Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
99 To‘xtamishxon tor-mor bo‘lgan paytlarda Temurbek o‘g‘li Mironshohga in’om qilgan ekan. Endi Bobur boshqa chingiziylarni ham xuddi To‘xtamishga o‘xshatib shu qilich bilan tor-mor qilmoqchi emish! Mahmudxon achchiq istehzo bilan kuldi: — Bu hammasi bekorchi xomxayol! Temuriylar Chig‘atoy ulusida yuz yildan ortiq hukm surgani yetar! Endi ularning davri tugadi! Bir yilda katta yoshlik, tajribali temuriylardan uchtasi ketma-ket olamdan o‘tdi. Yana Boysunqur mirzo deganini Xisorda Xisravshoh o‘ldirib, taxtini egalladi. Buxoroda Sulton ali mirzo degan bo‘sh-bayov bir o‘smir hukmron edi. Shayboniyxon Buxoroni osongina undan tortib oldi. — Shayboniyxonga siz yordam berdingiz-da, xon hazratlari! Bu odam avval temuriyzoda Sulton Ahmad mirzo xizmatida uch yuztagina navkari bilan ponsot darajasida xizmat qilib yurgan edi. — Yordam berdik, chunki Shayboniyxon bilan ildizimiz bir. Biz sohibqironi a’zam, xoqoni muazzam Chingizxonning o‘rtancha o‘g‘li Chig‘atoyxondan tarqagan xonlarmiz. Shayboniyxon Chingizxonning katta o‘g‘li Jo‘jixondan tarqagan xonlar avlodidandir. Buni bi-lurmisiz? — Yaxshi bilurmen, xon hazratlari. Ammo Jo‘jixonning o‘g‘li Botuxon Chig‘atoy ulusini Oltin O‘rdaga bo‘ysundirmoqchi bo‘lib, sizning bobolaringizga ko‘p jabru sitamlar o‘tkazgan! Qancha-qancha chig‘atoylarni Botuxon begunoh yasoqqa yetkazgan! — Lekin Shayboniyxon — Botuxon avlodidan emas, Shaybon ulusidandir, shuni unutmang, janob vazir! Shaybon — Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li bo‘lgan, Botuxonga qarshi turgan. — Bunisini bilurmen, xon hazratlari. Shaybon ulusi Yoyiq bilan Irtish daryolari orasidagi yaylovlarda ko‘chib yurgan. Shayboniyxonning nevara-chevaralaridan biri Abulxayrxon nomi bilan shuhrat qozongan. Hozirgi Muhammad Shayboniyxon ana o‘sha Abulxayrxonning nevarasi ekan. Otasi Shohbudoq sulton xonlik masnadiga yetisholmay o‘lib ketgan. — Ha, rost, Shayboniyxonning asli oti — Shohbaxt ekan. Uni bolaligida Abulxayrxon o‘zi tarbiyalagan ekan. Bobosi o‘lgandan keyin alg‘ov-dalg‘ov boshlanib, Shohbaxtxon ko‘p azob tortadi. Axiyri Dashti Qipchoqdan Buxoroga ko‘chib kelib, jon saqlaydi. — Tasanno, xon hazratlari! Buxoroda temuriylar xizmatida bir bek bo‘lib yurgan Shohbaxtxon sizning ko‘magingizda qaddini tiklab, kimsan, Shayboniyxon bo‘ldi-ya!* — Lekin Shayboniyning o‘zi ham kallasi yaxshi ishlaydigan, pishiq, dovyurak odam ekanda. Chirchiq daryosi bo‘yidagi jangda jonini garovga qo‘yib bizga qanday ko‘mak bergani yodingizdami? — Nega yodimda bo‘lmasin, xon hazratlari? O‘zim kechasi daryo bo‘ylariga borib vositalik qilgan edim-ku. Xon bilan vazir ikkovlari uchun ham yoqimli bo‘lgan o‘sha voqealarning tafsilotlarini eslab ketdilar. Bu voqealarning orasida quda-andachilikning alohida o‘rni bor edi. Mahmudxonning otasi Yunusxon bir emas, uch qizini aka-uka temuriylarga uzatgan edi. Ulardan o‘rtanchasi Ahmad mirzo — Samarqand podshosi, ikkinchi kuyov — Mahmud mirzo — Hisor hukmdori, uchinchi kuyov — Umarshayx mirzo — Farg‘ona tojdori. Xonlar udumiga binoan, Yunusxon har bir qiziga mingdan ortiq mo‘g‘ul beklari, navkarlari, kaniz va xizmatkorlaridan qo‘shib yuborgan edi. Ular kuyovning dargohiga o‘rnashib, kelinning xizmatini qilishar, ayni vaqtda, temuriylarning ichki ishlariga aralashib, ularning oralarida nizo chiqishiga sabab bo‘lar edilar. Ana shu tarzda chiqqan nizolar tufayli Ahmad va Umarshayx mirzolar bir-birlari bilan Toshkentni talashib ko‘p urushdilar. Qaynotalari Yunusxon ularni yarashtirish bahonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling