Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
204 qo‘ng‘ir bo‘yoqqa botirib qo‘yilgan mo‘yqalamni oldi. U Buxoroda madrasada o‘qib yurgan paytlarida surat chizishni ham ancha mashq qilgan, mo‘yqalam tutishni sal-pal bilar edi. Behzod chizgan suratda Shayboniyxonning soqol-mo‘ylovi haddan tash-qari qisqa va siyrak ko‘rsatilgan, xonning nazarida, tasvir shuning uchun jo‘nlashib ketganga o‘xshardi. — Soqolni durustroq chizmoq kerak! — deb Shayboniyxon o‘zining suratida — quloq yaqinida juda siyrak ko‘rsatilgan soqolni bir oz qalinlashtirmoqchi bo‘ldi. Ammo mo‘yqalamda bo‘yoq ko‘proq ekan, quloq oldidagi soqol birdan kigizday qalinlashib ketdi. Behzod sog‘ tishi sug‘urib olinayotgan odamday: — Ih! — dedi. Ammo Muhammad Solih Behzodning bilagini ma’nodor qilib qisdi-yu: — O! O! Hazratim mo‘yqalam tekkizishlari bilan suratga yana fayz kirdi! — dedi. U Behzodni falokatdan faqat xonni maqtab qutqarish mumkin ekanligini sezib shunday demoqda edi, buni Behzodga ham sezdirgisi kelib: — Mavlono, tarixiy bir hodisa yuz berdi! — dedi.— Siz chizgan suratga imomi zamon, Iskandari soniy o‘z muborak qo‘llarini tekkizdilar! Buni odamlar asrlar davomida bir- birlariga aytib yurgaylar! Behzod xonning qilgan ishini — san’atkorga ahmoqona xo‘jayinlik qilishning namunasi deb bilmoqda edi. «Shu ma’noda chindan ham buni tarix unutmas, odamlar bir-birlariga kulib aytib yururlar», degan fikr Behzodning xayoliga endi keldi. Muhammad Solih rasm- dagi ramziy ma’noni allaqachon payqaganini, endi xondan baloga qolmaslik uchun ataylab shu gaplarni aytayotganini Behzod tushundi-yu, ichki bir istehzo bilan xonga ta’zim qildi: — Qulingiz chizgan suratga xalifai zamonamizning nazarlari tushganidan boshim ko‘kka yetdi! — Barakalla! — deb xon uni endi maqtadi. Xonning qo‘li bilan chaplangan soqol quloq yaqiniga yopishtirib qo‘yilgan po‘stak parchasiga o‘xshar edi. Behzod ichida: «Battar bo‘lsin!» dedi-yu, xon bu soqolni qanday xunuk chaplagan bo‘lsa, shundayligicha qoldirdi. 3 Xadicha begim kirib bekingan Ixtiyoriddin qal’asi Ubaydulla Sultonni o‘n yetti kun ovora qildi. Nihoyat, qal’a devorining otbozoriga tutashgan nochorroq bir joyini tagidan kavlab, naqb solib* buzib kirdilar. Qal’ani mudofaa qilib turgan ellik-oltmish yigit bitta qolmay qirib tashlandi. Qo‘lga tushgan qiz-juvonlar g‘olib qo‘shinning bek va navkarlariga ulashildi. Xadicha begimning o‘zi haramning ichma-ich eshiklarini orqasidan tambalatib, eng to‘rdagi bir xonaga kirdi-yu, yonida qolgan kanizlarga buyurdi: — Tantanali marosimlarda kiyadigan kiyimlarimni keltiring! Ubaydulla Sultonning navkarlari haramning ichida tambalangan eshiklarini buzib kirgunlaricha Xadicha begim katta gavhar qadalgan binafsharang toqisini boshiga kiyib, yasanib, oxirgi eshikdan o‘zi chiqib keldi. Oltin aralash ipakdan to‘qilgan qabosi ko‘zni qamashtirar edi. Qaddini tik tutib kelayotgan barvasta ayol malikalarga xos ulug‘vorlik bilan shoshilmay eshikdan chiqar ekan, qilich yalang‘ochlagan, hansiragan navkarlarni uning salobati bosdi. Xadicha begim boshini mag‘rur tutib yaqin kelganda navkarlar beixtiyor o‘zlarini chetga olib, unga yo‘l berdilar. Begim ularning sarkardasini so‘radi. Navkarlar uni hovlida otliq turgan Ubaydulla Sultonning oldiga boshlab chiqdilar. Hamon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling