Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
165 marta to‘xtab na-fas rostlaydi. Tabiat mo‘’jizasi bo‘lgan bu tog‘ning silliq toshlarida atrof xuddi oynadagi kabi akslanib turadi. Bobur bu toqqa chiqqanda uning sehrli oynasida o‘z taqdirini ko‘rishga intiladi. Qachongacha tog‘dan-toqqa o‘tib, chet qishloqlarda Shayboniyxon qilichidan jon saqlarkan? Ana, yashil bog‘larga burkangan So‘x, Hushyor qishloqlari. Bular ham chingiziylar hurujidan himoya istab, Boburni uch yuztacha navkari bilan yil bo‘yi mehmonday e’zozlab yurishibdi. Bosqinchilarning shum qadamlari hali bu yerlarga yetib kelgan emas. Ular Sirdaryo bo‘ylarida va Andijon tomonlarida o‘zaro urushlar bilan band. Bobur quyoshli kunda Oynatog‘ tepasiga chiqib, Qo‘qon tomonlarga oqib ketayotgan So‘x soyiga tikiladi. Bu soyning suvida tillarang shu’lalar o‘ynaydi. Aytishlaricha, So‘x suvining tarkibida oltin bor ekan, shuning uchun bu suvni ichgan odamning vujudi yayraydi. Nahotki shu Oynatog‘ ham, shu tilloli soy ham — hammasi yana chingiziylar istilosiga giriftor bo‘lsa? Boburning ortidagi qorli tog‘lardan sovuq shamol esadi. Uzoqdagi yashil vodiylarga osmondagi oqish bulutlarning soyasi to‘shalib yotadi. Hozir avji bahor, Farg‘ona vodiysi yashil libosda. Ufqning harir pardasi ortida — ko‘z ilg‘amas uzoqliklarda Chotqol tog‘lariyu Toshkent vohasi bor. Jizzax va Samarqandni, Marg‘ilon va Andijonni Bobur hozir go‘yo xayol ko‘zi bilan ko‘rdi-yu, bir vaqtlar shunday keng dunyoda bexavotir, erkin yurgan paytlarini eslab, yuragini armon timdaladi. Hozir mana shu ulkan vatanda uning osuda yashaydigan makoni, tayinli bir uyi yo‘q. Hammasi Tanbal bilan Shayboniyxonning qo‘liga o‘tib ketgan. Eshik og‘a Sherim tog‘oyi Boburni Xurosonga ketishga undaydi. Biroq Bobur ketsa, vatanidan umrbod ayrilishi mumkinligini go‘yo oldindan sezadi. Ilgari tug‘ilgan yurtida bemalol yurganda unchalik bilinmaydigan vatan tuyg‘usi endi vatanidan ayrilish xavfi tug‘ilganda uning butun vujudini qamrab olgan. U mana shu o‘lkani necha qayta u chetidan-bu chetigacha kezib chiqqan, uning har bir chaqirimiga ko‘z nurini to‘kib, yoshligini urug‘day sochib o‘tgan. Uning butun umri, butun borlig‘i mana shu muazzam zaminga ildiz otgan. Endi bu ildizlarning hammasini qanday yulib olib ketadi? Buning og‘rig‘iga qanday chidash mumkin? Ahmad Tanbal bilan Shayboniyxon avval bir-biri bilan ittifoq tuzib, hozir bir-birining payini qirqishga tushgan. Shu kunlarda ular jang qilayotganini Bobur aniq biladi. Zora bu ikkalasi bir-birining boshini yesa-yu, Boburning bekilgan yo‘llari ochil-sa... Bobur shu umid bilan Andijon tomonga maxsus odamlar yuborgan. U ertayu kech shu odamlarning xushxabar bilan qaytishini kutadi. Lekin yuborilgan odamlar bir yarim oydan beri qaytmayapti. Nima bo‘ldiykin? Kutish og‘ir. Kunlar benihoya sekin o‘tadi. Bobur nima qilishini bilmay tog‘ yonalarini yolg‘iz kezgani-kezgan. Tadbirkor Qosimbek ketib qolmaganda, balki undan yaxshi bir maslahat chiqarmidi? Jonkuyar safdoshi No‘yon Ko‘kaldosh ham yo‘q — bultur Toshkentning janubidagi Ohangaronda bir nomard uni baland jardan tashlab o‘ldirgan. Bir-biridan mash’um xotiralar Boburning xayolida muttasil charx uradi. U intihosiz g‘am-g‘ussalar qurshovidan chiqib ketishga intilib, xayolida she’r mashq qilib ko‘rdi. Ammo uni bu ko‘ylarga solgan dahshatli voqealarni qofiyaga solib, ohangdor qilib aytishga xushi kelmadi. * * * Kechki payt tog‘larga tuman tushdi. Archazor yonida xayol surib yurgan Bobur pastdagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling