Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
228 bilindi. _____________ * Sh e ’ r i y t a ’ r i x — maxsus bir she’riy janr bo‘lib, harflaridan abjad hisobi bilan ma’lum yil va oy kelib chiqadi. * * * Samarqand qo‘rg‘onining Ohanin darvozasi yaqinidagi ulkan marmar masjidning tekis tosh to‘shalgan sahniga yigirma ming namozxon to‘plangan. Bugungi juma namozida xutba qanday o‘qilishini ko‘pchilik samarqandliklar o‘z quloqlari bilan eshitgilari keladi. Chunki: «Bobur podshoh shialar tomoniga o‘tganmish, choryorlardan yuz o‘girib, o‘n ikki imomni tan olganmish!» degan mish-mishlar ko‘paygan, Boburni quvonib qarshi olgan sunniy mazhabidagi odamlar, bu ovozaga ishongilari kelmas, biroq uning muxoliflari aholining asabiga tegadigan mish-mishlarni tobora ko‘p tarqatishar edi. Bugun jome masjidida o‘qiladigan xutba bu ovozalarning qanchalik rost, qanchalik yolg‘onligini aniqlab berishi kerak edi — qoidaga binoan, xutbaga yoki choryorlarning nomi, yoki o‘n ikki imomning nomi, albatta, qo‘shib o‘qilar edi. Buni biladigan odamlar jome masjidining ich-tashini to‘ldirib yuborgan edilar. Xutba o‘qilishiga bir soat qolganda masjid sahnida bo‘sh joy qolmadi. Shundan keyin eshik va darvozalar oldida turgan qurolli soqchilar ichkariga hech kimni kirgizmay qo‘ydilar. Bir vaqt masjidning orqa eshigidan sadrlar suduri Xo‘ja Xalifa, Bobur, Qosimbek va uch- to‘rtta qizilbosh beklar kirib kelishdi. Bobur masjidning ich-tashiga odam benihoya ko‘p to‘planganini ko‘rib, yuragi iztirob bilan «shig‘» etdi. Bu odamlar uning hozir qilmoqchi bo‘lgan qaltis ishi muvaqqat bir chora ekanini tushunisharmikan? Mana shu vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l — shoh qo‘shinini «otang yaxshi, onang yaxshi», deb silab-siypab, vataniga jo‘natib yuborish edi. Avvaldan kelishilgan shartlarga binoan, Bobur Shoh Ismoilni oliy hokim deb e’lon qilishi, xutbaga uning va o‘n ikki imomning nomini qo‘shib o‘qitishi, keyin shohning nomidan pul zarb qilishi kerak edi. Shu shartlar bajarilsa, Shoh Ismoilning beklari o‘z qo‘shinlarini Movarounnahrdan olib chiqib ketishga ko‘nar edilar. Yuqoridagi shartlarni xo‘ja-ko‘rsinga bo‘lsa ham bajarib, begona qo‘shindan tezroq xalos bo‘lish to‘g‘riroq ekanini Qosimbek ham, boshqa sirdosh a’yonlar ham tushungan edi. Xo‘ja Xalifa ham bugungi xutbani Bobur istagan tarzda o‘qishga rozi bo‘lgan edi. Rejaga binoan, Xo‘ja Xalifa samarqandlik sunniy namozxonlarning g‘azabiga qolmaslik uchun choryorlarni umumiy bir tarzda nomlarini tilga olmay aytib o‘tishi, o‘n ikki imomni esa qizilbosh beklarni qoniqtiradigan ohangda nomma-nom tilga olishi kerak edi. Uzun mosh-guruch soqoli kindigiga tushadigan Xo‘ja Xalifa barcha qavmlarning oldida turib, juma namozini o‘qidi-yu, keyin qo‘liga hassasini olib, masjid to‘ridagi marmar zinapoyali minbarga ko‘tarila boshladi. Yigirma ming namozxon hammasi jim. Masjid sahnini to‘ldirgan odamlarning hammasi go‘yo o‘zlarining sunniy mazhablarini namoyish qilmoqchi bo‘lgandek boshlariga to‘rt o‘ramlik sallalar o‘ragan edilar. Sunniy sallalarning sanoqsiz ko‘pligidan g‘ashi kelgan elchi Xo‘ja Xalifaning boshidagi dastorga qaradi. O‘ramlari to‘rttadan ko‘p, ammo o‘n ikkita ham emas. Sanab bo‘lmaydi. Muhammadjon eshik og‘asi Bobur va Qosimbekning boshlaridagi sallalarga qaradi. Bularning o‘ramlari ham to‘rttadan ko‘p, ammo o‘n ikkitadan oz. Bu sallalar shunday o‘ralganki, o‘ramini sanash mumkin emas. Muhammadjon eshik og‘asi bunda qandaydir ma’no borligini sezib, sergaklandi. Nahotki Bobur Qunduzda bergan va’dasini bajarishdan bosh tortmoqchi bo‘lsa? Muhammadjon eshik og‘asi Xo‘ja Xalifaning harakatlarini sergak turib kuzata boshladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling