni topib kelgunlaricha Andijon chorbog‘ida Bobur bilan birga turgan onasi Eson Davlat begimning nomiga maktub yozdi. Fotima Sulton begimning topshirig‘i bilan Andijonga yashirincha jo‘nagan Ahmad Tanbal bu orada Sirdaryo ko‘prigidan o‘tib, Bandi Solor yo‘li bilan ancha joyga borib qolgan edi. Ko‘zga tashlanmaslik uchun bittagina navkar ergashtirib ketayotgan Ahmad Tanbal kecha Andijondan oltmishta navkar bilan kelgan edi. Bugun Fotima Sulton unga katta va’dalar berdi. Agar Ahmad Tanbal Andijondagi sodiq beklarning boshini qovushtirib, Boburni chetlatsa-yu, taxtga Jahongir mirzoni o‘tqazsa, marra uniki. Ahmad tanbal Umarshayx mirzo saroyida ikkinchi darajali beklar qatorida shuncha yil ko‘ngli cho‘kib yurdi. Endi bas! Jahongir mirzo podshoh bo‘lsa, Ahmad Tanbal uning eng birinchi vaziriga aylanadi. Norasida podshohga vazir bo‘lish esa podshoh bo‘lish bilan barobar! Ana unda qayoqdagi musavvirdan Xonzoda begimning suratini so‘rab yurmaydi. U Xonzoda begimning o‘zini oladi! Mana shu orzu bilan Andijonga ot surib borayotgan Ahmad Tanbal orqaga o‘g‘rincha o‘girilib qarab qo‘ydi. Bandi Solor yo‘lida boshqa hech kim ko‘rinmas edi. Oradan bir necha soatlar o‘tib, Ahmad Tanbal ko‘zga ko‘rinmay ketganidan keyin Axsidan Qosimbek qavchin to‘rtta navkari bilan ot choptirib chiqdi. U ham tezroq Andijonga yetib borishga intilar, Bobur mirzoning tarafdorlarini yig‘ib, uni taxtga o‘tqazish ishtiyoqi bilan yonar edi. ___________ * R i k o b d o r — uzangichi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling