Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
231 Shayboniyxon o‘limidan uch-to‘rt yil burun Hirotdan to Toshkent va Turkistongacha bo‘lgan viloyatlarda pul islohoti o‘tkazgan, raqiblaridan moliya sohasida ham ustun kelish uchun o‘z tangalarining og‘irligini temuriylar chiqargan tangalarning vazniga nisbatan bir dang* oshirgan edi. Shuning uchun hozirgacha butun Xuroson va Movarounnahr bozorlarida Shayboniyxon tangalarining xaridori ko‘proq edi. Lekin bazzoz g‘azabi kelib turgan qizilbosh navkariga buni ochiq aytmadi. — Shayboniyxon yo‘q, o‘lgan, — dedi. Shu payt kimdir uzoqdan: — Samarqandni bo‘shat, kelgindi! — dedi-yu, do‘kon oldida turgan qizilboshga kesak otdi. Kesak uning telpagiga tegib ushaldi-da, changi yuziga tushdi. Xaloyiq orasidan allakimlarning kulgani eshitildi. Qizilbosh navkar egri qilichini qinidan sug‘urib, kesak otgan odamni ko‘zlari bilan qidirdi, ammo topolmadi. So‘ng yana semiz bazzozga yuzlandi. So‘zining oxirgi bo‘g‘inini cho‘zib so‘radi: — Shoh Ismoilni aqchasin almas-san? Bazzoz uning qilichidan qo‘rqib, titrab gapirdi: — Men olsam baloga qolamen. Qizilbosh yana bir marta: — Almassa-an?! — deb cho‘zib so‘radi-yu, keyin chetdan otilgan tosh va kesaklarning alamini ham bazzozdan olib uning yelkasiga bor kuchi bilan qilich urdi. O‘tkir qilich bazzozning go‘shtdor yelkasini bo‘ynining oldidan kindigigacha kesib tushdi. Shunda ikkinchi qizilbosh ham qilichini yalang‘ochladi-yu, cho‘kkalab qolgan bazzozning boshini bir zarb bilan tanasidan judo qildi. Semiz bazzozning boshsiz bo‘ynidan sharillab otilgan qon do‘kon ichidagi atlaslar va ipak matolarga sachradi. Buni ko‘rgan odamlar qiy-chuv ko‘tarib, vahima ichida qocha boshladilar. _______________ * B i r d a n g — «oltidan bir» demakdir. Temuriylar tangasining vazni 4,6 gramm bo‘lsa, Shayboniyxonning tangasi 5,2 gramm bo‘lgan. 6 Shia-sunniy nizolari bunday qonli to‘qnashuvlarni tobora ko‘p keltirib chiqarayotgani qizilbosh beklarni ham tashvishga solib qo‘ydi. Bobur o‘zining Shoh Ismoil bilan tuzgan ittifoqiga sodiq ekanini ularga qayta-qayta uqtirib, nufuzli beklarga qimmatbaho sarupolar, otlar, oltin-kumush pullar in’om berib, nihoyat, qish chillasi chiqqanda o‘ttiz ming qo‘shinni Movarounnahrdan Eronga jo‘natib yubordi. Shundan so‘ng Samarqand ancha tinchib qoldi. Toshkent, Xo‘jand, O‘ratepa ham shayboniylar hukmidan chiqib, Bobur tomoniga o‘tganligi haqida xushxabarlar keldi. Qizilboshlarni uch oy davomida boqish va qimmatbaho sovg‘alar bilan kuzatish paytida ancha bo‘shab qolgan xazina o‘sha shaharlardan kelgan peshkashlar bilan yana ancha to‘ldi. Samarqand bog‘lari oq-pushti bodom gullari bilan bezana boshlagan ilk bahor kunlarida Bobur bir to‘p yaqinlari bilan otlanib, Ulug‘bek rasadxonasi tomonga sayrga chiqdi. O‘ntacha qo‘rchi navkarlarni to‘riq qashqa ot mingan Tohir boshqarib bormoqda edi. Oq otliq Boburning ikki yonida Qosimbek bilan marg‘ilonlik Xo‘ja Kalonbek. Ulardan orqaroqda o‘tgan hafta Hirotdan kelgan mavlono Fazliddin yuvosh qora otga minib o‘ychan kelmoqda. Ichki beklar orasida munshi ham, maktab-madrasa ishlari bilan shug‘ullanuvchi bir mudarris ham bor. Otliqlar Obirahmat arig‘iga yetmay Bog‘i Maydon tomonga burildilar. Ulug‘bek zamonida juda obod va mashhur bo‘lgan, bundan o‘n besh yil oldin ham fayzlik turgan Bog‘i Maydon shayboniylar davrida qarovsiz qolib, ichki |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling