Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
93 muhridagi «Rosti-rasti», ya’ni «Kuch — adolatdadir» degan so‘zlar qilichning po‘latiga qadama tarzida mustahkam qilib bitilgan edi. Bu qisqa so‘zlarni o‘qiganda negadir Boburning eti jimirlab ketdi, dilida qo‘zg‘algan kuchli bir tug‘yondan entikdi, olmos yozuvni ko‘zlariga surib, o‘pdi. Qilich uncha og‘ir emas edi. Bobur uni beliga taqqanda atrofidagi hamma narsa ko‘ziga boyagidan boshqacha — allanechuk sokin va salobatli ko‘rindi. — Onajon, siz menga yangi bir ruh ato qildingiz! — Bobokaloningizning ruhi sizga madadkor bo‘lsin, o‘g‘lim! Bu qilichni Mironshoh bahodirdan so‘ng otangizning otalari Sulton Abusa’yid bahodir taqqan ekanlar. Inshoolloh, siz ham bobolaringizdek bahodir bo‘lg‘aysiz! — Aytganingiz kelsin! — Xudo rahmati Abusa’yid bobongiz vafot etganlaridan so‘ng qolgan meroslari o‘g‘illari orasida taqsim etilur. Katta o‘g‘illar oltinu javohir to‘la sandiqlarni tala-shib olurlar. Ammo sizning jannatmakon otangiz mana shu sandiqdagi qilich bilan xotirotlar bitilgan daftarlarni afzal ko‘rurlar. Chunki bu xotirotlarda Amir Temur hazratlarining ko‘rgan- kechirganlari bitilmishdir. Xonzoda, qizim, siz o‘qib ko‘rdingiz, shekilli? — Ha, Sohibqiron bobomiz yigitlik paytlarida chingiziylar hukmronligiga qarshi chiqqan ekanlar. El-yurt Samarqandda Temurbekni o‘z hukmdorlari, deb e’lon qilgan ekan. Chingiziylarni yurtimizdan quvmoqchi bo‘lganlar ko‘p ekan. Bundan g‘azablangan Tug‘luq Te-murxon bilan uning o‘g‘li Ilyosxo‘ja Mo‘g‘ulistondan ellik ming qo‘shin bilan kelib, Temurbek tarafdorlarini qirg‘in qilurlar. Temurbekning o‘zi Qoraqum, Qizilqum sahrolarida, Xisoru Badaxshon tog‘larida olti yil quvg‘inda yurib, kuch to‘playdirlar. Bobur bu hodisalar haqida otasidan ham ko‘p maroqli hikoyalar eshitganini esladi. Ayniqsa Temurbekning suyukli yosh xotini O‘ljoy Turkon og‘a bilan eng og‘ir damlarda birga bo‘lgani, goho xotinini otiga mindirib, o‘zi qum sahrosida piyoda yurganlari yosh Boburga kuchli ta’sir qilgan edi. Shuni biladigan Xonzoda begim inisiga mehri toblanib tikildi: — Sizda ham Sohibqiron bobokaloningizdagi jo‘mardlikdan bor, amirzodam! — dedi. — O‘shdagi tajovuzdan meni qutqarganingizni umrbod unutmagaymen! Bo‘lajak kelinimiz Oyisha begimni siz Samar-qanddan yog‘iy asoratidan xalos qilib, bizga xayrixoh Toshkentga kuzatib qo‘yibsiz. Bu ham bir jo‘mardlik emasmi? Yetti oy qamal azobini tortgan samarqandliklarga oshlik tarqatibsiz, urug‘ligi qolmagan dehqonlarga bahorda urug‘lik keltirib beribsiz. Bu hammasi— dilingizda adolat tuyg‘usi kuchli ekanidan dalolatdir. Belingizdagi qilichga Sohibqiron bobokaloningizning «Kuch — adolatdadir» degan hikmatlari bejiz bitilmagan. Ahmad Tanbalning o‘n ming askari bo‘lgani uchun u hozir «Men kuchlimen!» deb yuribdir. Ammo yolg‘onning umri qisqa! Ahmad Tanbal Andijonni aldamchilik bilan egalladi, sizni «o‘ldi» deb ovoza tarqatdi. Siz sog‘-salomat qaytganingizni odamlar hademay bilurlar, Tanbalning yolg‘oni fosh bo‘lur. Uning zolimligidan hamma bezor bo‘ladigan kunlar kelur. — Ana o‘shal kunlar kelguncha sabr-bardoshli bo‘ling, Boburjon, — dedi onasi. — Sohibqiron bobongiz mana shu Xo‘jandga ham necha bor kelganlar. Sirdaryodan necha marta o‘tganlar, vaziyat yetilishini yillar davomida kutganlar, axiyri adolat g‘olib chiqqan kunlarga yetganlar. Siz ham yetursiz, ishoning! — Ishondim, onajon! Siz bilan egachim mening dilimda o‘chib qolgan umid chiroqlarini qayta yondirganday bo‘ldilaringiz. Minba’d men doim Sohibqiron bobokalonimizdan saboq olib ish tutgaymen! Onasi in’om qilgan buyuk meros chindan ham Boburning dilini ravshan qilib yuborgan edi. Ular kelib tushgan bog‘da o‘riklar oppoq bo‘lib gullagani endi uning ko‘ziga tashlandi. Daryo bo‘yidagi qalin chakalakzorda bulbullar basma-bas sayrayotgani |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling