Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
246 Humoyun o‘n olti yasharligida otasi unga Badaxshon viloyatini berib, askar va savdari bilan Kobuldan kuzatib qo‘ydi. Humoyun tog‘lar orasida otasi bilan xayrlashayotganda oila a’zolari o‘zaro «Boburnoma» deb atay boshlagan o‘sha «Vaqoi’» kitobidan bir nusxa ko‘chirtirib yuborishni iltimos qildi. O‘g‘lining boshqa ko‘p iltimoslarini so‘zsiz qabul qilgan Bobur bu gal yerga qarab bosh chayqadi: — Hali u kitob bitgan emas. O‘lda-jo‘lda yotgan asarni ko‘chirtirib bo‘lmas. — Qachon bitkurursiz, hazratim? Men intizormen! Bobur o‘g‘lining yuziga xomush nazar bilan tikildi. — Ko‘p intizor bo‘lma. Chunki u kitobning bitishi uchun mening umrim tugashi kerak. Humoyun seskanib tushdi: — Nechun bunday deysiz? «Boburnoma»ning davomi ancha vaqtdan beri yozilmay yurar edi. Qizilboshlar bilan tuzilgan ittifoq, Bobur vataniga begona qo‘shinni boshlab borib, mag‘lubiyatga uchraganlari... buni yozish u yoqda tursin, hatto eslashdan ham yuragi bezillar edi. Nahotki umr kitobining so‘nggi bobi shu bo‘lsa? Bobur eng yirik asarini bu tarzda yozib tugatolmasligini sezardi. Uni ko‘ngildagidek tugallash uchun esa o‘sha mag‘lubiyatlar zahrini yuvib ketadigan katta g‘alabalarga erishishi kerak edi. Mana endi o‘g‘li Humoyun ulg‘ayib, yoniga kiryapti. U Humoyunning so‘nggi gapdan iztirobga tushganini sezib: — Mening so‘zimdan tashvishlanma, — dedi. — Men «Vaqoi’»ni umrim bo‘yi yozmoqchi bo‘lganim uchun shunday dedim. Orzuyim borki, uning kelgusi boblariga sening ham yaxshi ishlaring bitilgay. Zora o‘zim ham... bu kitobning poyoniga yorug‘ yuz bilan yetsam. — Hazratim, undoq bo‘lsa, ilohim «Boburnoma»ni yana ellik yil yozing, yuz yil yozing! — O‘shangacha kutishga sabr-toqating yeturmikin?— deb kuldi Bobur. Humoyun jiddiy turib: — Tangrim oldida ont ichib aytamenki, sabr-toqatim umrim yetgunicha yetur! — dedi. ______________ * G u f t i g o‘ — gaplashish. * J u s t i j o‘ — qidirish. * Sh u s t i sh o‘ — yuvish, ya’ni may bilan dil g‘uborini yuvish. * S i g‘ n o q — Turkistondan shimolroqda Sirdaryo yaqinida joylashgan qadimiy shahar. 2 Kobul daryosining bo‘yida Bobur egachisi Xonzoda begim uchun qurdirgan Bog‘i Dilkushoning ko‘k marmar ko‘shkida mavlono Fazliddin cho‘kka tushib o‘ltiribdi. Undan pastroqda mavlononing soqol-mo‘ylovi ko‘zga ko‘rinib qolgan o‘g‘li odob bilan qo‘l qovushtirib, yerdan ko‘zini olmay sukut saqlaydi. Nafarmon kabo kiygan, yuziga oq harir parda tutgan Xonzoda begim siniq tovush bilan to‘xtab-to‘xtab so‘zlaydi: — Hammadan ko‘ra.. o‘lgan odamga qiyin ekan, mavlono. O‘lgan qaytib kelmas ekan... Tiriklar... oh-voh qilib, ming kuyib-yonsalar ham, axiri bir kun... tasalli topar ekanlar. Mana, o‘zimdan qiyos... — Begim, bu zamonda tiriklarga ham oson emas. Mening Andijondan bosh olib chiqib ketganimga yigirma uch yil bo‘ldi. Shundan beri sizning boshingizga qancha kulfatlar tushdi! Biz qancha balolarni ko‘rdik. Xonzoda begim Andijonda qolib ketgan yoshlik yillarini ko‘z oldiga keltira boshladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling