Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
140 Biroq Shayboniyxonning yig‘iladigan askarlari yig‘ilib bo‘lgan, endi uzoq Turkistondan yangi kuchlar yetib kelolmasligi aniq. Shahrisabzdan kelgan maxfiy xabar xonni iztirobga solib qo‘ydi. O‘sha yoqda Boqi tarxon ikki ming qo‘shin to‘plab, yana mingta askar yig‘ib keyin hammasini Boburga yordam bergani olib kelmoqchi emish. Agar bu qo‘shin ham Boburga kelib qo‘shilsa, Shayboniyxon yengilishi mumkin. Xon urushni tezroq boshlashning chorasini izlab, Bobur qarorgohida munajjimlik qilib yurgan yashirin kishisiga xabar yubordi. «Osmondagi yulduzlarga qarab, Boburni tezroq jang qilishga ko‘ndirsin, agar ishni cho‘zsa, josusligini fosh qilib, boshini kestirgaymen!» deb munajjimga tahdid qildi. Bu munajjim ham shoir Binoiyga o‘xshab, xon qarorgohidan Bobur huzuriga qochib borgan edi. Xon Boburning rahmini keltirish uchun munajjimni Bobur huzuriga qochirishdan oldin kaltaklatib, og‘iz-burnini qon qilgan, kiyimlarini yirttirgan edi. Mavlono Shahobiddin ismli bu munajjim hozir Bobur saroyida izzat-ikromda ekani ham Shayboniyxonga ma’lum edi. Xonning yashirin topshirig‘i qalandar kiyimidagi kishi orqali munajjimga yetkazilgan kuni kechasi Shayboniyxon o‘n ming qo‘shini bilan Bobur o‘rdasiga bostirib bordi, naqoralar, karnaylar chaldirib, istehkom devorlari orqali o‘qlar yog‘dirdi. Otlar xandaqlardan o‘tolmas, ammo xon askarlarining haqoratomuz qichqiriqlari o‘rdada o‘tirgan Boburga va uning odamlariga baralla eshitilardi: — Joning bo‘lsa maydonga chiq! — Qo‘rqoqlar, kurk tovuqday moyak bosib o‘tira berasanmi?! — Boburingda yurak bo‘lsa ulug‘ xonga o‘zini ko‘rsatsin! — Mard bo‘lsa chiqsin maydonga! Himoyada yotgan odamlarga tungi hujum va shovqin-suron og‘ir ta’sir qilishini Shayboniyxon yaxshi bilar edi. Boburning o‘rdasi atrofida uning yuzlab otliqlari urra-ur qilishib, borliqni larzaga keltirishdi, ihota qilingan shox-shabbalarga yonib turgan yoy o‘qlarini otishib, bir-ikki joyini yondirib yuborishdi. Ichkaridan ham o‘qlar otildi, achchiqlangan navkarlarning haqoratlari eshitildi, ammo xon qo‘shini bilan olishish uchun hech kim yurak yutib chiqolmadi. Shayboniyxon Boburning kecha qo‘qqisdan maydonga qo‘shin tortib chiqolmasligini oldindan bilardi, chunki hech bir aqlli-hushli sarkarda bu qorong‘i tunda selday yopirilib kelgan lashkar qarshisiga tayyorgarliksiz betartib otilib chiqmasligi o‘z-o‘zidan ayon edi. Bu tungi shovqin-suron Shayboniyxonga o‘z lashkarining ruhini ko‘tarish uchun kerak edi. U o‘zining hech narsadan qo‘rqmasligini, Bobur esa go‘yo tizzasi qaltirab, istehkomdan beriga chiqolmayotganini har ikki tomonga namoyish qilmoqchi, shu bilan yosh dushmanining iz-zat-nafsini qo‘zg‘atmoqchi edi. Ayni vaqtda, bu tungi hujum — Bobur qarorgohida ish olib borayotgan munajjimni ham dadillashtirishga qaratilgan edi. Chindan ham bu tungi hujum Boburning izzat-nafsiga qattiq tegdi. Munajjim esa osmondagi yulduzlar tartibini murakkab bir tarzda unga tushuntirib: «Hozir sakkiz yulduz siz tomonda rost turur, — dedi.— Yana ikki kun o‘tgach, bu sakkiz yulduz g‘animingiz tomo-niga og‘ib ketgay. Agar erta-indin jangga kirishsangiz, g‘alaba sizniki bo‘lishidan butun falakiyot dalolat bermoqda!» Axiri shu sabablar bir bo‘lib, Bobur Shahrisabz va Toshkentdan keladigan katta ko‘makni kutib o‘ltirmasdan, indin chorshanba kuni jang maydoniga chiqishga qaror berdi. Munajjim buni o‘sha aloqachi qalandar orqali Shayboniyxonga yetkazdirdi. Shayboniyxon chorshanba kuni hayot-mamoti hal bo‘lishini sezib, bor iste’dodini, butun tajribasini ishga sola boshladi. Kuni bo‘yi bo‘lajak jang maydonining har bir pastu baland joyini ko‘zdan kechirib chiqdi, oftob qayoqdan chiqib, shamol qayoqdan esishigacha e’tibor berdi. Kechasi esa otlarni egarlatib, hamma narsani taxt qilib yotishni buyurdi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling