Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
238 bilan o‘radi. Begimning yonida o‘n yashar o‘g‘ilchasi Safarni qo‘lidan yetaklab kelayotgan Robiya ham bor edi. Tohir o‘g‘li bilan xotinini tez bir biyaga mingashtirdi. Qosimbek boshliq ellik-oltmishta xos navkarlarga ayollar va bolalar mingan otlarni o‘rtaga olib, janub tomonga yo‘naldilar. Uch tomonni yov halqasi o‘rab olgan, faqat janub tomon ochiqroq edi. To‘fang gumburlashi, yarador bo‘lganlarning dodlashi, otlarning pishqirishi va kishnashi orasidan kimlarningdir asabiy baqiriqlari eshitilardi: — Hammamiz shu podshoning kasofatiga qoldik! — Shialarga sotilib bizni xarob qildi! — Yo‘qolsin Bobur! — Urug‘ini qurit! Qir hammasini! Xonzoda begim hech narsaga tushunolmay yonida borayotgan Qosimbekdan so‘radi: — Bu qanaqa yog‘iy? — O‘zimizdan o‘t chiqdi, begim! Burnog‘i yil Qunduzda shayboniyzodalardan bizga qochib o‘tgan mo‘g‘ul beklari isyon ko‘tardi! Quzg‘unlar hazratimni uyquda tutib o‘ldirmoqchi ekanlar. Xayriyat, Tohirbekning qo‘rchilari payqab qolibdi! — Falokat ustiga falokat! — Ha, bular bizdan ikki barobar ko‘p. Hammasi oldindan tayyorlanib chiqqan! O‘rtada yuringlar, o‘rtada! Shu payt isyonchi otliqlar janub tomonga ham chopib o‘tdilar. O‘sha tomondan Boburning ovozi eshitildi: — Ustod Ali! To‘fangandozlarni oldinga boshlang! Oldinga! To‘fanglardan otilgan o‘qlar jiba va dubulg‘alarni bemalol teshib o‘tar, shuning uchun fitnachilar to‘fang qarshisida turish berolmas edi. Bobur to‘fanglar va eng ishongan xos navkarlari yordamida yov halqasini janub tomondan yorib o‘tmoqchi, so‘ng Bobotog‘ning shar-qidagi Hisor qal’asiga yetib olmoqchi edi. Biroq fitnachi beklar uni qal’aga o‘tkazmoqchi emas edilar— ular bu mustahkam qo‘rg‘onni o‘zlari egallash maqsadida isyon ko‘targan edilar. Uch-to‘rt marta o‘q otilgandan keyin to‘fanglarning quvurlari qizib ketib, ish bermay qo‘ydi. Yov saflari sharq tomonda sal siyraklashganini ko‘rgan Bobur Xo‘ja Kalonbek boshliq mingtacha navkarini o‘sha tomonga tashladi. Xos navkarlar qurshovida borayotgan Xurramshoh goho qilichlarning bir-biriga shaq- shuq urilganini eshitib qolardi. Bu tungi jang unga juda qo‘rqinchli tuyulsa ham u vahimani yengishga tirishardi. Tog‘asiga shunday paytda suiqasd qilgan xoinlarning hech bo‘lmasa bittasini soqdog‘idagi o‘qlari bilan otib yiqitgisi kelar edi. Yov qurshovini yorib o‘tayotganlarida bolalar va ayollarni o‘rab borayotgan navkarlar ham jangga tushishga majbur bo‘ldilar. Shunda Xurramshoh ularning yoniga kirdi-yu, otining jilovini qo‘yib yuborib, kamonidan ustma-ust uchta o‘q otdi. Xonzoda begim tungi to‘polonda uni bir lahza ko‘zdan yo‘qotib qo‘ydi. Keyin bolaning navkarlar yonida o‘q otayotganini ko‘rib, otini unga tomon choptirdi. U o‘g‘liga yetib borgan ham ediki, qarshidan otilgan bir daydi o‘q bolaning o‘ng biqiniga «shart» etib sanchildi. Xurramshoh ingrab, kamonini qo‘lidan tushirib yubordi va egardan og‘ib tusha boshladi. — Voy, bolam! — deb Xonzoda begim qichqirib o‘g‘liga tomon intildi. Tohir ham shu yaqin joyda edi, otidan sirg‘alib tushayotgan Xurramshohni ushlab qoldi, so‘ng uni egari ustiga ko‘tarib o‘tqazdi. Bola behush edi. Tohir bilan Xonzoda begim uni Boburning ovozi kelayotgan tomonga olib chopdilar. Bu tomonda yov qolmagan, Xo‘ja Kalonbekning navkarlari podshoh uchun yo‘l ochib, uning ketidan haram ahlini ham olib o‘ta boshlagan, orqadan ta’qib etishga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling