Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
167 «Zafarnoma»sini qo‘liga olib varaqladi. Bu kitobning muqaddimasida Shomiyning Amir Temurdan qanday topshiriq olgani hikoya qilingan edi. Sohibqiron jangnomalar va tarix kitoblarida ko‘p uchraydigan hashamdor takalluflarni suymas ekanlar, ortiqcha lof urishlar, mubolag‘alar ichida haqiqat yo‘qolib ketishini, dabdabali uslub chindan sodir bo‘lgan voqealarning ma’no va mohiyatini odamlardan to‘sib qo‘yishini aytgan ekanlar. «Shuning uchun siz bor haqiqatni aniq ravon qilib yozing, toki uning ma’nosini avom xalq ham anglagay, xos kishilar ham maqbul ko‘rgay», — deb sohibqiron Shomiyga maxsus tayinlagan ekanlar. Afsuski, Shomiy bu topshiriqni to‘liq uddalay olmagan ekan. Amir Temur uning «Zafarnoma»sini o‘qiganda qanoatlanmaganini Bobur onasi in’om qilgan sandiqdagi boshqa qo‘lyozma manbalardan bildi. Ehtimol, shundan so‘ng Amir Temurning ko‘rgan- kechirganlari va yaratgan tuzuklari uning o‘z tilidan aniq, iliq va ravon uslubda bayon etilgandir? Hozir Boburning diliga eng yaqin uslub mana shu edi. U xotira yozishda ham sohibqiron bobokalonidan saboqlar olar, boshidan kechirgan barcha hodisalarni, yutuq va xatolarini eng ishongan sirdoshiga aytib dardlashgan kabi samimiyat bilan qalam tebratardi. Faqat uning endigi sirdoshi — o‘ziyu mana shu daftari edi. «Ko‘nglimdan o‘zga mahrami asror topmadim!» deb g‘azal bitgan Bobur endi barcha ko‘rgan-kechirganlarini mana shu mahramiga roz aytganga o‘xshab xotira yozardi. Bu rozlar orasida faqat jabru jafolar emas, yodga tushganda ko‘ngilni ko‘taradigan voqealar ham yo‘q emas edi. Boshiga tushgan ko‘rguliklar Boburni nihoyatda chiniqtirgan, goho yalang oyoq qor kechib yurar, ammo shamollash nimaligini bilmas edi. Shu haqdagi bir lavhani daftariga yozib qo‘ydi: «Xashtiyak kenti yaqinida mahkam zarb sovuq edikim, ikki-uch kishi sovuqning shiddatidan o‘lub edi. Manga g‘uslga ehtiyoj bo‘ldi. Bir ariq suvidakim chekkalari qalin muz to‘ng‘ib edi, o‘rtasi suvning tezligidan yax bog‘lamaydur edi, bu suvga kirib g‘usl qildim, o‘n olti qatla suvga cho‘mdim». O‘shandagi sovuqning ta’siri yodiga tushib, eti yana bir junjikdi, lekin o‘n olti marta muz orasiga cho‘mgan bo‘lsa ham, sog‘-salomat qolgani — vujudida qanchalik pahlavonona kuch-quvvat yig‘ilganidan dalolat berishini o‘ylab suyunib qo‘ydi. Ammo shundan keyingi voqealarni qalamga olganda Ahmad Tanbalga in’om qilgan bag‘dodiy qilichi aylanib kelib Boburning joniga qasd qilgani ko‘z oldida tahlikali tarzda gavdalandi. O‘sha yili Bobur Ahmad Tanbal bilan qaytadan jangga kirishib, O‘sh va O‘zganni qo‘lga kiritgan, Andijon yaqinida uning askarlariga shikast yetkazib, qo‘rg‘on ichiga chekinishga majbur qilgan edi. Biroq kechasi Bobur qorovullikka tayin etgan nav-karlar beparvolik qilib uxlab qolganmi yoki tunda Tanbal bilan yashiriqcha til biriktirganmi, har qalay, tong qorong‘isida kimdir «Yog‘iy bosdi!» deb qichqirdi-da, ura qochdi. Xakan arig‘i yaqinida ochiq joyda uxlab yotgan odamlar cho‘chib uyg‘onishdi-yu, vahima ichida tum-taraqay bo‘lib ketishdi. Bobur tez otga minib, yoni-veriga qarasa, o‘ntacha odami qolibdi. Nariroqda yovning jangdovullari qochganlarning ketidan o‘q otyapti: — To‘xta! Qaytinglar! — deb qichqirdi Bobur o‘z odamlariga. Ammo hech kim qaytmadi. Yov jangdovullari ozdek ko‘rindi. Bobur yoydan ularga qarab o‘q otdi. Jangdovullar qochdi. Bobur ularni quvish bilan bo‘lib, daraxtlar orasidan chiqib kelgan yuzga yaqin otliqlarni ancha kech ko‘rdi. Tong yorishib qolgan edi. Hammadan oldinda qo‘lida qalqon tutgan, qilich yalang‘ochlagan Ahmad Tanbal kelmoqda edi. Bobur uni tanigach, otining jilovini tortib, yon-veriga qaradi. U bilan faqat Tohir va yana |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling