Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
207 Gurgonda va ayniqsa Kermonda shialar harakati juda avjiga chiqqan, Shayboniyxon bu shaharlardagi shialarning boshliqlarini ayovsiz qatl ettirdi, ularning masjid va ziyoratgohlarini buzdirdi, mol-mulklarini talattirdi. Bu hammasi shialar peshvosi Shoh Ismoilni darg‘azab qilishi va darhol jangga otlantirishi kerak edi. O‘sha paytda hal qiluvchi jang bo‘lsa, Shayboniyxon g‘olib chiqishi muqarrar, chunki Shoh Ismoilning yarim kuchi turk sultoni bilan urushda band edi. Buni shohning o‘zi ham sezgan bo‘lsa kerak-ki, hamma alamini ichiga yutib, Shayboniyxonga yaxshi muomala qildi, maxsus elchi yuborib, uni Movarounnahr va Xurosonning oliy hukmdori, deb tan oldi va oradagi adovatni urushsiz bartaraf qilishga istak bildirdi. Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sulton, jiyani Ubaydulla Sultonlar shoh elchisiga iloji boricha yaxshi muomala qilishni, unga shirin gaplar aytib, shohga sovg‘a-salomlar yuborib, uni Samarqanddagi Sulton Ali mirzo va Toshkentdagi Mahmudxon kabi g‘aflatda qoldirishni, keyin payti kelganda o‘shalarga o‘xshatib yo‘q qilib yuborishni istar edilar. Lekin orada dinu mazhab nizosi ajdahoga o‘xshab og‘zini ochib turardi. Shayboniyxon Xurosonda turgan o‘z qo‘shinining shialar ta’sirida shu ajdahoning domiga tortilib ketishidan qo‘rqar, «dinu imon yo‘lida murosa yo‘q, kimki shialarga qo‘l bersa, dindan qaytib, rofiziy bo‘lg‘ay», degan gapni ko‘p takrorlardi. Endi agar Shayboniyxon o‘g‘li va jiyanining so‘ziga kirib, Shoh Ismoilni tan olsa, unga yaxshi muomalada bo‘lsa, shu bilan beixtiyor shia mazhabini tan olgan bo‘lmaydimi? Odamlar: «Xonimizning o‘zi ham rofiziylik yo‘liga kiryapti!» demaydimi? Yo‘q! Shayboniyxon o‘zining pok e’tiqodiga dog‘ tushirishni istamaydi! Uningcha, g‘ayridindan ham rofiziylik yomon. Chunki g‘ayridin — hali musul-monchilikdan bexabar. Rofiziylar esa avval musulmon bo‘lgan, keyin choryorlar nomiga xiyonat qilib, ulardan yuz o‘girgan. Shayboniyxon bunday odamlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lishi kerak. Shu fikr asosida u shoh elchisini behurmat qilib qaytardi. Shohning maktubiga esa osmondan kelib javob yozdi. «Sen bir shayxning o‘g‘lisan, toju taxtni senga kim qo‘yibdi, belingga kashkulingni bog‘lab, qalandarligingni qilsang-chi!» degan ma’noda unga kashkul va hassa «sovg‘a» qilib yubordi. Bu voqeadan keyin Shoh Ismoil turk sultoni bilan sulh tuzdi-yu, Shayboniyxonga qarshi jangga tayyorlana boshladi. Xonning Kermondagi shia masjidlarini buzdirgani ustiga endi Shoh Ismoilning elchisini behurmat qilib qaytargani qo‘shilgach, Shayboniyxondan qasos olishni istovchilarning soni ko‘payib ketdi. Xuddi shu paytlarda Movarounnahrdan ham tashvishli xabarlar kela boshladi — ko‘chmanchi sultonlar zulmiga chiday olmagan Toshkent, Farg‘ona, Buxoro aholisi ularga qarshi isyon ko‘taradilar. G‘alayonlar Samarqandda ham, Hisorda ham bo‘layotganini eshit-gan Shayboniyxon Hirotdagi qo‘shinlaridan o‘ttiz mingini Movarounnahrdagi sultonlarga yordamga yubordi. Bu g‘alayonlarning sababini bilishiga yuborilgan maxsus kishilar Turkiston, Hisor va Buxoro sultonlarining o‘zboshimchalik yo‘liga o‘tganlarini aniqlab keldilar. Shayboniyxon uch yildan beri Hirotda yashamoqda edi. Uning uzoqdaligidan foydalangan sultonlar o‘zlarini xon, ko‘lankalari maydon bilib ish olib bormoqda edilar. Xufiyalar ularning ig‘vo gaplarini ham Shayboniyxonga yetkazib turar edilar. Xususan, Ubaydulla Sulton, Ko‘chkinchixon va Hamza Sultonlar Shayboniyxonning Shoh Ismoil bilan qaltis siyosat olib borayotganidan norozi edilar: «Jangni biz qilamiz, g‘alabani biz keltiramiz, xonimiz faqat yosh qizchalarni nikohiga olib, lazzatlanishni biladi, hech qaysimizning maslahatimizni olmaydi, shunday bo‘lgach, biz ham bu yerda istaganimizcha davron suraylik-da». Sultonlarning bu gaplari Shayboniyxonning g‘azabini avjiga chiqardi. U ichki nizolarni bir zarba bilan bartaraf qilmoqchi bo‘ldi-yu, Ubaydulla Sultonni Buxoro hokimligidan, Ko‘chkinchixonni Turkiston hokimligidan, Hamza Sultonni Hisor hokimligidan olib tashladi va ularning o‘rinlariga boshqa itoatkor odamlarni qo‘ydi. Albatta, bu keskin tadbir xon qo‘shini orasida katta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling