Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
84 keldi. Hirotga bir marta borib kelgan mavlono Fazliddin notinch o‘lkalardan oylar davomida yurib o‘tiladigan behad mashaqqatli yo‘llarni ko‘z oldiga keltirdi-yu, yuragini g‘am bosdi. Jarohatli qo‘lining og‘rig‘i boya esidan chiqqan ekan, endi bu og‘riq yangi bir kuch bilan qaytib keldi. Mavlono og‘riyotgan bilagini changallab: — Men vatanni qanday tark etay, pirim? — dedi. — Hozir Alisher Navoiy yashab turgan Xuroson ham bizga vatan emasmi, mavlono? — Vatan, albatta... Ammo men... balki qaytib kelolmasmen. Kulbamda kitoblarim, loyihalarim qolgan, Tohir jiyan!.. — Hoziroq qaytib borib, barchasini yashirtirib qo‘yurmen, xotirjam bo‘ling, mulla tog‘a! Mavlono Fazliddin Xonzoda begimni endi umrbod ko‘rolmasligini oldindan sezayotganday yuragi uvushdi. Xo‘ja Abdulla bilan Qutlug‘ Nigor xonim uni Hirotga jo‘natayotganlarining bir sababi, mavlono bilan Xonzoda begim orasidagi nozik munosabat va shunga oid pastu baland gaplar edi. Mavlono Hirotga ketishi bilan Xonzoda begim atrofida bo‘layotgan gaplar tezroq bosilishi mumkin edi. Mavlono shuni o‘yladi-yu: — Mayli, ustod, — dedi. — Men Bobur mirzoning nomlarini pok tutish uchun har ishga tayyormen. Ammo bir iltimos: xonim hazratlariga ayting, yolg‘on ovozalarga ishonmasinlar. Xonzoda begim halolu pokizalikda benazirlar! — Siz ham shundaysiz, mavlono, men bilurmen. Biz bunga ishonmaganimizda, jonimizni garovga qo‘yib, boyagi soqchilarni aldab yurmas edik. Men umrimda shunday ishlar qilurmen, deb hech o‘ylamagan edim. Mana, Tohirbek menga dalda berdi. Ammo yog‘iylarning g‘alamisligi ham kishini majbur qilar ekan! — Sizlar menga yangidan jon ato qildilaringiz, ustod! Endi o‘zingiz ham ehtiyot bo‘ling! Jiyanim, sen ham!.. — Rost, pirim ham Andijondan uzoqroq ketsalar, bexavotir bo‘lur edik! — dedi Tohir. — Hammamiz ketsak, xonimu begimlarga kim madad berur? — dedi Xo‘ja Abdulla. — Sho‘rlik mushtiparlar hozir meni kutib o‘tirgan bo‘lsalar kerak. Osmonning sharq tomonidan bir parchasi xiyol oqarib kelmoqda edi. Mavlono Fazliddin shuni ko‘rib, arqonni beliga bog‘lay boshladi. — Nasib bo‘lsa hali yana ko‘rishurmiz, mulla tog‘a! — Tohir, jiyanim, mening tarhlarim... chizgan suratlarim yo‘qolib ketmasin. Sen harbiy odamsen, asrashing qiyin. Shuning uchun iloji bo‘lsa hammasini Xonzoda begimga bergin. — Bajonidil! — Men bu iltimosingizni Xonzoda begimga ham yetkazurmen! — dedi Xo‘ja Abdulla. Ular quchoqlashib xayrlashdilar. So‘ng mavlononi beliga bog‘langan arqon yordamida o‘n bir gazli devordan pastga tushirdilar. Mavlono tong yorishganda Quvaning yo‘liga chiqib oldi. Ammo qo‘rg‘on ichida qolgan Xo‘ja Abdulla ertasi kuni choshgoh paytida Xakan darvozasining yaqinida turadigan bir muridining hovlisida yashirinib o‘tirganda Ahmad Tanbalning odamlari uni qo‘lga tushirdilar. Chaqarda qo‘li bog‘liq yotgan soqchilar qattiq siquv ostida mavlono Fazliddinni kim ozod qilganini Ahmad Tanbalga aytgan edilar. Ahmad Tanbal Xo‘ja Abdulla tutilgan joyga ot choptirib kelganda ko‘chani odam tutib ketgan edi. Qo‘li orqasiga bog‘langan ko‘ylakchan Xo‘ja Abdulla qurolli navkarlar qurshovida sekin yurib bormoqda edi. Uning oyoqlaridan mador ketgan, rangi o‘chgan. Oq sallasi va ko‘ylagining oqligi o‘siq soqolini odatdagidan qoraroq ko‘rsatar edi. Xaloyiq Ahmad Tanbalga yo‘l berib chetlandi. Xo‘ja Abdullani haydab borayotganlar to‘xtadilar. Ahmad Tanbal ham otini jilovidan tortib to‘xtatdi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling