Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
173 yoshlarini artib, Tohirning kumush kamariga, beklar taqadigan qimmatbaho xanjariga va saqorlot chakmoniga endi razm solib qaradi. Tohirning boshidagi dubulg‘aning tepasida ham beklarga xos kichkina bayroqcha bor edi. — Jiyanim, martabang oshibdimi? — Ha, tog‘a, qo‘rchibegimen. — Muborak bo‘lsin. Ilohim senga yomon beklarning ta’siri urmasin! — Bobur mirzo ham yomon beklaridan bezgandan keyin bittasining o‘rniga meni qo‘ydi... Xo‘sh, o‘zingiz qalaysiz, mulla tog‘a? Kelganimdan beri qidiramen. So‘roqlab- surishtiray desam, tanish-bilish yo‘q. Yoshi qirqqa kirar-kirmas yuziga ajin tushgan mavlono Fazliddin ma’yus tovush bilan dedi: — Yuribmiz... Tuproqdan tashqarida. Xudo bizni omadsiz yaratgan ekan-da, jiyanim. Bu yerga kelib, endi Navoiy hazratlarining marhamatlaridan bahramand bo‘lay deganimda, u zoti oliy vafot etdilar. Katta qurilishlar Husayn Boyqaro zamonida ham uncha-muncha bo‘lib turgan edi. Mana shu yil Husayn Boyqaro ham olamdan o‘tdi. Qurilishlar taqa-taq to‘xtagan. Bizga o‘xshaganlarga yana ish yo‘q! — Unday bo‘lsa, Bobur mirzoga bir uchrang. — Bobur mirzo ham bu yerda mehmon... Meni qabul qiladimi, yo‘qmi? Orada nozik gaplar o‘tgan. Tohir mavlono Fazliddin bilan Xonzoda begim orasida bo‘lgan murakkab voqealarning chet-yoqasini eshitgan edi. — Bo‘lmasa, avval men u kishini xoli topib, siz to‘g‘ringizda gap ochib ko‘raymi, mulla tog‘a? — Mayli, buni keyin yana maslahatlashurmiz. Obbo jiyanim-ey! Men Bobur mirzoning Hirotga kelganlarini eshitganimdan beri «sen ham bormikinsen, yo‘qmikinsen», deb har bir navkarga ko‘z tikib yurgan edim... Qani endi, yur, uyga boraylik! Agar senga mana bu dorivor yaproqlar kerak bo‘lsa, uydan topib beraman. Bizning bog‘chada ham shu daraxtdan bor. — Bog‘chada... bir o‘zingizmisiz yoki uylandingizmi, mulla tog‘a? — Uylanganmiz, jiyan. Navoiy hazratlari maslahat berdilar. U kishida bog‘bon bo‘lgan durust bir odamning qizi bor ekan... — Muborak bo‘lsin! Farzandlar ham bormi? — Ha, bir o‘g‘il, bir qiz. — E, ajoyib-ku! Unday bo‘lsa, men uyingizga to‘yonalar bilan borurmen! — O‘zingni ko‘rganim ming to‘yonadan afzal, jiyan! Qani, yur! Tohir bir necha qadam yurdi-yu, keyin nimanidir eslab, osmonga qaradi. Oftob og‘ib borar edi. — Mulla tog‘a, uyingiz yaqinmi? — Yo‘q, uzoqroq. Shahar chetidagi Nazargoh mahallotida. Nima edi? — Men hozir bir soatdan so‘ng xizmatda bo‘lmog‘im kerak edi. Podshoh buyurgan edi. — Obbo!.. Undoq bo‘lsa... Shu yerda birpas o‘tiraylik. Men sal diydoringga to‘yay! O‘zing qalaysen, jiyanim, uylanganmisen? Tog‘a-jiyan hovuzdan chetroqdagi tosh kursiga borib o‘tirdilar. Tohir Robiyani qanday topganini aytib berdi-yu: — Kobulga kelib bitta o‘g‘ilcha ko‘rdik! — dedi. — Otini Safarbek qo‘ydik. — E, xayriyat! Men bir vaqtlar hamma narsadan umidimni uzgan edim. Seni ham qayta ko‘rolmasmen, deb o‘ylagan edim. Bosh omon bo‘lsa, hammasi o‘tar ekan... Sen bilan biz-ku, qutulib keldik-a! Andijondagilarning ahvoli ne bo‘ldi? — Buni so‘ramang, mulla tog‘a! Shayboniyxonning qirg‘ini kechalari tushimga kirsa, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling