Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
HIROT, MARV PAYMONASI TO‘LGANLAR
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
HIROT, MARV
PAYMONASI TO‘LGANLAR 1 Hirot atroflarida qish osoyishta o‘tdi-yu, avji bahor kunlarida Shayboniyxon ellik ming qo‘shin bilan Murg‘ob daryosidan o‘tib, Xurosonga bostirib kirdi. Badiuzzamon mirzo bilan Muzaffar mirzo Hirotning shimolida Qorarabot va Tarnob degan joylarda ikki bo‘lak qo‘shin, ikki alohida sarkarda bilan lanj bir ahvolda o‘tirgan edilar. Shayboniyxonning Ubaydulla Sulton va Temur Sulton boshliq otliq askarlari bu ikki qo‘shinning orasiga tig‘day yorib kirdi-yu, kuchli bir zarba bilan ikki podshohni ikki tomonga uloqtirib tashladi. Mirzolar ko‘pchilik bek va navkarlari bilan tumtaraqay bo‘lib qochdilar. Faqat Zunnunbek arg‘un o‘zining Hizabrulla bo‘lishiga va Shayboniyxonning qilichini sindirishiga hali ham ishongani uchun bir necha yuz navkarini xon qo‘shini qarshisiga boshlab chiqib, oxirgi nafasi qolguncha olishdi. Ubaydulla Sultonning otliqlari hayal o‘tmay uni egardan urib tushirdilar, boshini kesib nayzaga sanchdilaru Shayboniyxon mingan otning oyog‘i tagiga eltib tashladilar. Jang maydonidan halloslab qochgan Badiuzzamon mirzo Hirotga hammadan oldin yetib keldi, ammo shahar ichiga kirmadi. Bog‘i Jahonoroda bir necha soat to‘xtab, otlariga dam berdi-yu, oltin-kumush va javohirlaridan ko‘targanicha oldi. Uning xotin-bolalari shahar ichida — arkda edi. Orqadan quvib kelayotgan yov tahlikasidan qo‘rqqan Badiuzzamon mirzo shahar dorug‘asini chaqirib, qal’a darvozalarini bekitib olishni buyurdi. «Qamalda qolishdan qo‘rqmanglar, biz Qandahor tomondan qo‘shin to‘plab kelib, sizlarni xalos qilurmiz», degan quruq va’da bilan xotinlari va bolalarini qo‘rg‘on ichida qoldirib o‘zi janubga qarab shoshildi. Hirotga kechasi yetib kelgan Muzaffar mirzo hatto yengilish va qochishda ham akasi bilan musobaqalashgan kabi ish qildi. U ham shahar tashqarisidagi Bog‘i Safidda bir necha soat to‘xtab, nafasini rostlagach, eng kerakli narsalarini oldi-yu, yov yetib kelib qolishidan qo‘rqib, arkka kirmadi, onasi va xotinlarini qal’a ichida qoldirib, darvozalarni bekitishni buyurdi, u ham Qamalda qolsalaring o‘zim kelib qutqaramen!» deganicha Astrobodga qarab qochdi. Mirzolarni kutganidan ham oson yenggan Shayboniyxon shahardan o‘n besh chaqirimcha sharqdagi Qahdiston degan xushhavo o‘tloqqa tushib, shohona chodirlarini tikdirdi. Xadicha begim Hirotda bor a’yonlar va qo‘riqchi askar sarkardalarni to‘plab, qo‘rg‘on darvozalarini bekitishga urinib ko‘rdi. Ammo ikki og‘a-ini podshodan birontasi Hirot mudofaasiga bosh bo‘lmasdan qochib ketganligi hammaning ruhiga yomon ta’sir qilgan, qamal azobini hech kim zimmasiga olishni istamas edi. Xonning g‘azabiga qolmaslik uchun Hirotni unga jangsiz topshirishni ma’qul ko‘ruvchilar ko‘p edi. Axiri Hirot shayxulislomi Taftazani bir necha nufuzli kishilarni yoniga olib, Hirot shahrining kalitlarini qimmatbaho sovg‘a-salomlar bilan birga xonga eltib topshirdi. Qahdistonning orombaxsh bahor havosida ulkan g‘alabadan ta’bi ochilib yurgan Shayboniyxon endi jozibali bir ayol bilan qovushgisi kelar edi. U Hirotning eng ta’rifi ketgan go‘zal juvoni — Muzaffar mirzoning yigirma yoshlik suyukli xotini Qorako‘z begim deb eshitgan edi. Toshkentda va Andijonda Qorako‘z begim deb ot chiqargan qiz- juvonlar qanchalik chiroylik bo‘lganini xon yaxshi bilar edi. Hirotlik Qorako‘z begimning asl nomi boshqa bo‘lsa ham qora ko‘zli go‘zallar orasida eng chiroylisi bo‘lgani uchun el |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling