Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
200 oliy tabaqa ayollari «g‘alvira» deb ot qo‘ygan sho‘x bir qiliq qiladi. Bu bilan u ellik olti yoshlik xonni qoyil qilmoqchi, balki uning ilhomini oshirmoqchi bo‘ladi. Biroq ko‘p marta uylangan, qancha qiz-juvonlar bilan bir yostiqqa bosh qo‘ygan xon umrida bunday qiliqlarni ko‘rmagan ekan. U avval sarosimaga tushadi, keyin Qorako‘z begimning avvalgi yosh erini eslaydi. Begim bunday qiliqlarni avvalgi eriga ham qilganlarini ko‘z oldiga keltiradi-yu, hafsalasi birdan pir bo‘ladi va so‘kinib o‘rnidan turib ketadi. Begim bu sho‘xlikni xonga yoqish uchungina qilganini, Hirot asilzodalari orasida bu joiz ekanini kanizlar haram bekasiga tushuntirdilar. Begimga rahmi kelgan haram bekasi xonning oldiga chiqib, uni jahlidan tushirishga tirishdi: — Hazratim, ayb faqat bu begimda emas! Ayb unga shu qiliqni o‘rgatganlarda! Hirotda behayolar ko‘p ekan. — Bu shahar — dindan qaytgan rofiziylar* uyasi!— dedi xon ham endi g‘azabini boshqa tomonga yo‘naltirib. — Bu juvonning qaynonasi Xadicha begim — bezbetlarning eng kattasi! Eng avval o‘shani tutib jazosini berish kerak. Shayboniyxon xobgohga qaytib kirmadi. Qorako‘z begimni tavfiq va hayo yo‘liga qaytarishni haram bekasi bilan habash qullarga topshirdi-yu, o‘zi borgohga joy soldirib yotdi. Ammo tong otguncha uxlay olmadi. Ertalab azonda borgohdan hirgohga o‘tdi-yu, lashkarboshilardan Ubaydulla Sultonni, mulozimlardan Muhammad Solihni, mavlono Binoiyni va Mansur baxshini chaqirtirdi. Eng avval jiyani Ubaydulla Sultonni so‘roqqa tutdi: — Ixtiyoriddin qal’asi olindimi, yo‘qmi? — Xon hazratlari, bugun-erta oling‘usidir! — Bitta buzuq xotin bekitib yotgan qal’ani shuncha lashkar bilan haligacha ololmaysan! Yo o‘zim borib olaymi? Xonga kechasi bir balo bo‘lganini hamma sezdi. Yigirma yoshli devqomat Ubaydulla Sulton ulkan gavdasini egib, xonga ikki bukilib ta’zim qildi: — Hazratim, qal’ani shu bugun olamiz. Hozir men o‘zim borib hamla qilamen! — Hamla qilamen deb, lashkaring dehqonlarning ekinini toptab ketibdi. Biz Hirotga mehmon bo‘lib kelganimiz yo‘q. Dehqonning hosili o‘zimizga kerak! Bog‘larni ham ot bosmasin! Mevasini o‘zing yeysan! Sen temuriyzodalarning urug‘ini qurit! O‘shalarga xizmat qilib quturgan shialarni bos! — Barcha aytganlaringizni bajo keltiramiz, hazratim! Ubaydulla Sulton ketishga chog‘landi. Shunda Shayboniyxon: — Agar qal’ani bugun oladigan bo‘lsang, Mansur baxshini ham olib ket! — dedi. — Bu baxshi yana bo‘ydoq yuribdi. Bunga xotin chidamaydi. Xadicha begim shunga o‘xshagan zo‘r bir er topolmay yurgan emish. Qal’a-ni olsang, o‘sha xotinni Mansur baxshiga nikohlab berasan! Semirib, avvalgidan battar yo‘g‘onlashib ketgan o‘tovday katta Mansur baxshi: — Aynalayin sizdan, xon hazratlari! — dedi. — Samarqandda nikohlab bergan Zuhra begimingiz o‘lgandan beri so‘qqaboshlik jonimga tegib yurgan edi! — Lekin sen baxshi hadeb nafsingni o‘ylay berma!— dedi xon. — Hirotning eng katta boyliklari Xadicha begimning qo‘lida. Menga axboroti kelgan, bu xotin oltindan gul yasatgan emish, barglari zumraddan emish. Gulga qo‘nib turgan bulbulning og‘zida gavhari bor emish. — Xon hazratlari, bunisini men sizga toptirib beraman! — dedi Mansur baxshi. — Xazinasi ham sizniki! Menga o‘zi bo‘lsa bas! Bu sho‘x gaplardan keyin Shayboniyxonning chehrasi sal ochildi-yu, Ubaydulla Sulton bilan Mansur baxshiga ketish uchun ruxsat berdi. Muhammad Solih bilan mavlono Binoiy xon qarshisida hamon qo‘l qovushtirib, oyoq ustida sukut saqlab turishardi. Qizil kimxob |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling