Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
244 Humoyun qo‘liga qog‘oz va qalam oldi-yu, otasi ixtiro qilgan Xatti Boburiy harflari bilan bir bayt she’r yozdi: Turklar xatti nasibing bo‘lmasa, Bobur, ne tong, Boburiy xatti emasdur, xatti Sig‘noqiydurur*. Bobur so‘nggi daf’a Samarqandda yuz bergan mash’um voqealarni va Xatti Boburiyni maktabda bolalarga o‘rgatgan muallimning toshbo‘ron qilib o‘ldirilishini eslab «uh» tortdi. Bir vaqtlar Ulug‘bekni halok etgan yovuz kuchlar uning rasadxonasini qayta tiklamoqchi bo‘lgan Boburni ham dinsizlikda va rofiziylikda ayblab, hatto qo‘shinning ko‘p qismini shunga ishontirgani Qizilqumdagi mag‘lubiyatga zamin yaratgan edi. Shundan beri Bobur o‘zi ixtiro etgan xatni joriy etish fikridan butunlay qaytgan edi. — Senga buni qaysi mualliming o‘rgatdi? — so‘radi Bobur Humoyunning yozuviga ko‘z yugurtirib. — Mirbadal xattotdan o‘rgandim... Humoyunning yozuvida xato bo‘lmasa ham, lekin hali bu xatga qo‘li o‘rganmaganligidan harflar notekis chiqqan edi. — Senga manzurmi? — Juda! Belgilari oz. Tez yozish mumkin. O‘qishi jo‘n. — Unday bo‘lsa ko‘proq mashq qil. Minba’d menga maktub yozsang, shu xat bilan biti. Men ham senga shu xat bilan javob yozurmen. Maxfiy tutmoq oson bo‘lur. Humoyun podshoh otasi bilan maxfiy xatlar yozishini ko‘z oldiga keltirdi-yu, ko‘nglida yana issiq bir iftixor tuyg‘usi mavj urdi. Otasiga mehri toblanib, uning ko‘ngliga yoqadigan yana bir ish qilgisi keldi. — Hazratim, lozim bo‘lsa, endi musiqadan bir imtihon qilib ko‘ring. — Qani, qani! Humoyun savdarboshiga afg‘on rubobini keltirishni buyurdi. So‘ng dur va sadaf bilan bezatilgan, tog‘lar sadosini eslatuvchi ulug‘vor tovush beradigan bag‘ri keng rubobni sozlab, avval navo yo‘lida bir kuy chaldi, keyin savtga o‘tdi. Bobur qulog‘iga juda yoqimli tuyulgan bu savtni darhol tanidi. «Chorgoh savti» deb atalgan bu kuyni bultur Boburning o‘zi bastalagan edi. Humoyun buni ham izlab topibdi-da! Yoki murabbiylari unga ataylab otasi yozgan she’rlarni yodlatib, otasi bastalagan kuyni o‘rgatib, shu yo‘l bilan podshohdan tahsin eshit- moqchimikinlar? Murabbiylarda shunday bir xushomad bo‘lganda ham Humoyunning o‘zi kuyni samimiy ixlos bilan chalayotgani bilinib turardi. Bola o‘zining boyagi so‘zini — otasining ijodidan ibrat olishga havasi zo‘rligini hozir chindan isbot qilmoqda edi. Bobur o‘g‘li chalayotgan go‘zal kuyga quloq solib turib, ko‘ngli zavqli tuyg‘ularga to‘lib ketdi. Endi o‘zining hayoti ham unga eng yorug‘ va tiniq tomonlari bilan ko‘rina boshladi. Axir u ham bir vaqtlar Humoyun kabi beg‘ubor, musaffo yoshlik damlarini boshdan kechirmaganmidi? Uning hayoti ham tiniq bir buloq bo‘lib oqmaganmidi? Keyin bu buloqning ustiga jarlar qulab, uni loyqalatdi. Lekin hali bu buloq qurigan emas, uning obihayoti Humoyunning qalbini ham obod qilgani mana hozir bilinib turibdi. Bobur o‘zi bilan o‘g‘lining orasida ajib bir bog‘lanish borligini bugun birinchi marta aniq sezdi. Otaning hayoti o‘g‘lining hayotida aynan takrorlanmasa ham, lekin yangi bir tarzda davom etishi mumkinligiga, agar o‘g‘il astoydil otaga sodiq bo‘lsa, unga tortsa, otaning umri o‘g‘ilning umriga ulanib ketishiga Boburning endi ko‘zi yetdi. Shunday bo‘lgach, Humoyunni atkasi, onasi va murabbiylari Boburga ixlosmand qilib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling