Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
233 * * * Mavlono Fazliddin sarkor bo‘lib, Bog‘i Maydonning ko‘milgan ariqlarini qayta kavlatishda, qurigan daraxtlarni olib tashlab, o‘rniga maysa va gullar o‘stirishda, Chinnixonani ta’mirlab orasta qilishda uncha qiynalmadi — insof bilan haq to‘lansa ishlab charchamaydigan hunarpeshalar, bog‘bon va dehqonlar juda ko‘p edi. Lekin ustalarni rasadxonaga olib borib ishlatish va uch qavatli ulug‘vor doirashakl binoning nuragan, buzilgan joylarini ta’mir etish benihoya mushkul bo‘ldi. Tepadan yer qa’riga tushib ketgan yarim doira shaklidagi zinapoyalarga yaqin borgan ustalar xuddi hozir jahannam qa’riga qulab tushadigandek qo‘rqa boshlardi. Dindorlar rasadxonani: «Do‘zaxiylar makoni, kim unga kirsa jin chalib, arvoh urib ketadi!» deb, aholining katta bir qismini bunga ishontirib qo‘ygan edilar. Ulug‘bekning vafotidan so‘nggi oltmish yil ichida juda ko‘p maktab va madrasalar bekilgan, savodsiz johil kishilar ko‘payib ketgan, ularga mutaassib shayxlarning ta’sirlari benihoya kuchaygan edi. Shunday bo‘lsa ham mavlono Fazliddin ishsiz yurgan usta va korgarlar*ga yaxshi haq to‘lab, dastlabki kunlari elliktacha odamni rasadxonadagi ta’mir ishlariga olib chiqdi. Ikkinchi-uchinchi qavatning shift va devorlaridagi nuragan joylarini tuzatish uchun havozalar qurildi. Lekin o‘sha kundan boshlab rasadxona atroflarida johil qalandarlar to‘dasi ham ko‘payib ketdi. Ular davra tortib, zikr tushib, «Haq do‘st yo ollo!»ni muttasil takrorlab, choryorlarning ruhiga shak keltirganlarini arvoh urishini she’rga solib, «karomat» qila boshladilar. Bu qalandarlar orasida shayboniyzodalarning josuslari ham bor edi. Ana shu josuslardan biri korgar bo‘lib yollanib, rasadxonaning ichida g‘isht tashib ishlamoqda edi. Bu josus uch-to‘rt kun ta’mirchilar ichida yurib, ularning eng dadili va Bobur mirzoga ixlosmandi, qirq besh yoshlardagi bir koshinkor usta ekanini aniqladi. Xonlar josusi mana shu ustani uchinchi qavatda havoza ustida ishlayotgan paytida kishi bilmas qilib havozadan past-ga itarib yubordi. Uchinchi qavatdan tosh uyumi ustiga boshi bilan qulab tushgan usta o‘sha zahoti jon berdi. Ko‘chalarda zikr tushib yurgan qalandarlar: «Ustani arvoh urdi!», «Xudo g‘azabini ko‘rsatdi!» deb vaysay boshladilar. Bu falokatdan so‘ng qolgan usta va korgarlar rasadxonaga kelmay qo‘yishdi. Mavlono Fazliddin ishga zor bo‘lib yarim och yurgan boshqa usta va korgarlarni yollamoqchi bo‘lsa, nuqul: «Rasadxonada ishlab topilgan pul harom emish! Borgan odamni arvoh urib o‘ldirarmish!» degan vahimali gaplar eshitar, omi odamlar undan balodan qochganday qochar edi... _______________ * K o r g a r — quruvchi ishchi * * * Bo‘stonsaroyning tillakori qabulxonasida Amudaryo bo‘yidagi Urganch va Qorako‘l shaharlaridan xushxabarlar bilan kelgan bek va a’yonlar sharafiga ziyofat berilmoqda edi. Shayboniyzodalardan ko‘p jabr ko‘rgan bu shaharlar ham Boburni o‘zlariga oliy hukmdor deb tan olishgan va qimmatbaho sovg‘alar berib yuborishgan edi. O‘z vaqtida Shayboniyxon Qorako‘l va Urganchni zabt etish uchun oylar davomida jang qilgan, behad ko‘p qon to‘kib ularni olgan edi. Mana endi bu shaharlar jangu jadalsiz elchi yuborib, Bobur tomoniga o‘tganligi unda zo‘r bir iftixor tuyg‘usini uyg‘otdi. Bobur yoshlikdan ko‘ngliga tukkan orzusiga — butun Movarounnahrni birlashtirish, Ulug‘bek davridagi ulkan davlatni qayta tiklashga mana endi muyassar bo‘layotganidan benihoya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling