Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
203 san’atkorlarini o‘z huzuriga chaqirtirdi. San’at ishlarini boshqarayotgan Muhammad Solih vositachi bo‘lib, Behzodni xon bilan bir-ikki marta uchrashtirdi. Xonning maslahatgo‘yi mulla Abdurahim rasm chizishni shialar va rofiziylarning ishi deb yomon ko‘rsa ham Shayboniyxon Behzodning rasmlari Husayn Boyqaroni qanchalik mashhur qilganini bilar, endi bu musavvirning iste’dodidan o‘z shuhrati uchun foydalanishni istar edi. Behzodga Shayboniyxonning rasmini chizish topshirildi. Musavvirning iltimosi bilan xonni qip-qizil kimxob ko‘rpa ustiga o‘tqazdilar, uning orqasiga qora baxmal bolish qo‘ydilar, beliga ingichka oltin kamar bog‘latdilar, oldiga oltin muqovali kichik daftar, qalam va siyohdon qo‘ydilar. O‘ttiz yildan beri rassomlik qilib yurib, ko‘pgina podshohlarni ko‘rgan va ular bilan muomala qilishni yaxshi biladigan Behzod Shayboniyxonga ham faqat maqtov yoqishini allaqachon payqagan edi: — Hazratimni arg‘umoq ot ustida qilich yalang‘ochlagan paytlarida tasvirlashim mumkin. Biroq hozir sizning eng zo‘r lashkarboshi ekanligingiz hammaga ayon. Ammo olam ahli sizning ko‘p yil madrasalarda o‘qigan fozil imomi zamon ekanligingizni ham suratda ko‘rmog‘i kerak. Shu sababli faqir sizni muqaddas kitobu oltin qalam bilan tasvir etmoqchimen! — Ma’qul, — deb xon bunga rozilik berdi. Surat tayyor bo‘lgandan keyin Shayboniyxon, Muhammad Solih va boshqa bir necha mulozimlar Behzod ishlagan xonaga to‘plandilar. Mulla Abdurahim rasmga, so‘ng xonga qaradi-yu, hayron bo‘lib: — Hazratimning xuddi o‘zlari-ya! — dedi. Suratda Shayboniyxonning ko‘pni ko‘rgan tajribali odam ekanligi ko‘zga aniq tashlanib turardi. Bo‘yoqlar Behzodga xos ulug‘ bir mahorat bilan xillangan edi. Oddiy odam rasmdan hech bir kamchilik topolmas, Behzod xonni izzat-ikrom bilan tasvirlabdi, deb o‘ylar edi. Lekin Muhammad Solih xonning tagidagi ko‘rpaning rangi qip-qizil qon rangida ekanini sezdi. Xon ko‘rpa ustida emas, go‘yo qon daryosi ustida o‘tirganga o‘xshardi. Xonning beliga bog‘langan ingichka oltin kamarning uchi chalmashgan oyoqlar tagidan xuddi qoramtir boshli sariq ilonga o‘xshab buralib turar edi. Xon suyangan qora bolish ham qora kuchlarning timsoliga o‘xshardi. Shayboniyxonning barcha ishlaridan xabardor Behzod bu yashirin ramziy bo‘yoqlar bilan nimalar demoqchi bo‘lganini Muhammad Solih payqadi-yu, qo‘rqib ketdi. Agar u sezgan ma’noni xon sezib qolsa, Behzod ham omon qolmaydi, orada vositachi bo‘lgan Muhammad Solih ham! Shuning uchun u suratga xomush tikilib turgan Shayboniyxonning fikrini xatarli ramziy ma’nodan uzoqroq olib ketishga intildi: — Muhammad alayhissalom yashil rangni yaxshi ko‘rar ekanlar. Imomi zamon xon hazratlari ham yashil rangni suyishlarini musavvir durust payqabdir. Qarang, hazratimning ko‘ylaklari yashil rangda. Suyangan devorlari ham yashil. — Bunisi ma’qul, — deb xon endi og‘zini ochdi. — Lekin... biz mavlono Behzodning boshqa suratlarini ham ko‘rgan edik... Shayboniyxon Behzod tasviridagi shertaxlit Husayn Boyqaroni esladi. Husayn Boyqaroning safarga chiqqan paytini tasvir etgan boshqa bir rasmda go‘yo bulutlar ham, osmon ham, hatto tog‘u toshlar ham podshoning ketidan ergashib, u ketayotgan tomonga intilib borayotganday ko‘rsatilgan edi. Temuriylarni bunchalik ulug‘lagan Behzod Shayboniyxonni jo‘n bir odam qilib tasvirlaganga o‘xshardi. Xon suratni ko‘rganda ko‘nglida qo‘zg‘algan murakkab tuyg‘ularni aytishga munosib so‘z topolmadi- yu, Behzodga qarab: — Mo‘yqalamni menga bering! — dedi. Xonning avzoyi yomonligini hamma sezdi. Behzod maxsus qalamdonda turli bo‘yoqlar bilan birga turgan mo‘yqalamlarni xonga ta’zim bilan tutdi. Shayboniyxon qoramtir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling