Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
225 tushuntirurmen. Bu ham kifoya qilmasa, shubhaliroqlarining ketiga ziyrak xufyalardan qo‘yib qo‘yganmen. Agar yana buzuqlik qilsalar, unda tutib keltirurmen, keyin istaganingizcha jazo berursiz! __________________ * I m o m i ya — shia mazhabining rasmiy nomi. 4 Nihoyat, barcha rejalar gaplashilgan tarzda amalga oshdi-yu, Boburning mo‘g‘ullar bilan birgalikda yigirma besh mingdan oshadigan qo‘shini yoz kunlarida Amudaryoning Panj deb ataladigan yuqori oqimidan o‘tib, Ko‘lob orqali Vaxsh vodiysiga yo‘naldi. Shayboniyzodalar Shoh Ismoil qo‘shinining Termiz tomondan kelayotganini, ular Bobur askarlari bilan qo‘shilsa, yengish mushkul bo‘lishini bilar edilar. Shuning uchun ular Ubaydulla Sulton boshliq bir qism qo‘shinlarini Qarshi va Samarqandda qoldirishib, asosiy kuchlarini Hisorga yig‘ib keldilar. Temur Sulton, Jonibek Sulton, Hamza Sulton va Mamat Sulton boshliq o‘ttiz ming otliq qo‘shin cho‘l va vodiylardan chiqib, baland tog‘ oraliqlariga shitob bilan ko‘tarilib kelmoqda edi. Ular Bobur qo‘shinini Vaxsh daryosidan o‘tkazmaslikka intilar edilar. Biroq yuqoridan tez tushib kelayotgan Bobur butun askarlari bilan Vaxsh bo‘yiga dushmanidan ancha oldin yetib bordi va Puli Sangin* degan ko‘prikdan o‘tdi. So‘ng odam oyog‘i tegmagan tik qoyatoshlar va zovlar orasidagi bahaybat daraning dahanasini* va harbiy jihatdan qulay balandliklarni egallab oldi. Pastdan yopirilib chiqib kelgan yov qo‘shini torgina yo‘l bilan daraning ichiga kirishga jur’at etolmay to‘xtadi. Sultonlar ot ustida turib ancha vaqt kengashganlaridan keyin Temur Sulton boshliq o‘n mingtacha askar daraning o‘ng tomoniga o‘tdi-yu, Bobur turgan balandlikka orqadan aylanib kelmoqchi bo‘ldi. Temur Sultonning orqadan chiqib kelib to‘lg‘ama ishlatishini Saripul jangida ko‘rgan Bobur uning niyatini fahmlab qoldi. Darhol Mirzoxon boshliq o‘n ming otliqni yov aylanib o‘tayotgan tomonga jo‘natdi. Aylanib o‘tayotganlardan ko‘ra to‘g‘ridan borayotganlar mo‘ljallangan joyga tezroq yetdilar va balandlikning Vaxsh daryosigacha borib taqaladigan hamma muhim nuqtalarini ishg‘ol qildilar. Vaxsh uchurimli qoyalar orasidan shunday dahshat solib oqar ediki, uning qirg‘og‘ini yoqalab o‘tib bo‘lmas edi. Temur Sulton qarshisidan chiqqan askarlarning safini yorib o‘tmoqchi bo‘lib, peshingacha jang qildi, lekin muxolif tomon yuqoridan tosh yumalatib, o‘q yog‘dirib, ularga yo‘l bermadi. Ochiq cho‘llarda o‘sgan, tekis vodiylarda dadil harakat qiladigan sultonlar hammayog‘i bekik daralar va tik qoyatoshli tog‘lar orasida juda qiynalib qoldilar. Ularning dashtiy otlari ham tog‘da durust chopolmas edi. Ba’zilari tik yonadan tushayotganda tog‘da yurishga mo‘ljallanmagan quyushqon va ayillari uzilib ketar, egalari otlaridan yiqilib tushishar edi. Shunday yiqilib tushganlardan birini tutib olib, Boburning oldiga «til» tariqasida keltirdilar. Bobur «til»ni so‘roq qildirib, shayboniyzodalar orasida ularning eng iste’dodli sarkardasi bo‘lgan Ubaydulla Sulton yo‘qligini, boshqalari durust-roq olishishning epini topolmay, chekinishga ham jur’at etolmay, ikkilanib turganini aniqladi. Bobur yov qo‘shini saflanib turgan pastlikning yaqinida suv yo‘qligini bilar edi. Havo issiq. Kuni bo‘yi yugurib-elib charchagan odamlar va otlar halizamon chanqab, suv qidirishga tushishi muqarrar. Suv esa yov turgan joydan besh-olti chaqirimcha orqada edi. Kech kirib, kun bota boshlaganda Bobur odamlariga: «Bugun endi jang bo‘lmadi, ertani kutamiz», deganday qilib, otidan tushdi. Tepalikda Boburning yonida turgan mingdan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling