Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
104 — Bu rost! — dedi Eson Davlat begim. — Mahmudxon boshqa onadan tug‘ilgan. Uning onasi Shohbegim Badaxshi menga kundoshlik qilur, bizni ko‘rarga ko‘zi yo‘q. Ana shuning ta’sirida Mahmudxon bizga o‘gaylik qilishi mumkin. Ammo buning uchun barcha chingiziylarni temuriylarga dushman qilib ko‘rsatishingiz noto‘g‘ri, janob Qosimbek! — Meni ma’zur tuting, «barcha xonlar» deganim yo‘q. Faqat Mahmudxon bilan Shayboniyxonni, yana Ahmad Tanbalni nazarda tutdim! — Bular ham sizu biz kabi turkiy tillik musulmonlar-ku! — deb gap qo‘shdi Ali Do‘stbek. — Ayirmachilik qilish kimga kerak? — Ayirmachilikni biz emas, ular qilishmoqda! — dedi Bobur. — Men tarix kitoblari-da o‘qidim. Eng qadimiy bobokalonimiz O‘g‘izxonning Kunxon, Oyxon, Tog‘xon degan o‘g‘illari bo‘lgan ekan. Shulardan bo‘lgan farzandlardan biri Yulduzxon deb atalgan ekan. Qarang, hammasi turkiy nomlar! Ana shu Yulduzxonning nevarasi — afsonaviy ayol Alanquva qurlos urug‘idan ekan. Qurlos barlosga qon-qarindosh. Nomi ham uy-qash. Men buni Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» kitobida o‘qidim. Ilohiy ruhdan homilador bo‘lib o‘g‘il tuqqan Alanquva turkiy qavmlarning afsonaviy onasi sanalarkan. — Ha, rost, — deb bu gapni Eson Davlat begim ma’qulladi, — otalari mo‘g‘ul qavmidan bo‘lgan Chingizxon ham Alanquvani o‘zining momokaloni deb bilgan. Shunday bo‘lgach, chingiziylarni temuriylarga ashaddiy dushman deb ta’riflash adolatdan emas-da, janob Qosimbek! — Ammo bu ikki sulola tarixda bir-biri bilan ozmuncha yog‘iylashganmi, hazrat begim? Hokimiyat uchun kurashda og‘a-inini, qarindosh-urug‘ bir-birini ayamaganligi hech kimga sir emas-ku! — Bobur mirzo o‘z ajdodlarining yog‘iylashgan davr-laridan emas, inoq bo‘lgan davrlaridan ibrat olmoqlari kerak! — dedi Eson Davlat begim. — Hazrati Amir Temurning bobokalonlari Qochuvli bahodir bilan hazrati Chingizxonning bobokalonlari Qobulxon inoq bo‘lish haqida ahdu paymon qilishib, po‘lot kitobga buni o‘yib yozdirgan ekanlar. — Xo‘p, bu ahdnomani kimlar mudom buzib kelmoqda, hazrat momo? Sohibqiron bobokalonimiz Amir Temur Jo‘jixon avlodidan bo‘lgan To‘xtamishxonga qancha yaxshiliklar qilganini bilurmisiz? — Bilurmiz, ammo... — Endi shoshmang! To‘xtamishxon nechun bu yaxshiliklarga yomonlik bilan javob berdi? Nechun Amir Temur davlatiga qarshi tajovuzlar qildi? Chunki To‘xtamishxon Oltin O‘rdaga xon bo‘lgandan keyin atrofidagi xushomadgo‘ylari uni hovliqtirdi. «Siz Chingizxon naslidansiz, sizning martabangiz Temurbeknikidan baland, davlatni faqat siz boshqarishingiz kerak, Temurbek lashkarboshi bo‘lib, sizga xizmat qilishi kerak!» degan aqidaga uni ishontirishdi!.. — Axiyri bu aqida To‘xtamishxonning boshiga yetdi, buni biz yaxshi bilurmiz, — dedi Eson Davlat begim. — Ammo siz aqidaning hali ham tirik ekanini bilmasangiz kerak, hazrat begim! — deb Qosimbek Boburga yon bosa boshladi: — Bizga kelgan maxfiy axborotlar bor. Tilba Sulton hazrati Mahmudxonga xushomadlar qilib, Ahmad Tanbalning sovg‘alarini berib, xuddi shu aqida asosida bizga qarshi qo‘shin yuborishga xonni ko‘ndiribdur! — Ayg‘oqchilarning axborotiga muncha inonmang, janob eshik og‘a, — deb e’tiroz qildi Ali Do‘stbek. — Hazrati Mahmudxon Tilba Sultonning aqli bilan ish qiladigan zaif tojdor emaslar. Ul zot bugungi Chig‘atoy ulusining eng qudratli sultonidurlar! — Bugungi Chig‘atoy ulusi? — hayron bo‘lib so‘radi Bobur. — To‘g‘ri, ona tomondan biz ham Chig‘atoyxonga avlodmiz. Men hazrat onamni ardoqlab, boshimga ko‘tarurmen. Ammo Chig‘atoyxondan ming yillar oldin Turon, Turkiston deb nomlangan muazzam zaminni hanuzgacha Chig‘atoy ulusi deb atashga hech bir asos ko‘rmaymen! Axir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling