Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
169 qorovul zarda qilib: — To‘xta! Kimsen? — dedi. O‘ronni* ayt! — O‘ron — Andijon. Qorovulning ovozi yumshadi: — Andijon bo‘lsa kelaver. Ovozingdan Tohir chopuqqa o‘xshaysenmi? — Ha, Tohirmen. — Bemahalda yolg‘iz yuribsen? — Meni gapga tutma. Mirzo hazratlariga shoshilinch xabar keltirdim. Tohir qorong‘ida Boburning chodirini tusmollab topdi-yu, otini beriroqdagi qoziqqa bog‘ladi. U avval soqchilarni yoki mulozimlarni uyg‘otmoqchi bo‘lib, chodirning ro‘parasidagi o‘tovga qarab o‘ta boshladi. Shunda chodirning ichi yorug‘ ekanini, eshik o‘rniga tutilgan parda ochilib, Bobur chiqib kelganini ko‘rdi. Tohir Boburning qarshisiga kelib yukundi. Past tovush bilan: — Amirzodam, muntazir qilganim uchun afv eting,— dedi. — Yog‘iylaringizning urushi endi tugadi. Bobur sabrsizlanib so‘radi: — Xushxabar bormi? Nechun yolg‘iz qaytdingiz? Tohir boshini quyi solib, hazin tovush bilan dedi: — Bir qoshiq qonimdan keching, amirzodam!.. Bobur sovuq xabarlar izg‘irinini oldindan sezganday eti uvushdi: — Qani ichkari kiring. Savdarlar uxlab qolgan. Bobur hech kimni uyg‘otgisi kelmadi. Baland, keng chodirning to‘rida to‘rt-beshta sham lipillab yonib turibdi. Bobur sham yorug‘ida Tohirga endi zehn solib qaradi. Chakmonining etaklariga loy sachragan. Ozib ketganidan yelkalari puchayib qolgan, ko‘zlari ichiga o‘pirilib tushgan. Yuzidagi chandig‘i esa bo‘rtib, go‘yo avvalgidan xiyla katta bo‘lib ketgan. Lablari pirpirab, o‘pkasi to‘lib gapirdi: — Amirzodam, Andijon ham Shayboniyxonning ilkiga o‘tdi. Behisob ko‘p odam qirildi. Hamrohim qirg‘inda halok bo‘ldi. Tohir shunchalik charchagan ediki, gavdasi chayqalib, oyoq ustida zo‘rg‘a turar edi. So‘nggi umididan ham ayrilib bo‘shashgan Bobur ko‘rpacha ustiga o‘tib o‘tirdi-yu, Tohirni ham o‘tirishga taklif qildi. Tohir gilam ustiga cho‘kkalab o‘tirgach, Bobur undan voqeaning tafsilotini va Ahmad Tanbal nima bo‘lganini so‘radi. Tohir Andijon yaqinidagi Xo‘ja Katta degan qishloqda boy bir odamga aravakash bo‘lib yollangan, o‘zining kimligini bildirmay butun hodisalarni odamlardan so‘rab bilgan, boyning shahardagi do‘koniga mol olib borganda ko‘p narsani o‘zi ham ko‘rgan edi. Ahmad Tanbal Andijon etagida bo‘lgan jangda shikast yegandan keyin qo‘rg‘onga kirib bekinadi. Qamal boshlanadi. Qo‘rg‘on ichida ochlik, kasallik va nifoq kuchayadi. Bir vaqtlar Samarqandda Boburni tashlab, Ahmad Tanbalga ergashib qochgan bek va navkarlar endi uning o‘zini tashlab, Shayboniyxon tomoniga qochib o‘tadilar. Xonning qo‘shini devorga shoti qo‘yib chiqib, qo‘rg‘onni bosib oladi. Ahmad Tanbal akasi Bek Tilba, ukalari va boshqa odamlari bilan arkka kirib bekinishadi. Biroq arkning atrofida uylar ko‘p, ularga orqadan shoti qo‘yib tomiga chiqish oson. Ahmad Tanbal arkda jon saqlayolmasligini sezadi-yu, Shayboniyxondan shafqat so‘rashga qaror beradi. «Yiqqan barcha oltinlarimni hazrati xonga moli amon tariqasida to‘lamoqchimen, umrbod xizmatlarida bo‘lmoqchimen, qonimdan kechsinlar!» deb arkdan bir mo‘ysafidni vakil qilib chiqaradi. Ammo mo‘ysafid arkka qaytib kelmay yo‘q bo‘ladi. Xon askarlari arkning tomlari ustiga shoti qo‘yib chiqa boshlaydilar. Talvasaga tushgan Ahmad Tanbal aka- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling