Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
227 samarqandliklar Chorraha darvozasini, unga kelib kiradigan Buxoro yo‘lining ikki chetini dorpech, gilam va palaklar bilan bezatdilar. Yo‘l bo‘yiga o‘nlab muvaqqat do‘konlar qurildi, hayit kunlaridagi kabi sayil boshlandi. Shaharning eng obro‘li odamlaridan yigirma-o‘ttiztasi qo‘rg‘on kalitlari va qimmatbaho peshkashlar bilan Boburni bir kunlik yo‘lda peshvoz oldilar. Ertasi kuni Bobur saf-saf otliq qo‘shin oldida mulozimlari bilan Samarqandga yaqinlashar ekan, yo‘lning ikki bo‘yini xaloyiq tutib ketganini, hammayoq bayram tusini olganini, tom ustlarida, darvoza oldilarida karnaylar va naqoralar chalinayotganini ko‘rdi. Boburning Hisordagi g‘alabasi sharafiga yozilgan she’riy ta’rixlar*, uning Samarqandga kelishini qutlaydigan satrlar xattotlar tomonidan yirik-yirik harflar bilan oq ipak matolarga yozilib, yo‘l bo‘ylariga, do‘kon tepalariga, qo‘rg‘on ichining ko‘zga ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilgan edi. Bobur xor-zor bo‘lib chiqib ketgan vatanida bunchalik izzat- ikrom bilan qarshi olinishini xayoliga keltirmagan edi. U mavkabi bilan shaharning markaziy xiyobonidan Ko‘ksaroyga qarab o‘tayotganda Ulug‘bek madrasasining baland peshtoqi va minoralari ustida qo‘shkarnaylar chalib, naqoralarni sayratib, quvonch bildirayotgan vatandoshlarini ko‘rdi. Shunda birdan eti jimirlab, ko‘ziga yosh keldi. Yonida borayotgan Qosimbekka qarab: — Ishongim kelmas, tushimmi bu, o‘ngim? — dedi. — O‘ngingiz, hazratim! O‘ngingiz! Xos navkarlardan sal keyinroqda sallalariga qizil o‘tag‘alar qadalgan Shoh Ismoilning beklari Ahmadbek so‘fi o‘g‘li, Shohruhbek Afshar, Muhammadjon eshik og‘asi o‘z mulozimlari bilan bir to‘p bo‘lib kelmoqda edilar. Ular ot ustida g‘oliblarga xos viqor bilan o‘tirishar, yuzlaridan: «Biz bo‘lmasak Bobur Samarqandga qaytib ko‘rsin edi!» degan bir ma’no anglashilar edi. Samarqandliklar esa butun karnay-surnaylarini Boburga qaratib chalishardi. Shoh Ismoilning bek va navkarlari xaloyiq oldidan o‘ta boshlaganda karnaylar va naqoralar birin-ketin tinib qolardi. Qizilboshlarning shafqatsiz ishlari va shia mazhabini zo‘rlik bilan tarqatish borasidagi harakatlari Samarqandga juda vahimali ovozalar tarzida yetib kelgan edi. Shaharning sunniy aholisi saf-saf bo‘lib o‘tayotgan qurolli shialarga xavotirli, noxush nazar bilan qarashardi. Xaloyiqning sovuq munosabatidan qizilbosh beklarining qovoqlari osilib borar, Boburga ko‘rsatilayotgan izzat-ikromlar ularning g‘ashlarini keltirardi. Bunday murakkab holatlar Qarshi va Buxoroda ham bo‘lgan edi. Bobur vatandoshlarining mehmondo‘stlik tuyg‘usini uyg‘otish uchun shu kuniyoq Samarqandning maydon va ko‘chalariga jarchi chiqartirib: «Shoh Ismoilning g‘oziylari bizning mo‘’tabar mehmonlarimizdandir!» deb e’lon qildirdi. So‘ng quvonchli ayyom munosabati bilan mehmonlarga va shahar aholisiga uch kungacha osh berishni buyurdi. Bobur va uning odamlari bundan o‘n yil muqaddam qamalda qolib, ochlikdan intihosiz mashaqqatlar chekkan Bo‘stonsaroyda, mahalla va guzarlarda, bog‘ va sayrgohlardagi yuzlab tandirlarda osiyogi nonlar, shirmoylar, patirlar, chavatilar yopildi, minglab tovoq oshlar tortildi, behisob ko‘p qo‘ylarning go‘shtlaridan qovurdoqlar, kaboblar, sho‘rvalar tayyorlandi, asil chog‘irlarga to‘la xumlar ochildi. Bobur har kuni mehmonlari va musohiblari bilan chog‘ir ichib xursandchilik qilar edi. To‘y-tomosha ustiga yana to‘rt tarafdan xushxabarlar kelib turardi. Andijon, Marg‘ilon, O‘sh va O‘zgan hammasi birin-ketin shayboniyzodalar hukmidan chiqib, Bobur tomoniga o‘tgan edi. Janubda Qunduz, Kobul, G‘azna barchasi endi Boburning qalamravidagi yagona mamlakatga aylangandi. Uning nazarida, hayotining eng baxtli davri boshlangan, barcha orzulari endi bekamu ko‘st ro‘yobga chiqishi kerak edi. Biroq bu baxtning juda omonat, juda muvaqqat ekanligi eng avval masjid bilan bozorda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling