Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
158 ____________ * «Olamni mardlik va zo‘rlik bilan oldik, lekin o‘zimiz bilan birga go‘rga olib ketmadik». Bobur 1502-yilda toshga o‘ydirgan bu satrlarni oradan 452-yil o‘tgandan keyin 1954-yilda tojik olimi A. Muxtorov Obburdon qishlog‘idagi bir quduq yonidan topib oladi. Toshga bitilgan bu she’r hozir Dushanbeda muzeyda saqlanmoqda. * * * Dahkatdan uch-to‘rt chaqirim quyida Qorazov deb ataladigan baland jarlar tagidan odamni oqizadigan ulkan Oqsuv yelib o‘tadi. Bu suvning o‘ngga burilib, yoyilib oqadigan sokinroq bir joyida kechuv bor. Tog‘ bag‘ridan qiyalab o‘tgan so‘qmoq bilan archalar orasidan yurib kelayotgan Bobur tushga yaqin Oqsuvning shu kechuvi oldidan chiqdi va daryodan o‘tib kelayotgan yigirmatacha qurolli otliqlarga ro‘para kelib qoldi. Oldinda piyozi chakmon va qizil bo‘rk kiygan Qosimbek. Unga ergashib kelayotgan navkarlar ham tanish. Bobur ularga yalang oyoq yurganini ko‘rsatgisi kelmadi-yu, yo‘ldan chetlanib, baland bir archaning soya-siga borib o‘tirdi. Lekin bu orada Qosimbek ham uni ko‘rib qoldi. Kechuvda qornigacha ho‘l bo‘lgan otini Boburdan ancha narida to‘xtatib, tez yerga tushdi. Navkarlar ham Boburni hurmat qilib apil-tapil otdan tushdilar. Qosimbek otining jilovini navkariga berib, egilib ta’zim qilgan ko‘yicha Boburga yaqinlashdi. Musibatli tovush bilan dedi: — Amirzodam, bir qoshiq qonimdan keching! Yana bir shumxabar!... Boburning xayoli Toshkentga ketdi. Qosimbek uch oydan beri o‘sha yoqlarda yurgan edi. Boburning tog‘asi Mahmudxon Shayboniyxonning elchisi sharafiga ziyofatlar berib yurib, axiri xon bilan bitim tuzgan edi. Bu bitimga binoan Shayboniyxon O‘ratepani Mah- mudxonga berib, o‘zi Hisorga qo‘shin tortib ketgan edi. Paytdan foydalangan Mahmudxon ukasi Olachaxon bilan birga Farg‘ona vodiysidagi Ahmad Tanbalga qarshi urush ochgan edi. Ular vodiyni Ahmad Tanbaldan tortib olib, Toshkent xonligiga qo‘shmoqchi edilar. Shayboniyxon avval bu niyatga qo‘shilgan edi. Nahotki endi so‘zidan qaytgan bo‘lsa?! — Ne bo‘ldi? So‘zlang! — Shayboniyxon manfurlik bilan so‘zidan qaytmishdir, amirzodam! Tog‘alaringiz Farg‘ona vodiysida Ahmad Tanbal bilan olti oy olishib, uni yengolmay, ko‘p talafotlar berib, zaiflashib qolgan paytda Shayboniyxon bitimni buzib, kutilmaganda ketlaridan bostirib kelmishdir! Oldinda Ahmad Tanbal qo‘shini, ketlarida yolg‘on ittifoqchi Shayboniyxon qo‘shini! Tog‘angiz bu ikki baloning orasida qolib tor-mor bo‘ldilar! Shayboniy-xon uni asir olmishdir. Bobur joyida o‘tirolmay o‘rnidan turib ketdi. — Yo alhazar! Toshkent ham ketdimi, a? — E, so‘ramang, amirzodam! Toshkentda ikki ming qo‘riqchi askar bor edi. Olti oyga yetgulik zaxira bor edi! Qo‘rg‘onni qattiq turib himoya qilsa bo‘lur edi. Biroq asir tushgan Mahmudxon behad uyatlik bir ish qilmishdir. Shayboniyxon uni qatl ettirmoqchi bo‘lganda, Mahmudxon: «Qonimdan keching, ne talabingiz bo‘lsa bajaray!» dedi. Shunda Shayboniyxon shart qo‘yurki, Toshkentdagi qo‘riqchi askarlaringizga buyruq yozib yuboring, toki qo‘rg‘onni jangsiz tashlab chiqib ketsinlar, ammo xazina bilan haram qo‘rg‘onda qolsin. Jon shirin-lik qilib, Mahmudxon bu shartni qabul qilmishdir! — Nahotki butun haram Shayboniylar ilkiga tushgan bo‘lsa?! — Ha, amirzodam, g‘oliblar qo‘riqchisiz Toshkentda uch kun elni talamishdir! Tog‘oyingiz Mahmudxonning eng ko‘hlik singlisi Davlat begim Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sulton haramiga uchinchi xotin bo‘lib kirmishdir. Ellik uch yashar Shayboniyxonning o‘zi Mahmudxonning o‘n olti yoshlik go‘zal qizi Mo‘g‘il xonimni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling