Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
161 Ne dayrdin eshigim ochilur, ne masjiddin. Necha eshikdin eshikka gado kabi yetayin? Kuyib-yonib yozgan bu satrlari qalbining taftini olar, dunyoda uning uchun hamma eshiklar bekilganda ham bir muqaddas qopqa — she’riyat qopqasi doim ochiq ekanini ich-ichidan sezib ko‘ngli ko‘tarilardi. U o‘z qalbida hali sarf etilmagan qudratli kuchlar borligini, opasi Xonzoda begim Bobur bilan vidolashgan paytida: «Sizning nodir iste’dodingiz bor, bu buyuk ne’matni hayf qilmang!» degan so‘zlari ko‘p esiga tushadi. Kecha mana shu Oqsuv bo‘yidagi bir qishloqda to‘y bo‘lgan, shunda yosh bir xonanda sehrli tovush bilan Boburning «Ko‘nglimdan o‘zga yori vafodor topmadim» deb boshlanadigan g‘azalini ashula qilib aytganini u o‘zi ko‘chadan o‘tayotib eshitgan edi. O‘sha daqiqalarda uning qalbidagi eng zo‘r kuch junbushga kelib, yuzaga chiqish uchun yo‘l axtargan edi. Bu ichki kuch unga Dahkatning kunchiqish tomonidan uch ming gaz balandlikdagi Osmon Yaylov tog‘ining uchidan otilib chiqib turgan mo‘’jizaviy buloqni eslatdi. Jilg‘alar bo‘yidan, tog‘ yon-bag‘rilarining tagidan ko‘z ochgan buloqlar ko‘p. Lekin shunday yuksak tog‘ning eng baland bir nuqtasidan yorib chiqqan bunday g‘alati chashmani Bobur birinchi marta shu yerda uchrat-di. Janubda mangu qorga burkangan ulug‘vor Piryax cho‘qqisi yaltirab turibdi. Ammo u cho‘qqi bilan Osmon Yaylov tog‘ning orasida behad chuqur jilg‘alar, katta-katta balandliklar bor. Bu buloqning suvi o‘sha cho‘qqidan tushib, yana Osmon Yaylovga chiqib kelguncha ikki oradagi chuqurliklardan ham teranroq joyga tushib, so‘ng yana yuksak toqqa ko‘tarilgan bo‘lishi kerak. Buloq buncha kuchni qaerdan olganikin? Uni shunchalik baland joyga chiqishga, shunday toshlar orasidan ko‘z ochishga nima majbur qilgan ekan? Ehtimol, ilgari uning ko‘zi pastdagi tog‘ kamarlarida bo‘lgandir? Balki buloqning ustiga tog‘ ko‘chib tushib, avvalgi ko‘zini bekitib qo‘ygandir? Boburga birdan o‘z hayoti ham ko‘chki bosgan buloqqa o‘xshab ko‘rindi. Axsida qulagan jar ham shu buloqning ko‘ziga tushgan. Ko‘chmanchi sultonlarning Samarqanddagi g‘alabasi ham... Ichki bir kuch bilan qaynab chiqayotgan buloq ko‘chkining tuproqlarini yuvib, toshlar orasidan yo‘l topib o‘ta boshlaganda Movarounnahrdagi ijtimoiy zilzilalar zarbidan yangi-yangi jarlar qulaydi, qoyalar ko‘chadi-da, yana shu buloqning ko‘ziga tushadi. Buloq hamon tug‘ilgan zaminining boshqa joylariga bosh urib, yorug‘ dunyoga olib chiqadigan yangi yo‘llar izlaydi. Agar Osmon Yaylov bulog‘i toshlar orasidan yo‘l topib, mana shunday baland qoyani yorib chiqqan bo‘lsa, Bobur umidsizlanmasligi kerak. Ehtimol, uning tolei ham mana shu buloqqa o‘xshab, baland bir nuqtadan qayta ko‘z ochar. Balki bu baland nuqta she’riyatdadir? Bir kuni peshin kechroq Bobur Osmon Yaylov bulog‘i bo‘yida mana shu xayollarga g‘arq bo‘lib yolg‘iz o‘tirganda, katta-katta ikkita bo‘ribosar itni ergashtirib bir cho‘pon yigit kelib qoldi. Oyog‘ida choriq, boshida qizil xoshiyali oq qalpoq, beliga katta pichoq osib olgan, qo‘lida qizil irg‘ay tayoq. U tosh ustida o‘tirgan Boburga salom berdi-yu, itlarni orqaroqda qoldirib, o‘zi buloqdan kaftida suv olib ichdi. Keyin ho‘l qo‘llarini qalami yaktagining qo‘ltiqlariga arta turib, Boburga gap qotdi: — Ha, jo‘ra, poshshong ziqnalik qildimi, toqqa yalang oyoq chiqibsen? Cho‘ponning «sen-sen»lab gapirgani Boburning qulog‘ini tirnab o‘tganday bo‘ldi. Ammo o‘zini bosiq tutib: — Qaysi podshohim? — deb so‘radi. — Bobur degan bir podsho Dahkatda yurgan emish. Sen o‘shaning odamlaridanmisen? Bobur eski kiyimlarini kiyib chiqqan, o‘zi tog‘ oftobida kuyib qoraygan, ammo uning yuzida, qo‘llarida asilzodalarga xos bir nazokat borligi bilinib turardi. Cho‘pon uni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling