Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
235
johillar uni ham o‘ldirishlari mumkin ekan. Avboshlardan yigirma-o‘ttiztasini hibsga 
oldik. Ammo Xo‘ja Xalifaga qarshi va’z aytgan mullalar Xo‘ja Ahrori valiyning 
avlodlaridan ekan. Ularni sizdan bemaslahat hibsga olishga jur’at etmadim. 
Bobur ahvolning naqadar jiddiylashib ketganini endi sezdi. Xo‘ja Ahror avlodini hibsga 
olish — yonay deb turgan olovni puflab alangalatish bilan barobar edi. 
— Qo‘shinning kayfiyati ham yaxshi emas, hazratim,— deb davom etdi Qosimbek. — 
Hozir ichak uzildi payt, narx-navo ko‘tarilgan. Shayboniyzodalar chiqargan oltin-kumush 
tangalarning vazni biz chiqargan tangalar vaznidan ortiq bo‘lganligi uchun ularning 
bozori chaqqon. Beku navkarlar ulufani oshirishni talab qilmoqdalar. Ularga ulufa 
oshirilsa, xazinada pulimiz yetmas. 
— Undoq bo‘lsa taklifingiz nedur? 
Taklifim shuki, hazratim, beklarni darhol mashvaratga to‘plab, favqulodda choralar 
ko‘rmoq lozim. 
— Bilamen, beklar dashtda izg‘ib yurgan shayboniyzodalarga qarshi urushmoq 
qasdidalar. Yangi viloyatlar olinsa, beku navkarlar o‘ljador bo‘lurlar. Besh oydan beri 
Samarqandda jangsiz turib qilichlari qonsiragan. 
— Ularning kasblari urush bo‘lgandan so‘ng bekor turgilari kelmaydi-da. Hozir 
shayboniyzodalar shimoldan Buxoroga yaqinlashib kelmoqda emishlar. 
— Aniq axborot bormi? 
— Ko‘rgan odam kelib aytdi. Sarkardalari Ubaydulla Sulton emish. O‘n ming qo‘shini bor 
emish. Buni Samarqanddagi shayxu qalandarlar ham eshitgan bo‘lsalar kerak. 
Shayboniyzodalar tashqarida jonlangan sari ichkarida bular bizni «Shiaga sotilgan 
rofiziylar!» — deb xalqqa yomonlab, qora kuchlarni qo‘zg‘atmoqdalar. 
Bobur mavlono Fazliddin bilan mudarrisga afsusli bir nazar tashladi-da: 
— Janoblar, ma’rifat muammolarini bu ahvolda hal etolmaydigan ko‘rinamiz, — dedi. — 
Xatti Boburiyni maktabda o‘qitish hozircha to‘xtatilsin. Rasadxonani ham keyinroq 
tiklagaymiz... Biz endi butun e’tiborni harbiy ishlarga berishga majburmiz. 
Mudarris bilan mavlono Fazliddin ma’yus qiyofada orqalari bilan yurib chiqib ketdilar. 
Qosimbek bilan Bobur Ubaydulla Sultonga qarshi Buxoro tomonga qo‘shin tortib 
borishning maslahatini qila boshladilar... 
______________ 
* Bu yozuv aslida O‘rxun-Yenisey runik yozuvining Bobur davrida Sig‘noqqa yetib kelgan bir turi bo‘lishi kerak.
* * * 
Buxoroga hujum qilgan Ubaydulla Sultonning o‘n ming kishilik qo‘shini Boburning 
Samarqanddan o‘ttiz ming qo‘shini bilan kelayotganidan xabar topib, Qizilqum sahrosiga 
qarab chekindi. Bobur qo‘shini Buxoro atrofida to‘xtab, dushmanning yana qaytib ke-
lishini kutishi mumkin edi. Lekin dushman askarlari son jihatdan uch barobar kam 
bo‘lgani uchun Bobur uni dadil ta’qib etishga qaror berdi-yu, qo‘shinini qumtepalar 
orasiga boshlab kirdi. Ubaydulla Sultonga shu kerak edi. Bobur qo‘shinining eng 
sadoqatli qismi tog‘lik joyda yaxshi jang qilib o‘rgangan, otlari cho‘lda, qumtepalar 
orasida durust chopolmaydigan jangchilar edi. Bundan tashqari, shia-sunniy ziddiyatlari 
Boburga Qunduzda qo‘shilgan yigirma ming kishilik mo‘g‘ul qo‘shinining ruhiga yomon 
ta’sir qilgan edi. Ularning orasiga kirib borgan sunniyparast mullalar: «Boburshoh shialar 
bilan ittifoq tuzib, pok mazhabini bulg‘adi, endi payg‘ambarimiz uni emas, sunniyni pok 
tutgan shayboniyzodalarni qo‘llab-quvvatlagay», degan e’tiqodga ko‘plarni ishontirgan 
edilar. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling