Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
86 Tanbalga qaradilar. Ahmad Tanbal yuzboshiga buyurdi: — Unday bo‘lsa, qilichingni ol, kallasini kes! Bo‘yniga tig‘ ur! Barzangiday qop-qora o‘rta yashar yuzboshi kumush sopli qilichini qinidan imillabroq sug‘urdi. Xo‘ja Abdulla unga tikilib, past tovush bilan dedi: — Mirbadalbek, hushyor bo‘ling, mening qonim yetti pushtingizga sachraydi! Xaloyiq orasidan qo‘rquv aralash nido eshitildi: — Pirning qoni tutadi hammamizni! Yuzboshining qo‘lidagi qilichi qaltiray boshladi. U Ahmad Tanbalga qarab yalindi: — O‘tinamen, bu ishdan meni ozod qiling! Ahmad Tanbal unga g‘azab qilib yelkasiga qamchi urdi. — Seni yuzboshilikdan ozod qilurmen, qo‘rqoq! Ahmad Tanbal boshqa navkarlariga buyurdi: — Bu imonsizni darvozaxonaga haydang! Xaloyiq shu yerda qolsin! Kim bizga ergashsa qilich bilan choping! Ayamang! Navkarlarning bir qismi Xo‘ja Abdullani darvozaxonaga haydab ketdi. Qolgan navkarlar xaloyiqning yo‘lini to‘sib, Xo‘ja Abdullaning ketidan borgani qo‘ymadi. Oradan yarim soat o‘tgandan keyin Ahmad Tanbal odamlari bilan arkka tomon ot choptirib qaytib ketdi. Shundan so‘ng darvozaxonaga borgan odamlar Xo‘ja Abdullaning shiftdagi yo‘g‘on to‘singa osib o‘ldirilganini ko‘rdilar. Marhumning oq sallasi oyog‘i tagida chuvalib yotardi, bo‘yi esa tiriklik paytidagidan xiyla uzaygan edi. Odamlar uni dordan sekin tushirib oldilar. Kafan o‘rniga sallasiga o‘rab, shahidlardek ko‘mdilar. _____________ * F a t o r a t — alg‘ov-dalg‘ov. 3 Ustma-ust yoqqan bahor yomg‘irlari yo‘llarini balchiq qilib yuborgan. Andijonda yuz bergan dahshatlar xabarini tezroq Samarqandga yetkazish uchun loy sachratib, ot choptirib borayotgan Tohir endi Quvaga yaqinlashdi. Agar Bobur mirzo tuzalgan bo‘lsa- yu, Andijonga ishonib, Samarqandni tashlab chiqsa, ahvol hozirgidan battar bo‘lishi mumkin. Tohir shuni o‘ylab, tagidagi bedovni qistaydi. Ammo ot qanchalik zo‘r va chopqir bo‘lmasin, tizzaga chiqadigan loy uning yo‘lini bog‘laydi, tinkasini quritadi. Chopib kelayotgan ot balchiqqa yiqilib tushadi-yu, qaytib turolmasdan, burnidan qon kelib, jon beradi. Tohir uni yo‘l ustida qoldirib, egar-yuganlarini oladi-yu, Quvadan boshqa ot topadi. Ammo bir kun yurmasdan bu ot ham holdan ketib yiqiladi. Naryoqda Xo‘jand, Jizzax — yana o‘n kunlik yo‘l... Tohir osmonda uchib borayotgan qushlarga havas va armon bilan qaraydi. * * * Biroq Tohir qush bo‘lib uchganda ham endi Boburni Samarqanddan topolmas edi. Bobur xastalik to‘shagidan turgan zahoti onasi va ustozini qutqarishga shoshilib, Samarqandni allaqachon tashlab chiqqan edi. Unga kelgan axborotlarga binoan, Andijon qamali hali uzoq davom etishi kerak bo‘lib, bir yilga yetarli zaxira bor edi. Shunchalik abgorligi bilan Samarqand yetti oylik qamalga chidaganda o‘n ikki ming qo‘yi bor Andijon qo‘rg‘oni Xo‘ja Abdulladay dovyurak odam rahbarligida hali besh-olti oy «qilt» etmay turishi shubhasiz tuyulardi. Shu tuyg‘u bilan mingga yaqin odamlarning hammasini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling