Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
100 bilan Mo‘g‘ulistondan Toshkentga kelib-ketib yurdi, axiyri bu shaharga o‘rnashib oldi. Yunusxonning vafotidan so‘ng, uning katta o‘g‘li Mahmudxon Toshkentni butunlay mo‘g‘ul xonlarining qarorgohiga aylantirdi. Chingiziylar hukmronligining qayta tiklanishi ko‘pchilik turonliklarni norozi qilmoqda edi. Samar-qand podshosi Ahmad mirzo shu norozilar orasidan oltmish ming qo‘shin to‘plab, Toshkent bo‘sag‘asida, Chirchiq daryosi bo‘yida hal qiluvchi jangga tayyorlana boshladi. Jang arafasida Shayboniyxonning uch yuz kishilik navkarlariga Buxoro hokimi Abduali Tarxon boshchiligida juda mas’uliyatli vazifa yuklandi. Ularga qo‘shin markazida bo‘lish va Ahmad mirzoning tug‘larini, bayroqdorini qo‘riqlash topshirildi. O‘ttiz olti yoshlik Shayboniyxon jang paytida bayroq va tug‘lar qanchalik ulkan ahamiyat kashf etishini yaxshi bilardi. Uning dili — o‘zi mansub bo‘lgan sulolaning vakili Mahmudxon tomonida edi. Jang arafasida Shayboniyxon ishonchli bir xufiyasini Mahmudxon qarorgohiga yashiriqcha jo‘natdi. Bu xufiyaga quyidagi gapni aytib yubordi: «Men ham Chingizxon naslidanmen, temuriylarning ichki sirlarini bilurmen, agar Mahmudxon hazratlari lozim ko‘rsalar, kechasi yashiriqcha Chirchiq bo‘yiga kelsinlar, men bu tomondan o‘tib borurmen, ertangi jangda xonga g‘alaba keltiradigan bir rejaning maslahatini qilurmiz». Bu xufiyaning gapi tayinlik ekanini taftish qilib bilgan eshik og‘a Tilba Sulton uni Mahmudxon bilan uchrashtirdi. So‘ng Tilba Sulton bilan Mahmudxon yarim tunda daryo bo‘yiga Shayboniyxon tayin etgan joyga bordilar. Shayboniyxon dadil yigit ekan, otni ham oqizadigan Chirchiq daryosidan kechasi suzib o‘tib keldi. — Ahmad mirzo noshud sarkarda, — dedi u Mahmudxonga. — Uning ishongan amiri Abduali Tarxon ertaga bo‘ladigan jangda markazga — g‘ulga tayin bo‘ldi. Podsho ham, uning tug‘lari, bayroqdori ham g‘ulda bo‘lur. Siz qo‘shiningizni daryo qirg‘og‘idan orqaroqqa olib, go‘yo chekinganday bo‘lsangiz. Ular daryodan o‘tguncha, hammalari ho‘l bo‘lib saflari ancha-muncha to‘zg‘iydir. Shunda men uch yuz navkarim bilan ularning bayroqdorlarini urib yiqitib, siz tomonga qochib o‘tgaymen. Bayroq yerga tushib oyoqosti bo‘ldimi, qo‘shin yengilgan hisoblangay! Shunda siz hujumni kuchaytirursiz. Men ham navkarlarim bilan sizlar tomonda Ahmad mirzoga qarshi jang qilgaymen. Yog‘iyning orqasida toshqin daryo. Qochganlarining allaqanchasi suvga cho‘kib halok bo‘lur. Shayboniyxonning bu rejasi Mahmudxonga ma’qul tushdi. Ertasi kuni jangda o‘sha rejaga amal qilgan Mahmudxon Ahmad mirzo ustidan g‘alaba qozondi. Shundan keyin Mahmudxon dadillanib, O‘ratepani ham Ahmad mirzodan tortib oldi-da, u yerga o‘zining qadrdoni bo‘lgan mo‘g‘ul-dug‘lat amiri Muhammad Hu-saynni hokim qilib qo‘ydi. Chirchiq bo‘yidagi jangda katta xizmat ko‘rsatgan Shohbaxt — Shayboniyxon Mahmudxondan mukofot kutmoqda edi. Mahmudxon uni o‘z huzuriga chaqirib shunday dedi: — Turkiston shahri hamon temuriylar ilkida. Holbuki biz, chingiziylar, bu joylarni Chig‘atoyxondan meros olgan edik! — Xon hazratlari, mening bobom Abulxayrxon ham Turkiston shahrini o‘ziga mulk qilgan edi. — Chunki po‘lat varaqqa bitilgan ahdnomaga binoan, xonlik masnadiga faqat Chingizxon avlodlari munosib ko‘rilgan. Temurning bobokaloni Qorachor nuyon bu ahdnomaga imzo chekkan, ilohiy tangri oldida xonlik da’vosidan voz kechgan. Doim xonlar xizmatida lashkarboshi amir bo‘lib xizmat qilishga so‘z bergan. Amir Temur ham o‘zini xon deb atamaganku! — O‘zini xon deb atamagan-u, lekin xonlarni qo‘g‘irchoq qilib o‘ynatgan! — dedi Shayboniyxon alam bilan. — Chingizxon naslidan bo‘lgan Suyurg‘atmishxon, Mahmudxon deganlarni xo‘jako‘rsinga oq kiygizga solib xon ko‘targan. Aslida bu xonlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling