Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
160 Hisor hukmdori Xisravshoh taxtni Boburning amakivachchasi Boysunqur mirzodan tortib olib, taxtga da’vogar bo‘lmasin, deb, o‘ldirtirgan edi. Bobur shuni esladi-yu: — Mening qordan qochib do‘lga tutilishim ne darkor, janob Qosimbek? — dedi. — Mening maqsadim boshqa, amirzodam. Kamina Hisor beklari bilan bulturdan beri maxfiy muzokara olib bormoqdamen. Ularning ko‘pi Xisravshohdan norozi ekan. O‘zi bir navkardan chiqqan tagi past hukmdor. Taxtda o‘ltirishga haqqi yo‘q. Borsak, yaxshi beklari sizga yon bosgaylar. — Yana taxt talashishmi? Yo‘q, janob Qosimbek! Men bu talashlardan juda to‘ydim! Hozir menga tinch bir go‘sha bo‘lsa, darvishona hayot kechirsam, ash’or yozsam — shu o‘zi bas!.. Qosimbek boyadan beri ko‘zini Boburning yalang oyoqlaridan olib qochmoqda edi. Shahzodaning bunday yurishi unga juda erish tuyulardi. — Amirzodam, siz bizning taqdirimizni ham o‘ylang! Ikki yuz ellikta sodiq odamlaringiz — beklaru mulozimu navkarlaringiz sizga omad tilab, avvalgidan ham katta martabalarga yetishingizga ishonib, tog‘u toshda sargardon bo‘lib yurishi nechun? Qosimbekning gapi tagida: «Chindan darvish bo‘lamen desangiz sizga buncha beku navkarlarning ne keragi bor? Nechun javobini bermaysiz?» degan ma’no yotar edi. — Siz keltirgan mudhish xabarlardan ko‘nglim vayron bo‘lib turgan paytda yana bir mushkul gapni qo‘zg‘adingiz, janob Qosimbek! — Gustoxligim uchun meni kechiring! — Ammo siz haqsiz. Men sizdek sodiq kishilarimning taqdirini ham unutmasligim kerak. Rostini ayting, janob Qosimbek, Xisravshohning o‘zi ham sizni xizmatga chorlaganmi? — Chorlagan. Ikki qayta maxsus odam yubormishdir. Bobur Qosimbekning mardona yuziga, qirq yoshga bormasdan oq oralay boshlagan kalta soqol-mo‘yloviga ma’yus bir nazar tashladi. — Sizdan mahrum bo‘lish men uchun behad mushkul!— dedi. — Otam o‘lgandan beri menga otadek g‘amxo‘rlik qildingiz. Men sizdan ko‘rgan sadoqatu yaxshilikni hali boshqa hech qaysi bekdan ko‘rgan emasmen! — Sarafrozmen, amirzodam! — Endi shu yaxshiliklaringiz hurmati, men sizga javob berurmen. Mayli, Hisorga boring! — Sizni tark etib ketishga ko‘nglim yo‘q, amirzodam! Birga ketaylik! — Men o‘zim ham shohlik zanjiridan butunlay ozod bo‘lishga intilmoqdamen, janob Qosimbek. Bu zanjirning bir uchi tobe odamlarga bog‘langan bo‘lsa, uning ikkinchi uchi shohning o‘ziga bog‘lanur ekan! Shu sabab, tobelarni zanjirdan bo‘shatmaguncha podshohning o‘zi ham zanjirband bo‘lur ekan. Men endi mana shu tabiat bag‘rida zanjirsiz yashashga qasd qildim. Shuning uchun sizga javob! Boshqa beku mulozimu nav-karlar ham vaqt-soati bilan javob olurlar! Bobur Qosimbek bilan xayrlashmoqchi bo‘lib o‘rnidan turdi. Samarqandda suyukli opasidan, Toshkentda xotinidan ayrilgan, bugun esa shuncha mash’um xabarlar eshitib, yana eng ishongan bekidan ham ajrashishga majbur bo‘layotgan Bobur o‘zini har qancha tetik tutishga urinsa ham tizzalari bukilib, gandiraklab ketdi. Qosimbek uni quchoqlab xayrlashar ekan, ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi. 3 Bobur o‘ziga azob beradigan og‘ir tuyg‘ularni tog‘lardan ko‘rinadigan kengliklarga sochib yubora olsa yoki go‘zal she’riy satrlarga joylay olsa bir qadar yengil tortadi. Ne yerda sokin o‘lay? Ne qilay? Qayon ketayin? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling