Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

TOSHKENT, NAMANGAN, ANDIJON 
CHINGIZIYLAR YANA HUKMRON BO‘LMOQCHI 
1 
Qirchillama qishda samur* po‘stin va qunduz telpak kiygan Mahmudxon xonai xosda 
eshik og‘a Tilba Sulton bilan yakkama-yakka suhbatlashmoqda. Osmonni quyuq bulut 
qoplagan. Kunduz kuni bo‘lishiga qaramay, xonayi xosdagi qandillarda shamlar lipillab 
yonmoqda. 
Mahmudxon sham yorug‘ida Tilba Sultonning yuziga tikilib qaradi-yu, uning ozib 
ketganini payqadi. 
Odob bilan cho‘kka tushib o‘ltirgan Tilba Sulton xonga tomon qaddini bukib, qo‘lini 
ko‘ksiga qo‘yib so‘zlamoqda: 
— Shu sovuq kunlarda dovon oshib Farg‘ona vodiysiga ikki marta borib keldim, xon 
hazratlari. Archakent dovoni pastroq ekan, undan oshib o‘tib, Kosonsoyga qishda ham 
borsa bo‘lar ekan. 
Qorli dovonlardan qayta-qayta oshib o‘tish oson bo‘lmagani Tilba Sultonning sovuqda 
qorayib ketgan ko‘sanamo yuzidan, qalin lablarining u yer-bu yerini izg‘irin yorib 
yuborganidan bilinib turardi: 
— Inim Ahmadbek butun najotni sizdan kutmoqda, xon hazratlari! Axir siz bugungi 
Chig‘atoy ulusining eng qudratli hukmdorisiz. Bizning yetti pushtimiz Chingizxon nasliga 
sodiq xizmat qilib kelmoqda. O‘zimiz ham aslan hazrati Chig‘atoyxonning qiz 
avlodlaridan tug‘ilganimiz sizga ma’lumdir. 
— Rost, siz bilan bizning uzoq qarindoshchiligimiz bor. 
— Shuning uchun inim Ahmadbek Farg‘ona vodiysini Boburga emas, sizga 
topshirmoqchi! 
— Ammo Bobur ham bizga jiyan-da. 
— Xon hazratlari, bu jiyanning sizga biron foydasi tekkani yo‘q! Otasi Umarshayx mirzo 
sizdan Toshkentni tortib olmoqchi bo‘lib qancha urushlar qildi? Paytini topsa, Bobur ham 
sizga qarshi qilich yalang‘ochlagay! 
— Unchalik emasdir, janob vazir. Bobur Toshkentga kelganda juda odobli, mehru 
oqibatlik ko‘ringan edi. 
— Tashqi ko‘rinishdan shundaydir. Ammo qilayotgan ishlari batamom sizga qarshi! Men 
buni o‘zim borib ko‘rdim, el-yurt orasida aytgan gaplarini o‘z qulog‘im bilan eshitdim, 
xon hazratlari! 
Tilba Sulton yolg‘onni ham rostday qilib gapirishga usta edi. U Bobur aytmagan so‘zlarni 
ichidan to‘qib chiqara boshladi: 
— Boburning o‘zi ham, tarafdorlari ham chingiziylarni «jete»* deb kamsitadi. «Yo‘qolsin 
chingiziylar! Farg‘ona vodiysi temuriylar mulkidir! Jetelarni qir!» degan baqiriqlarni 
Farg‘ona vodiysining ko‘p joylarida men o‘zim eshitdim! 
— Nahotki Bobur bizga jiyan bo‘laturib shunday gaplarni aytsa?! 
— Aytish ham gapmi?! Bobur Amir Temurning qilichini taqib olgan. Bu qilichni 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling