Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
202 allomalaridan oltin undirishning boshqa bir yo‘lini o‘ylab topdi. Hirot atroflaridan g‘oliblarning qo‘liga tushgan o‘ljalar orasida suruv-suruv qo‘ylar ham bor edi. Mulla Abdurahim shu qo‘ylardan oltmishtasini Hirotning Qipchoq darvozasi tashqarisidagi bozorga haydab tushishni xizmatkorlariga buyurdi. So‘ng shaharga bir to‘p navkar yuborib, temu-riylar davrida mashhur bo‘lgan Xondamirni, Boburga yaqinligi bilan tanilgan mavlono Fazliddinni, Husayn Boyqaroga atab she’rlar yozgan «ko‘ksa» laqablik shoir Sulton Muhammadni, yana shularga o‘xshash besh-olti kishini qo‘y bozoriga majburan olib keltirdi. Keyin mulla Abdurahimning o‘zi ham bir to‘p mulozimlari bilan bozorga o‘ynoqi bir arg‘umoqni minib kirib keldi. Mulozimlardan biri piyoda qo‘l qovushtirib turgan Xondamirga va uning hamrohlariga shunday dedi: — Sudurlar sadri Nizomiddin Abdurahim hazratlari o‘zlarining bu qo‘ylarini faqat sizlarga sotmoqchilar! Xondamir sheriklariga: «Shu bilan qutulsak koshki!» deganday qilib qaradi-yu, keyin sudurlar sadriga ta’zim qildi: — Bajonidil olurmiz. Narxini aytsinlar. Mulozim ovoziga tantanali tus berib dedi: — Bu qo‘ylar — sudurlar sadrining nafasi tekkan tabarruk qo‘ylardir. Sizlar temuriylar xizmatida haromxo‘rlikka o‘rganib, buzilib ketgan odamsizlar. Bu qo‘ylarni so‘yib yeb halqumlaringni poklashlaring kerak. Shuning uchun qo‘ylardan har birining narxi olti yuz dinor! Olti yuz dinorga bitta emas, yetti-sakkizta qo‘y olish mumkin edi. Biroq qo‘ylarni sudurlar sadri aytgan narxda olmaslik — uning g‘azabiga uchrash va shafqatsiz jazoga giriftor bo‘lish demak edi. Puldan qiynalibroq yurgan mavlono Fazliddin bezovtalanib so‘radi: — Janoblar, yaqinda moli omon ham to‘lagan edik-ku? Shoir Muhammad Sulton istehzoli kulimsiradi: — Mavlono, bu noyob qo‘ylarga hazratimizning muborak nazarlari tushgan ekan. Shuning uchun endi bu moli omon emas, balki moli imondir! Mulla Abdurahim istehzoni payqab qahri keldi va navkarlariga buyurdi: — Bularning har biriga qo‘ylardan o‘nta-o‘nta qo‘shaloqlab beringlar! Bularni temuriylarning oltini quturtirgan! Hammasining dimog‘i juda baland! Bularni osmondan yerga tushirib qo‘yish kerak. Qo‘ylarni uylarigacha o‘zlari haydab ketsin! Hech kim haydashmasin! Uylarigacha kuzatib borib, pulini undirib kelinglar. Qaysi biri buyruqni bajarmasa, molu mulkini musodara qilib, o‘zini zindonga tashlanglar! Navkarlar buyruqni bajarishga kirishdilar. Hirotda ko‘pchilik taniydigan shoir, olim va me’mor issiq kunda halpillab, sertuproq, serchang ko‘chalardan qo‘y haydab ketdilar. Keyin bu «tabarruk» qo‘ylarning pulini qarz havola qilib bo‘lsa ham, to‘lab qutuldilar. 2 Ubaydulla Sultonning bir yarim ming navkari o‘n kundan beri Ixtiyoriddin qal’asining atrofida g‘ivirlar, ammo o‘q ham, shoti ham yetmaydigan balandlikdagi qal’ani olishning hech ilojini topolmas edi. Temir darvozalarga to‘pdan o‘q otib ko‘rishdi, bo‘lmadi. Keyin yer tagidan g‘or qazishga tushishdi. Shuni hisobga olmaganda, Hirot hozir bir qadar tinchib bormoqda edi. Musodara qilinadigan xazinalar bo‘shab qolgan, talanadigan molu mulklar talanib bo‘lgan edi. Shayboniyxon Qahdistondan Bog‘i Jahonoroga ko‘chib kelib, Hirotning mashhur |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling