Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
291 Bu savol Tohirni shoshirib qo‘ydi. — Siz... podshohsiz, hazratim. Beklar sizning itoa-tingizdalar. — Itoatimda bo‘lib itoat etdirurlar... Bularning shunday girdoblari borki, sal bexabar qolsangiz g‘arq qilib yuborurlar... Men So‘xda sizga aytgan gaplarim esingizdami? — Men u so‘zlaringizni hech vaqt unutmasam kerak... — O‘shanda, siz, umrbod huzuringizdan ketmasmen, degan edingiz-ku! — Hazratim, men u vaqtda sog‘lom yigit edim... Hozir ahvolim bu... — Saroyda mening xilvatxonamga qaraydigan durust odam yo‘q. Shu ishni siz olsangiz. Xilvatxona — Boburning yolg‘iz o‘tirib ijod qiladigan joyi ekanini Tohir bilar, Bobur hayotining eng dilkash tomoni uning ijodida ekanini sezardi. Lekin saroyning murakkab, bo‘g‘iq muhitidan ko‘ngli qolgan Tohir bog‘da, tog‘asining yonida ishlashni istardi. — Hazratim, qulingizni ma’zur tuting. Men bog‘da ishlaymen, deb ahd qilgan edim... — Bog‘da ham xilvatxona bo‘lur, — dedi Bobur. — Qurib bitirilsa unga ham siz qaragaysiz. Ma’qulmi? Endi «yo‘q» deyishning iloji qolmadi. Boburning so‘zini ikki qilib o‘rganmagan Tohir qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi-yu, rozilik berdi. * * * Agra qal’asidagi xilvatxona devoni xos bilan podshoh oshxonasining oralig‘ida edi. Bir oydan beri davom etayotgan yomg‘ir fasli hali-beri tugaydiganga o‘xshamas, ba’zi kunlari besh-o‘n martadan jala quyib o‘tardi. Yog‘in-sochinli kunlarda Bobur ko‘proq Agrada ishlaydi. Xilvatxona — ichma-ich qurilgan uch xonadan iborat. Bu xonalarning mayda-chuyda ishlarini to‘rtta savdar qiladi, lavozimi «oftobachi» deb ataladigan Tohir ularga boshliq. Eng ichki xonada qog‘oz, qalam va Bobur tayinlagan kitoblar turadi. Berigi xonaga dasturxon solinib, Bobur xush ko‘radigan gulob, norinj sharbati, anba mevasi* qayla*, tanbul bargi* va mag‘zi qizil fufal yong‘og‘i qo‘yilgan. Bir kuni Tohir dasturxonga eng toza G‘azni chog‘iridan ham bir ko‘zacha qo‘ydirgan edi, Bobur: — Chog‘ir majlisi xirgohda bo‘ldi, bas, — dedi. Shundan keyin Tohir xilvatxonaga ichkilikni yo‘latmaydigan bo‘ldi. Bobur ichki uyda tuni bilan ishlasa Tohir ham tong otguncha uxlamay, uning tinchini qo‘riqlab chiqar edi. Uning tashqi xonada uyg‘oq o‘tirishini biladigan Bobur goho ichkaridan chiqib kelib, g‘alati savollar berardi: — Badaxshonda archazorlarda nafis bir o‘t bo‘lur edi, esingizdami? Dahkat atrofida, Osmon Yaylovda ham mo‘l edi. Rangi havorang. Men bir daftarga yozib qo‘ygan edim... Kobulda qolganmi? Yo‘q. — Ot yeydimi? — Ha, yaxshi yeydi. Bo‘yi past-past, yerdan to‘p-to‘p bo‘lib chiqur. — Betakamikin? — Ha, ha, betaka ham derlar, lekin asli butaka! Buttalab o‘sgani uchun butaka der ekanlar. Men buning vajhi tasmiyasini* Badaxshonda eshitgan edim. Bobur qidirgan so‘zini topganidan mamnun bo‘lib ichkariga kirib ketdi. U Tohir bilan birga ko‘rgan joylari, birga boshdan kechirgan voqealarining mana shunaqa tafsilotlarini so‘rab, aniqlab olgan kunlari Tohirning ham ko‘ngli ko‘tarilib yurardi. U Boburning o‘z ko‘rgan kechirganlari haqida katta kitob yozayotganini eshitgan edi. Endi Tohir ham shu kitobning yozilishiga bir qadar ishtirok etayotgani uchun «har qalay, bu yerda o‘tgan kunlarim zoe ketmaydiganga o‘xshaydi», deb qo‘yardi. Bir kun tun yarimlaganda Bobur |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling