Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
241 otining jilovini tez qo‘lga olayotib, uchinchi otning yuganidan tutgan navkariga: — Mahkam ushlang! — dedi. So‘ng tagidagi otni narigisiga jips keltirdi-yu, ikkinchi egardan uchinchisiga sakrab o‘tdi. Shirakayf beklar davrasidan: — Ofarin! Tasanno! — degan xitoblar eshitildi. Humoyun hansirab otdan tushdi-da, otasi tomonga kela boshladi. Bobur o‘zining o‘smirlik paytida Andijon chorbog‘ida egardan-egarga sakrab o‘tolmay oyog‘i yerga tapillab tushganini esladi-yu: — Tangrim Humoyunni yomon ko‘zdan asrasin, — dedi. — Chavandozlikda bizdan o‘tadigan ko‘rinadir. — Hazratim, mirzo Humoyun har ishda sizdan ibrat olishga intilurlar, — dedi Qosimbek. Bobur o‘ng‘aysizlanib bosh chayqadi: — Mening shahzodaga ibrat bo‘lgudek holim yo‘q. Humoyun otasining ma’yus yuziga taajjub bilan tikildi. — Nechun, hazratim! Atkam menga barcha janglaringizni aytib berdilar. Rustamu Suhroblar ham, Go‘ro‘g‘liyu Alpomishlar ham sizchalik ko‘p jang ko‘rgan bo‘lmasalar kerak! — Jang hisob emas, amirzodam, jangning natijasi hisob, — dedi Bobur o‘zining mag‘lubiyatlarini eslab. Lekin Humoyun uchun eng muhimi — otasining mislsiz dahshatlarga duch kelib, barcha o‘limlarni yengib o‘ta olgani va hamma qirg‘inlardan omon chiqqani edi. Boburga astoydil ixlos qo‘ygan Qosimbek: «Hazratimga duo ketgan, u kishini o‘q olmaydi, tig‘ kesmaydi», derdi va bu sodda e’tiqodini Humoyunning qalbiga ham singdirgan edi. Humoyun otasining Kobul bilan Hirot oralig‘idagi baland tog‘lardan odam zoti o‘tolmaydigan qahraton qish kunlarida yurak yutib o‘tganini, ko‘pchilik bek va navkarlar holdan ketib, otlar ham yurolmaydigan bo‘lib qolgan paytlarda Bobur o‘zi oldinga chiqib, ko‘kragigacha qorga botib, hammaga yo‘l ochib borganini, o‘shanda uning qulog‘ini sovuq olib, yuzi ko‘mirday qorayib, tanib bo‘lmas ahvolga kelganini Qosimbekdan yaqinda eshitgan edi. Humoyun o‘sha paytlarda bo‘lgan bir g‘alati hodisani otasidan tasdiqlatib olgisi keldi: — Hazratim, Kobul chorbog‘ida Do‘st degan bir pahlavon navkar sizni tanimay qilich bilan chopgani rostmi? — Rost. Keyin tanib qolib, qilichini tashlab qochdi. Shukrki, hech shikast yetmadi. Bo‘lmasa Do‘st pahlavon tig‘ urgan odam hargiz tirik qolmagay edi. — Xudoning qudratini qarang-a! — dedi eshik og‘a Muhammad Do‘lday xushomad ohangi bilan. Humoyun uning kayfdan qizarib, ko‘pchib turgan yuziga noxush nazar tashladi-yu, yana otasiga yuzlandi. U faqat otasi bilan gaplashishni istardi. Bobur to‘g‘risida Qosimbekdan va boshqa odamlardan shuncha g‘aroyib hikoyalar eshitib o‘sgan bola endi uning o‘zi bilan yurakdan yaqinlashishni istardi. Lekin Bobur doim davlat ishiyu yozish-chizish bilan band bo‘lar, bo‘sh qolganda beklari chog‘ir majlisini boshlashar, Humoyunga esa ular hali hamsuhbat bo‘lolmaydigan yosh bola deb qarashar edi. Biroq Humoyunda otasi bilan suhbatlashish ishtiyoqi kun sayin ortib bormoqda edi. — Hazratim, bultur Sind daryosining bo‘yida yo‘lbars bilan olishgan ekansiz... — Qaydan bildingiz? — Hazratimning xonai xoslarida yo‘lbars terisini ko‘rdim. Bobur orqasida turgan beklarga ishora qildi: — Yo‘lbarsni biz ko‘plashib yengganmiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling