Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
166 vodiy yo‘llarini ham tuman to‘sib qo‘yganini ko‘rdi-yu, soy bo‘yiga keldi. Quyuq tuman dunyoni allanechuk tor va sovuq qilib qo‘ydi. So‘x soyining yuqori-pastlari ham ko‘zdan yo‘qoldi. Tezoqar tog‘ daryochasining qayoqdan kelib, qayoqqa ketayotgani endi faqat uning toshlarga urilib shovullashidan bilinar edi, xolos. Boburning hozirgi qarorgohi mana shu soyning yaqinida — keng bir sayhonlikda edi. Balandroq bir joyda uning qizil movut chodiri bor. Chodirning o‘ng yonida Qutlug‘ Nigor xonimning sakkiz burchakli oq o‘tovi turipti. Qolgan yigirma-o‘ttizta o‘tov va chodirlar ularning nari-berisiga o‘rnatilgan. Sovuq tuman ichida chodir va o‘tovlar go‘yo bir- birlaridan uzoqlashib ketganday va hammasini mog‘or bosayotganday ko‘rinardi. Bobur yo‘lida uchragan odamlarning ta’zimlariga indamay bosh irg‘ab o‘tdi-yu, Mamadali kitobdorning o‘tovi tomonga burildi. Bu yerda Bobur doim o‘z ko‘chi bilan birga olib yuradigan kitoblari saqlanar edi. Besh-olti tuyaga yuk bo‘ladigan nodir kitoblar qalin charm qoplangan maxsus sandiq va qutilarga yog‘in-sochin o‘tmaydigan qilib joylangan edi. Keksayib qolgan bo‘lsa ham hamma safarlarda Bobur bilan birga yuradigan zaxil yuzli ellik besh yashar Mamadali kitobdor kitoblarni xuddi chaqalog‘ini avaylaydigan onaday avaylab-asrar edi. U Boburga ta’zim qilib: — Buyuring, amirzodam! — dedi. Bobur tarixiy kitoblardan bir-ikkitasining nomini aytdi. Mamadali kitobdor kitoblarga qo‘l urishdan oldin qo‘lini yaxshilab yuvadigan odati bor edi. — Siz muntazir bo‘lmang, qulingiz elturmen! Bobur o‘tovdan chiqib o‘z chodiriga kirdi. Oradan ancha vaqt o‘tganidan keyin Mamadali kitobdor aytilgan kitoblarni ipak matoga o‘ragan holda ikki qo‘llab ko‘tarib kirdi-yu, to‘rdagi miz ustiga sekin qo‘yib, orqasi bilan yurib chiqib ketdi. Bobur mashhur sarkardalar va shohlarning hayotlari haqidagi tarixiy kitoblarni varaqlar ekan, murakkab jumlalar, jimjimador o‘xshatishlar, afsona va rivoyatlar orasidan chinakam bo‘lgan va odamni ishontiradigan voqealarni izlardi. Lekin ko‘pchilik kitoblarda nuqul g‘alabalar dabdabali uslub bilan kuylanardi. Ehtimol, hozir Shayboniyxon haqida ham mana shunday dabdabali kitoblar yozilayotgandir. Bobur Binoiyning yana Shayboniyxon tomoniga o‘tib ketganidan, Muhammad Solih esa «Shayboniynoma» degan she’riy kitob yozayotganidan xabardor edi. Ular Shayboniyxonning Bobur bilan olishuvlarini qanday yozisharkin? Mana bu kitoblardagi kabi g‘olibni ko‘klarga ko‘tarib maqtashsa, Boburga bo‘lmagan ayblarni taqib, uni yomonlashsa, keyin odamlar haqiqatni qayerdan biladi? Bobur nuqul zafar tantanalarini kuylagan jangomalarni bir chetga surib qo‘ydi. So‘ng o‘rnidan turib, o‘zining «Vaqoi’» deb atalgan xotira daftarlarini sandiqdan oldi. Qiziq: so‘nggi marta daftarga Bobur o‘zining Samarqandni Shayboniyxondan qanday tortib olganini yozganu keyin unga qo‘l urmagan edi. Demak, keyingi mag‘lubiyat va sargardonliklarni uning o‘zi ham yozishni istamagan ekan! Ammo bular daftarga yozilmagani bi-lan Boburning xotirasida muttasil takrorlanib yuribdi-ku. «Isitmani yashirsang, ichga urar», deydilar. Bobur qilgan xatolarini daftaridan yashirgani bilan ular har kuni ne-cha qayta yangi-yangi tafsilotlari bilan xayolidan o‘tib, qalb yarasini tirnagani-tirnagan. Bundan ko‘ra hamma voqealarni rostgo‘ylik bilan mana bu daftarga yozsa, balki o‘shanda isitma tashiga chiqib, dili xiyol yengillashar? Bobur daftariga Saripulda qanday mag‘lub bo‘lganini, keyin qanday xo‘rliklar ko‘rganini yoza boshladi. U bu ishni go‘yo o‘zi uchun, o‘z vijdoni oldida hisob bergisi kelib qilardi. Shuning uchun boya o‘qigan kitoblaridagi jimjimador, balandparvoz uslub bu yozuvlarga mutlaqo yarashmasligini sezardi. Shu sezgi ta’sirida kitoblari orasida turgan Shomiyning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling