Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
20 bir lahza havoda muallaq bo‘lib qoldi, keyin pastga tushib ketdi. Oyoqlari yerga «tap» etib urildi. Ammo u qo‘llarini egardan bo‘shatmadi — bo‘shatsa yomon yiqilishini sezib, jon-jahdi bilan yopishdi. Bilaklari chindan ham kuchli ekan, shunday og‘irlikka bardosh berdi. Faqat navkar otini to‘xtatib olguncha Boburning oyoqlari yerni tirnab sudralib bordi-yu, bejirim ipak sallasi boshidan uchib ketdi. No‘yon Ko‘kaldosh yordamga yetib kelganda Bobur o‘zini o‘nglab oyoqda turar, biroq rangi juda oqarib ketgan edi. No‘yon otdan sakrab tushdi va Boburga sallasini olib bermoqchi bo‘ldi. Ammo Bobur tuproqqa tushgan sallaga qaragisi ham kelmadi. Qamchi hamon tishida edi, uni qo‘liga oldi, navkar yetaklab kelgan bo‘z otga indamay mindi. So‘ng otiga qamchi bosib, chorbog‘ daraxtlari orasidan ot choptirib ketdi. No‘yon uning ketidan vahima bilan tikilganicha qoldi. Hammayoq dov-daraxt, ariq. Otliqlar yuradigan katta yo‘l chorbog‘ning narigi chetidan o‘tadi. Bobur esa to‘g‘riga ketgan tor so‘qmoqdan, qalin daraxtlar orasidan yelday uchib boryapti! Ot ariqdan sakrab o‘tayotganda Boburning boshi ariq bo‘yida o‘sgan o‘rikning katta bir shoxiga uriladigan edi. Ammo u otning bo‘ynini quchoqlab, pastga shunday egildiki, o‘rik novdalari orqasini ishqalab o‘tdi. Pishgan o‘riklardan bir qanchasi uzilib, ariqdagi suvga «cho‘lp-cho‘lp» etib tushdi. — Sen nega otni mahkam tutmading, avbosh! — deb No‘yon navkarni so‘kdi. — Hammamiz amirzodaning qahriga qoldik! Bizdan xafa bo‘lib ketdilar! Bobur bog‘ to‘ridagi muhtasham ko‘shk oldiga borib, otini to‘xtatdi. Xizmatkorlaridan biri shoshilib kelib otning jilovidan olar ekan, Boburning yolg‘iz va bosh yalang qaytganidan taajjubga tushdi. Ko‘shkda Boburning buvisi Eson Davlat begim uni kutib o‘tirgan bo‘lsa kerak. Agar hozir u Boburning qay ahvolda qaytganini ko‘rsa-yu, nimalar bo‘lganini bilsa, mulozimlar ham, navkarlar ham jazo olishi aniq. Chunki podshoh hazratlari Boburni ko‘z qorachig‘iday asrashni Eson Davlat begimga topshirib, chorbog‘ va qasrni hamma xizmatkorlari bilan uning ixtiyoriga berib qo‘ygan. Mulozim va navkarlar qo‘rqa-pisa ko‘shkka yaqinlashayotganlarida marmar hovuzdan beridagi behi shoxiga qantarib qo‘yilgan bo‘z otga ko‘zlari tushdi. Bobur hovuz bo‘yidagi tillakori shiyponga kirganini sezishib, shu yerda sekin otdan tushdilar. No‘yon Ko‘kaldosh Boburning sallasini changdan tozalab, qo‘lida avaylab olib kelmoqda edi. Shu payt shiypon ichidan boshiga bo‘rk kiygan Bobur chiqdi. Oti hurkkan navkar o‘zini Boburning oyog‘i tagiga tashlab, uzr so‘rashga chog‘landi. No‘yon Ko‘kaldosh sallani nodir sovg‘aga o‘xshatib avaylab ko‘tarib kelayotgani Boburga birdan juda kulgili tuyuldi. Undan qahrli dashnom kutib bosh egib turganlar to‘satdan kulgi tovushini eshitib, hayrat bilan bosh ko‘tardilar. Bobur bolalarcha zavq bilan gavdasini orqaga tashlab, xandon urib kular edi. No‘yon Ko‘kaldosh ham qo‘lidagi sallaga endi boshqacha ko‘z bilan qaradi va kulib yubordi. Boshqalar ham yelkalaridan tog‘ qulab tushganday yayrab kular va jilmayar edi. Bobur kulgidan to‘xtab, oti hurkkan navkarga yuzlandi: — Sizda ayb yo‘q edi... Navkar undan katta bir in’om olganday astoydil minnatdor bo‘lib ta’zim qildi. Bobur No‘yonga tayinladi: — Katta onam bilmasinlar. — Muddaomiz o‘zi shu, amirzodam, — kuldi No‘yon va boshqa mulozimlarga sirdoshlarcha ko‘z qisib qo‘ydi. Shunday paytda ko‘kaldosh va tengdoshlar o‘zlarini taxt vorisiga xizmat qilib yurgan yosh mulozimlar deb emas, uning sirlariga sherik bo‘lgan yaqin do‘stlar deb bilishar va bundan ko‘ngillari o‘sib, Boburga mehrlari oshar edi. Ko‘shkdan chiqib kelgan savdar Bobur qarshisida qo‘l qovushtirib, ichkarida mudarris uni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling