Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- XO‘JAND, MARG‘ILON, ANDIJON AMIR TEMUR SABOQLARI 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
90 Bobur boshini ko‘tardi. Ko‘z yoshidan yuzi nam. Tabib uning yelkasini siladi. — Amirzodam, shukur, onangiz, egachingiz salomat ekanlar. Ko‘p kuyunmang, boshingiz omon bo‘lsa, davlat topilur... O‘zingizni ehtiyot qiling, yana xastalanib qolmang! Bobur darvozaxonaga osilgan ustozini esladi-yu, ko‘ziga yana yosh quyilib keldi: — Pirim, meni kimlarga tashlab ketdingiz? Shunday odamni osib o‘ldirsalar?! Men ustozim uchun qasos olmog‘im kerak! Qasos! O‘rtanib gapirayotgan Boburning tili tutilmayotganidan tabib chol hayratga tushib, unga tikilib qoldi. — Oxirgi nafasim qolguncha olishurmen! Boburning yuzi qahru g‘azabdan bir oqarib, bir qizarib ketayotgan bo‘lsa ham so‘zlari ravon edi. Samarqandda Boburni tildan qoldirgan kasallik — g‘oyat kuchli bir ruhiy larzaning oqibati edi. Endi undan ham kuchliroq ruhiy larza Boburning tilida qolgan duduqlikni birdan yo‘q qilib yubordi. Dushmanlariga qarshi cheksiz bir nafrat va g‘azab unga kuch-quvvat bermoqda edi. — Xoinlar jazosini olur! Chekinish yo‘q! Odamlarni to‘plang! Hammaga ayting! Andijonga borurmiz! Bobur otini keskin burdi-yu, parishon bo‘lib tarqayotgan odamlarga qarab ketdi. XO‘JAND, MARG‘ILON, ANDIJON AMIR TEMUR SABOQLARI 1 Bobur mingan yoldor saman ot egasining iztiroblarini sezganday yugan suvlig‘ini asabiy chaynaydi, jilovni tortib, oldinga uchmoqchi bo‘ladi. Qosimbekning to‘riq qashqasi saman bilan yonma-yon yo‘rg‘alab boradi. Yo‘l Sirdaryoning baland qirg‘og‘idan kunchiqish tomonga qarab ketadi. Bobur tezroq Andijonga borib, ota yurtini Ahmad Tanbal istilosidan xalos qilishga oshiqadi. Qosimbek uni Xo‘jandda to‘xtab, kuch yig‘ishga, vazi- yat yetilishini kutishga undaydi. — Amirzodam, Samarqanddan bemavrid yo‘lga chiqqan ekanmiz. Andijon choparini kutsak bo‘larkan. Endi shoshilmaylik! — Ustozim Xo‘ja Abdullani osib o‘ldirgan Tanbal onam bilan egachimni sog‘ qo‘ygaymi? Ularni kim qutqargay? — Parvardigor o‘zi qutqaribdir. Hazrat onangiz bilan egachingiz Andijondan Qo‘qonga kelibdirlar. — Kim aytdi? — Tohir ularni Qo‘qondan berida yo‘lda ko‘ribdir. Bir kecha Konibodomda tunab, keyin Xo‘jandga borurmiz deyishibdir. — Qo‘qon hali bizga tobe’mi? — Ha, shukur. Xo‘jand ham sizga xayrixoh! Bu xabarlar Boburga xiyol taskin berganday bo‘ldi. Qosimbek so‘zida davom etdi: — Onayizor sizni behad sog‘ingandirlar. Mulozimlar bilan peshvoz chiqib kutib olsangiz qanchalik shod bo‘lg‘aylar. Ungacha men Xo‘jand dorug‘asi bilan so‘zlashib, sizlarga joy hozirlagaymen. Boburning o‘zi ham o‘n oydan beri ko‘rishmagan onasi va egachisining iliq mehrlariga juda tashna edi. Qosimbekning so‘nggi taklifi ma’qul tushib, mulozimlari va ikki yuztacha qo‘riqchi navkarlari bilan Xo‘janddan Konibodom yo‘liga chiqdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling