Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
107 kelinchakning boshqa pardozlari endi tugaganda kanizlardan biri quvonib shivirladi: — Keldilar! Ayvonda boshiga oltin jig‘a kiygan Bobur ko‘rindi. So‘nggi yillarning tinimsiz olishuvlari uni xiyla pishitgan. Yelkalari to‘lishib, o‘n sakkiz yoshli durkun yigitga aylangan. Xobgoh oldida Boburni ta’zim bilan kutib olgan o‘n olti yoshli Oyisha begim kuyovga nisbatan kichkinagina, ingichkagina ko‘rinadi. Uning boshiga kiygan serbezak baland toqisi, bo‘yniga taqilgan zebigardon va marjonlar nozik qomatiga og‘irlik qilayotgandek tuyuladi. Kanizlar ta’zim qila-qila chiqib ketdilar. Bobur ulardan ba’zilarining ko‘zlari sho‘x chaqnaganini payqab, o‘ng‘aysizlanadi. Kuyov haramda tunaydigan tunni kanizlaru savdarlar oldindan bilib, maxsus tayyorgarlik ko‘rishi, xobgohga shuncha odamning kirib-chiqishi unga noxush tuyuladi. Buning ustiga Oyisha begim haddan ortiq uyatchan. U Boburni: — Marhabo, hazratim! — deb to‘rga taklif qilganda ovozi hayodan titrab, zo‘rg‘a eshitildi. Uyning to‘rida — harir parda ortida ikki kishilik baland to‘shak bor. Oyisha begimning uyatchanligi Boburni battar o‘ng‘aysizlantirdi. U yuqoriga o‘tib o‘tirayotganda to‘rdagi to‘shakka qaramaslikka tirishdi. Ko‘zini dasturxonga tikib: — Xushvaqt yuribsizmi, begim? — deb so‘rashdi. — Shukr. Oyisha begim azbaroyi tortinganidan dasturxonning Boburdan eng uzoq chetiga o‘tirdi. So‘ngra oraga noqulay jimlik cho‘kdi. Oyisha begim xushsurat bo‘lsa ham, hali yetilmagan norasida qiz edi. Ota-onasidan erta ajralgan bu qiz ko‘p kasalga chalinib ozib ketgan. Bir vaqtlar Bobur uni ko‘rmasdan oldin xayolida tasavvur etib yurgan afsonaviy parizod butunlay boshqa edi. Xayol bilan hayot orasidagi farq qanchalik katta bo‘lishini Bobur endi bildi. Urf-odatga binoan ular bir-birlarini to‘ydan so‘ng go‘shangada birinchi marta ko‘rdilar. Ular hali biror marta hamsuhbat bo‘lmaslaridan va ruhan yaqinlashishga ulgurmaslaridan oldin boshlangan jismoniy yaqinlik Boburga uyat ishdek tuyular va uning ilgarigi musaffo tuyg‘ularini poymol qilayotganday bo‘lardi. Shuning uchun kechalari davlat ishlari bilan bo‘lib, ko‘pincha o‘zining xobgohida tunab qolardi... Hukmdorlik udumiga binoan uning faqat ba’zi tunlarni xotini bilan o‘tkazishi rasm-rusumga xilof hisoblanmas, Boburning otasi Umarshayx mirzo ham shunday qilardi. Lekin yosh kelin-kuyov orasida avvalgi xayoliy orzu bilan hozirgi ahvolning keskin farqidan kelib chiqqan noxush bir murakkablik borligini Oyisha begim ham payqar va o‘zini Boburga nomunosib sezib ich- ichidan iztirob chekardi. Oyisha begim oraga tushgan noqulay jimlikda qirmizi choynakdan piyolaga choy quyib, tavoze bilan Boburga uzatdi. Bobur piyolani olayotganda Oyisha begimning hali uncha to‘lishmagan ozg‘in qo‘llari titrab ketganini ko‘rdi. — Rahmat, — deganda unga o‘z ovozi ham gunohkorona tovlanib eshitildi. Bobur bir vaqtlar xayolida ardoqlab, oyog‘iga bosh qo‘ygisi kelib g‘azal yozgan qallig‘ini endi bunchalik uyaltirayotgani uchun o‘zini ham gunohkor sezardi. Choshnagir ayol chinni laganda zira hidi kelayotgan kabob ko‘tarib kirdi. Yoshi ellikka borgan bo‘lsa ham durrani chakkasiga qiya qilib o‘ragan bu shaddod ayol kuyov- kelindagi uyatchanlikni sezib, hazil qildi: — Amirzodam, yigit kishi yosh kelinchakni gapga solib o‘tirishi kerak emasmi? Qiziq- qiziq hangomalardan so‘zlab bering. Samarqanddan elchilar kelgan emish. Qanday |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling