Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
249 etaversa? Axir bir men emas, o‘nlab zakovatli olimlar, hunarpeshalar, shoirlar jaholat dovuli bilan Movarounnahru Xurosondan quvilmishlar. Ilgari qora kuchlar bizni Andijondan quvsalar, Samarqanddan panoh topar edik. Samarqand johillari kun bermasalar Hirotdan najot izlar edik. Endi Andijonu Samarqand ham, Buxoroyu Hirot ham — barchasi ko‘chmanchi sultonlaru diniy adovatlar dovulidan zir titramoqda. Dovul uchirgan xazonday vatanidan quvilgan qancha ma’rifatlik olimu san’atkorlar, qancha nodir iste’dodlar behuda hayf bo‘lib ketmoqdalar. Bizning vatandan ayrilishimiz — daryoning o‘zanini yo‘qotib, dashtu biyobonga toshib chiqib ketishiga o‘xshaydir. Amudaryo bir vaqtlar shu kuyga tushgan ekanu to o‘ziga yangi yo‘l solib, boshqa bir dengizga borib qo‘yilguncha u yoqdan-bu yoqqa bosh urib, toshib yurgan ekan. Biz ham umr bo‘yi u yoqdan-bu yoqqa bosh urib munosib o‘zanimizni topolmaymiz. Endi bu kajraftor falak hech bo‘lmasa farzandlarimizga rahm qilsin! Biz bo‘lmasak, bular o‘zlariga munosib o‘zan chopib, yangi bir madaniyat dengiziga borib quyilsinlar! Umr bo‘yi o‘z ijodiy rejalarini amalga oshirolmay kuyib yurgan iste’dodning bu alamli nidosi Xonzoda begimni titratib yubordi. — Mavlono, faqat siz emas, Bobur mirzo ham o‘zanini yo‘qotgan daryodek bezovtalar! — Bilamen, taqdir ul hazratga ham o‘gaylik qilmishdir! — Ammo Bobur mirzo sargardon bo‘lib yurgan iste’dodlar daryosini bir joyga yig‘moqchilar, nasib bo‘lsa, ilmu san’atning yangi bir dengizini barpo qilmoqchilar. — Biz uchun so‘nggi umid hali ham Bobur mirzodirlar. Shuning uchun o‘g‘lim bilan Kobulga keldik. — Qaerga joylashdilaringiz, mavlono? — Jiyanim Tohirbeknikiga tushdik. O‘zi safarda ekan... Ota-bola ikkovlari ham eski kiyim kiyishgan, rang-larini juda oldirib qo‘yishgan. Ularning moddiy jihatdan ham qiynalib yurganlarini sezgan Xonzoda begim yana o‘rnidan turib, ichkari xonaga kirib ketdi. Qabosining cho‘ntagidan kalit olib, tokchada turgan po‘lat sandiqni ochdi. Inisi Bobur mirzo Xonzoda begimga eng nufuzli a’yonlari qatori ulufa tayinlagan edi. Har oyda xazinadan charm hamyonga solingan ming dinor oltin kelib turar edi. Xizmatkorlar begimga berilgan mulkning ekin-tikini bilan tirikchilik o‘tkazishardi. Begimning bir o‘ziga ko‘p pul ketmas, shuning uchun xazinadan kelgan oltin to‘la hamyonlarning anchasi po‘lat sandiqda taxlanib turar edi. Xonzoda begim mavlono Fazliddinning kichikroq bir hovli va ot sotib olishi, kiyim- kechagi, uch-to‘rt oylik tirikchiligi uchun qancha pul ketishini chamalab ko‘rdi-da, ming dinorlik hamyonlaridan ikkitasini oldi. So‘ng ularni boyagi xizmatkorga berib, oltin barkashda ko‘tartirganicha ota-bolaning oldiga qaytib chiqdi. Mavlono Fazliddin hamyonni ko‘rib, xijolat cheka boshladi. Xonzoda begimdan pul olish unga og‘ir edi. — Mavlono, bu hamyonlar Bobur mirzoning xazinalaridan kelmishdir. O‘zlari bo‘lmaganliklari uchun ulufalarini men sizga topshirmoqchimen. Biri — o‘g‘lingiz Aloviddinga. Marhamat! Olingiz! Aloviddin qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, endi birinchi marta og‘iz ochib gapirdi: — Rahmat, hazrat begim, biz sizdan behad minnatdormiz! Uning yoqimli tovushi va so‘zlarni mayin talaffuz qilishi mavlono Fazliddinning yigitlik paytini eslatar edi... Shu tufayli ota-bola ikkovi ham begimga benihoya aziz ko‘rinardi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling