Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
171 — Amirzodam, musofirlik g‘ami mening ham yurak-bag‘rimni o‘rtaydi. Bizning Quvalar ham xonning posh-nasi tagida majaqlandi. Agar borsam mendan Fozil tarxonning qasdini olishlari aniq. Biz ham kindik qoni tomgan joydan ayrildik, amirzodam. Musofirlik taqdirimizda bor ekan. So‘xda ham musofirmiz. Hisorga borsak ham, undan nariga ketsak ham shu musofirlik... Yo‘lda kelayotib o‘ylanib keldim. Men sizdan ajralmayman, amirzodam! Tohir butun najotni odil podshohdan izlaydigan dehqontabiat yigit ekanini Bobur bilardi. — Lekin men siz kutgandek odil podshoh bo‘lolmadim! — dedi Bobur. — Kelgusida bo‘lamenmi, yo‘qmi, hali noma’lum... Oraga bir lahza sukunat cho‘mdi. Tashqarida So‘x soyi go‘yo tun sukunatidan fig‘oni chiqib shovullardi. Chodir ichida quvg‘indagi shoh bilan uning oddiy navkari yuzma-yuz o‘ltiribdi. Vatandan ajralish musibati oldida ularning oralaridagi katta farq go‘yo kichrayib, ahamiyatsiz bo‘lib qolgan. Boshlariga tushgan ko‘rgiliklar ularning taqdirlarini bir-biriga o‘xshash qilib qo‘ygan. Shuncha yil jangu jadallarda birga yurib, qanchadan-qancha o‘lim xavflarini birga kechirgan bu ikki yigit bugun birinchi marta sirdoshlarcha ochiq so‘zlashmoqda edilar. Tohir boshqa vaqtda Boburga aytolmaydigan so‘zlarini hozir ko‘ngli yumshab, erib turgan paytda aytdi: — Amirzodam, men bir navkaringiz bo‘lsam ham sizga tug‘ushqonimdek mehr qo‘yganmen. Botirligingizgami, shoirligingizgami, odamgarchiligingizgami, ishqilib, mening... sizga ixlosim zo‘r! Sizning shuncha xavfu xatarlardan omon qolganingiz ham katta davlat! Shu topda Tohir suyukli inisiga mehri toblanib, og‘ir paytda uning ko‘nglini ko‘tarayotgan jonkuyar akaga o‘xshar edi. Darhaqiqat, u Boburdan yetti yosh katta edi. Bobur ham bir lahza shohligini unutib, Tohirga xuddi akasiga qaraganday qaradi: — Meni juda ko‘p xatarlardan siz olib qolgansiz. Men sizdan ko‘rgan yaxshiliklarimning o‘ndan birini ham qaytargan emasmen. Siz menga og‘amdek qadrdonsiz. — Rahmat sizga. — Lekin hozir mening ko‘nglim yer bilan yakson. Taqdir menga iste’dod bergan, kuch bergan, g‘ayrat bergan, ammo nechun baxt bermagan?! — Bu zamonda baxt o‘zi yo‘q, amirzodam! Axir sizdek nodir iste’dodlar dunyoga har kuni kelmaydi-ku! Nodon tojdorlardan qon yig‘lagan elyurtimiz sizdek ma’rifatli sarkardaga mushtoq. Lekin baxil zamona g‘alabani zolim xonga berib, bizni, mana vatanimizdan ham judo qilmoqchi. Ilohim bu baxil zamonaning bog‘lari qurib ketsinu sizu bizning qadrimizga yetadigan yaxshi zamonlar ham kelsin! Endi... amirzodam, bu yerdan tezroq ketish kerak. Hirot ham bizga begona yurt emas. Podshoh Husayn Boyqaro sizning qarindoshingiz. Mening tog‘oyim mavlono Fazliddin ham Hirotda ekan... Bobur Xurosonga ketmay iloji yo‘qligini o‘yladi-yu, oshib o‘tishi kerak bo‘lgan tog‘larni ko‘z oldiga keltirdi. Uzoqdan moviy tusga kirib behad jozibali ko‘rinadigan bu tog‘lar tik dovonlardan, xatarli uchmalardan o‘tishi kerak bo‘lgan odamga qanchalik tund va berahm ko‘rinadi! Hozir Boburning tasavvurida baland cho‘qqilarning asriy qorlari kafanday beharakat va sovuq, o‘limday abadiy bo‘lib gavdalandi. — Xatarli yo‘llarda men o‘z jonimni avval xudoga, so‘ng sizga ishonib topshirmoqchimen. Bugundan boshlab siz mening qo‘rchiboshimsiz. Ichki beklarim qatorida bo‘lursiz. — Inoyatingizdan minnatdormen, amirzodam! — Hozir bu inoyatning sharafidan azobi ko‘proq. Yo‘lda charchagansiz. Borib dam oling. Ertadan safar tayyorligi boshlanur. Tohir ta’zim qilganicha chiqib ketdi. Boburning uyqusi kelmas edi. U yana chodirdan chiqdi. Kunduzgi tuman tarqab ketgan, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling