Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
168 ikkita yigit — uchtagina jangchi qolgan edi. «To‘rt kishi bularga bas kelolmaysen, qoch!» dedi ichki bir ovoz. Ammo shuncha xiyonatlar qilgan, doim qochib qutulib yurgan Ahmad Tanbal endi birinchi marta yuzma-yuz kelganda undan qo‘rqib qochishga oriyat yo‘l bermadi. Oriyat o‘limdan yomon deb, bejiz aytmagan ekanlar. Bobur darhol jilovini qo‘yib yuborib, kamoniga o‘q o‘rnatdi. Ahmad Tanbal qilichini sug‘urayotganda Bobur uning qisiq ko‘zlarini mo‘ljalga olib o‘q otdi. O‘q Tanbal boshiga kiygan zirhli dubulg‘aga qarsillab urildi, uni teshib o‘tolmagan bo‘lsa ham, Bobur xiyonatkor dushmanining boshiga musht tushirganday bo‘ldi. Bobur chapdastlik bilan yoyga yana o‘q o‘rnatib, uning bezraygan yuziga to‘g‘rilab otdi. Tanbal yuzini qalqoni bilan to‘sishga ulgurdi. Bobur otgan ikkinchi o‘q qalqon orqali Tanbalning yuziga urilgan tarsakidek ovoz chiqardi. Bu orada Tanbalning yonidagi kishilar Boburga ham yoydan o‘q yog‘dirdilar. Bir o‘q uning tizzasidan pastroq boldiriga qadaldi. Ahmad Tanbalning o‘zi otini «chu-chulab» qo‘lida qilichi bilan Boburga baqamti keldi. Bobur yarador oyog‘ining «jizillab» kuyib og‘riganini va Ahmad Tanbalning qo‘lidagi qilich allanechuk tanish ekanini bir vaqtda his qildi. Bu — Boburning nomidan Ahmad Tanbalga in’om qilingan egik bag‘dodiy qilich edi. Bu qilichni o‘pib, Boburga sadoqatli bo‘lish haqida qasamyod qilgan Ahmad Tanbal nahotki endi uni egasiga qarshi ko‘tarsa? Bobur buni o‘ylashga ham ulgurmasdan qilich uning boshidagi dubulg‘aga kelib tushdi. Boburning ko‘zlaridan go‘yo olovli uchqunlar sochilib ketdi, boshi birovning boshidek hissiz bo‘lib qoldi. Qilichning tig‘i dubulg‘a kiygizini kesib o‘tolmagan bo‘lsa ham bosh yaralangan edi. Boburning bo‘yniga dubulg‘a chetidan qon sirqib tushdi. Boldiridagi yaradan etigi issiq qonga to‘lmoqda edi. Ahmad Tanbal g‘olibona hayqirib qilichini yana ko‘tardi. U endi o‘tkir qilichini Boburning zirhli kiyimlari orasidan sal-pal ko‘rinib turgan bo‘yniga urmoqchi va boshini kesib tushirmoqchi edi. Shu payt ortdan Tohir yetib keldi-yu, Bobur mingan bo‘z otning jilovini siltab tortdi. Bedov ot o‘rnidan sakrab qo‘zg‘olar ekan. Ahmad Tanbal bo‘ynini mo‘ljallab urgan qilich Boburning yoy-o‘qlari solingan saqdog‘iga tegib, uni shart kesib tushdi. — Amirzodam! Jilovni oling! — qichqirdi Tohir. O‘zi esa Boburning otiga qamchi bosdi. Qamchi yeb o‘rganmagan uchqur bedov oldinga o‘qday otilib, egasini balo-qazodan olib chiqib ketdi. Yarador Bobur O‘shga qaytdi, ancha kungacha boshi g‘uvillab, oyog‘i cho‘loqlanib yurdi. Lekin uni yara og‘rig‘idan ham ortiq qiynagan dard— Qosimbekning taklifi bilan Tanbalga in’om etilgan bag‘dodiy qilichning aylanib kelib o‘z boshiga tushganligi edi. Qotilga kim qilich bersa o‘zi uning tig‘iga duchor bo‘larkanmi? Biroq dunyoda adolat bo‘lsa, shuncha qotilliklar, shuncha xiyonatlar qilgan Ahmad Tanbalga nega qasos qaytmaydi? Bobur shu o‘ylar bilan xotira yozishga berilib ketib, qorong‘i tusha boshlaganini ham sezmadi. Savdarlar oltin qandildagi shamlarni yoqdilar. Boburga kechki ovqat keltirdilar. U yolg‘iz o‘tirib ovqatlandi. Xotira yozganda unga o‘z hayoti avvalgidan iliqroq va ma’noliroq tuyulgan edi. Bekor o‘tirganda esa yana o‘sha og‘ir o‘ylar, sovuq pushaymonlar xayoliga bosib kela boshladi. Bobur ulardan tezroq qutilgisi kelib, yana qalamini qo‘liga oldi. Keyin yarim tungacha daftaridan bosh ko‘tarmay so‘nggi yilning voqealarini yozdi. * * * Atrofdagi o‘tovlar jim, hamma uyquda. Tun sukunatida otning dupuri, itlarning hurishi eshitildi. Qarorgohning chetiga qo‘yilgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling