Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
199 orasida shu ism bilan tanilgan edi. Shayboniyxon doimiy odatini qilib, bu juvonga g‘oyibona oshiq bo‘lgani haqida qisqa bir g‘azal yozdi-yu, shoir Muhammad Solihni oraga qo‘yib, she’rini begimga yetkazdirdi. Muzaffar mirzo nomardlik qilib xotinlarini tashlab ketganidan qahri kelgan Qorako‘z begim xonning g‘azalini xush qabul qildi. Xadicha begim boshliq boshqa kelinlar Hirotning eng mustahkam istehkomi bo‘lgan Ixtiyoriddin qal’asiga kirib bekinganlarida Qorako‘z begim ulardan ajralib qoldi va otasining shahar tashqarisidagi chorbog‘iga ketdi. Keyin begimni hammomda yuvintirishib, kelinlarday yasantirishdi-yu, xon yuborgan shohona mahofaga solishib Qahdistonga olib ketishdi. Kechki payt Hirotning shayxulislomi va qozisi xon qarorgohiga chaqirildi. Bugun odatdagidan yoshroq ko‘rinayotgan Shayboniyxon shariat peshvolarini mahfuri* gilam to‘shalgan borgohda qabul qildi. Xonning yonida turgan mullo Abdurahim Qorako‘z begimni bugun imomi zamonga nikohlash haqida gap ochdi. — Bugunmi? — deb shayxulislom qoziga sarosima bo‘lib ko‘z tashladi. Qozi bu qarashning ma’nosini tushundi. Qorako‘z begim Muzaffar mirzoning nikohida edi. Erining tashlab ketganiga besh kun ham bo‘lgani yo‘q. Holbuki, bir musulmonning nikohidagi xotinning iddasi bo‘ladi, uch oy o‘tmaguncha boshqa kishiga nikohlash mumkin emas. Shariat buni qat’iyan man qilgan! Shayxulislom xonning oyog‘i tagidagi gilamni o‘pib, shu to‘g‘rida gap boshlagan edi, xon uning so‘zini kesdi: — Shariatni bizga o‘rgatmang! Begimni hezalak eri bundan to‘rt oy oldin uch taloq qo‘ygan. Siz uch oy deysiz! Begim to‘rt oy boshi ochiq yurgan! Nahotki, siz, shariat peshvolari bundan bexabarsiz?! Xonning qahridan qo‘rqib ketgan shayxulislom oppoq soqolini mahfuri gilamga surkab yana yer o‘pdi. — Xabardormiz, hazratim! — Xabardormiz! — dedi qozi ham gilamni o‘pib. Ular Muzaffar mirzoning bundan to‘rt oy burun achchiq ustida xotinini uch taloq qo‘yganini bilar edilar. Biroq keyin mirzo xotini bilan yana yarashganda shayxulislom bilan qozi begimni eriga qaytadan nikohlab bergan edilar. Lekin begimning avvalgi yosh eri tilga olinganidan rashki kelib, sabr kosasi to‘lib turgan xonga buni aytish— o‘limni bo‘yniga olish bilan barobar edi. Shariat peshvolari endi bu to‘g‘rida «churq» etmasdan nikoh o‘qishga hozirlandilar... ______________ * M a h f u r i — gullariga she’riy baytlar qo‘shib to‘qilgan nodir ipak gilam. * * * Sallasiga la’l va gavhar bilan birga ukpar ham qadalgan Shayboniyxon kechasi begimning xobgohiga shahdam qadamlar bilan kirib ketdi. Xobgohning tashqi bo‘lmasida xonning haramiga qaraydigan keksa beka, ikkita bichilgan habash qul va begimga ergashib kelgan ikkita kaniz navbatchilik qilib qolishdi. Bir vaqt xobgoh eshigi shaxt bilan ochildi-yu, yelvagay to‘n kiygan, boshidagi oq shabpo‘shi* bir yonga og‘ib ketgan Shayboniyxon chiqib keldi. Uning rang-quti o‘chgan, lablari pirpiraydi. — Behayo ekan! Buzilib ketgan ekan! Bezbet! Haram bekasi begimning kanizlari bilan birga shosha-pisha ichkariga kirdilar. To‘shak chetida yuzini qo‘llari bilan bekitib olgan go‘zal juvon yelkalari silkinib, piq-piq yig‘lar edi. Ma’lum bo‘lishicha, Qorako‘z begim Hirotning so‘nggi podsholari yaxshi ko‘radigan va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling