Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
85 — Ha, aldamchi pir! — dedi. — Bizga shuncha yog‘iyliklar qilganingiz ozmidi, endi soqchilarni aldab, haromi mullochani ham qochiribsiz! — Men bir begunoh hunarpeshani adolatsiz o‘limdan qutqardim, xolos! — Soqchilarga yolg‘on muhrlar ko‘rsatishga uyalmadingizmi, aldamchi pir?! O‘nlab ko‘zlar Xo‘ja Abdullaga tikildi. Agar Xo‘ja Abdulla Tanbaldan qo‘rqib, sarosimaga tushsa, o‘zini yo‘qotib qo‘ysa, gunohi bo‘yniga tushganday ko‘rinishi mumkin edi. Shuni o‘ylab, Xo‘ja Abdulla iloji boricha dadil gapirishga tirishdi: — Men soqchilarga Bobur mirzoning muhrlarini ko‘rsatdim. Chunki Bobur mirzoni Andijonning yagona podshosi deb bilurmen! — Sen, imonsiz, muridlaringni yana aldamoqdasen! Bobur mirzo Samarqandda vafot etgan. Hozir toju taxt Jahongir mirzoniki! — Musulmonlar, bu gapga ishonmang! Alhamdulilloh, Bobur mirzo tiriklar! Andijonga yana kelurlar! — Yolg‘on! Xaloyiq, sizdek muridlarini aldab yurgan, aybini yashirmoq uchun iflos bir haromini bizdan qochirgan bu imonsiz pir toshbo‘ron qilib o‘ldirilishi kerak! Tosh oting bunga! Savobtalab bo‘lsangiz tosh oting! Ahmad Tanbal egar ustidan uloqchilarga o‘xshab pastga engashdi-yu, uzun qo‘li bilan yerdan mushtday bir toshni oldi. So‘ng qaddini tiklab, toshni Xo‘ja Abdullaga qarab otdi. Xo‘ja Abdullaning keng ko‘kragiga «to‘p» etib tekkan tosh oq ko‘ylakda changli iz qoldirib, yerga yumalab tushdi. Og‘riqdan Xo‘ja Abdullaning ko‘zlari yoshlandi, nafasi qaytdi. Navkarlardan ba’zi birlari ham yerga engashib tosh qidirayotganini ko‘rgan Xo‘ja Abdulla nafasi titrab: — Musulmonlar! — dedi va hamon jim turgan xaloyiqqa tikildi. Ularning orasida yigirma besh yoshlardagi gardani yo‘g‘on bir yigitni ko‘rdi-yu, bir vaqtlar yolg‘on ovoza tarqatishda ayblanib o‘ldirilgan mirob Darvesh govni esladi. Bu yigit o‘sha mirobning o‘g‘li edi. Xo‘ja Abdulla o‘shanda yosh Boburga bir og‘iz: «Buni qatl ettirmang!» — desa, ehtimol mirob hali tirik yurar edi. Xo‘ja Abdulla o‘shanda Ahmad Tanbalga o‘xshash bek- larning ko‘ngliga qarab Darvesh govni qutqarib qololmagani endi qalbida armon qo‘zg‘adi. Hozir o‘zi ham o‘sha mirobning ahvoliga tushdi-ku! Nechun o‘shanda loqaydlik qildi? Mirobning o‘g‘li otasining qasdi uchun Xo‘ja Abdullaga tosh otsa, balki haqli bo‘lar!.. Lekin begunoh me’morni qutqarib, o‘zi baloga qolayotgan Xo‘ja Abdullaga hech kim tosh otmadi. — Musulmonlar! — kuyunib takrorladi Xo‘ja Abdulla. — Men adolat yo‘lida jon berishdan qo‘rqmaymen! Adolat kim tomonda — shuni bir o‘ylab ko‘ringlar. Inini og‘aga dushman qilganlar kimlar? Yaxshilarga baxilligi kelib, poyiga bolta urayotganlar kimlar? Bu qora kunlarni boshimizga solganlar kimlar?! — Sen o‘zing! — deb qichqirdi Ahmad Tanbal. — Men Bobur mirzoga kichikligidan ilm o‘rgatdim, lison o‘rgatdim, men uni odil podshoh bo‘lishga undadim, Movarounnahr yana birlashsinu yurt ichki urushlardan qutulsin, dedim. Bobur mirzo mardona ishlar qilib, Samarqand bilan Andijonni birlashtirganda men ezgu orzularimga yetganday suyungan edim. Hayhot, mamlakat yana parchalandi. Yurt vayron bo‘ldi! Xaloyiq, agar meni o‘ldirish bilan mushkulingiz oson bo‘lsa, mayli, o‘ldiring! — Toshbo‘ron qiling! — buyurdi Ahmad Tanbal xaloyiqqa. Odamlar to‘pining orqarog‘idan yig‘lamsiragan tovush eshitildi: — Shayxulislom fatvo bermaguncha toshbo‘ron qilishga haqqimiz yo‘q! Keksa bir kishi: — Pirning qarg‘ishidan qo‘rqamiz! — dedi. Navkarlar ham qo‘llaridagi toshlarini Xo‘ja Abdullaga otishga jur’at etolmay, Ahmad |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling