Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
206 — Voh! — dedi musibatli tovush bilan. — Eng ishongan odamlarim ham menga xiyonat qilmishlar. Gulni o‘g‘irlab ketmishlar! So‘nggi najotimni ham o‘g‘irlatibmen! Oh! — Sen oh-voh deb, Husayn Boyqaroni aldab o‘rgangansen. Lekin meni alday olmaysen. Top gulni! Qani, qaerga yashirgansen? — Mana shu chetki sandiqda edi... — Yolg‘on! Sen uni boshqa joyga yashirgansen! Ko‘rsat o‘sha joyni! Mansur baxshi Xadicha begimni zinapoyadan yuqoriga sardoba bo‘yiga olib chiqdi. — Meni alday olmaysen! Ko‘rsat! — Men sizni aldaganim yo‘q? O‘zim aldandim! Mening paymonam to‘lgani rost ekan. Meni o‘g‘lim aldab ketdi! Muzaffar mirzoni deb men nimalar qilmagan edim! Oqibati shu bo‘ldi! Meni bu qiynoqlarga o‘g‘lim tashlab ketdi! O‘g‘lim!!! — Lekin sen oltin gulni o‘g‘lingga ham bermagansen! Uni o‘zing yashirgansen! Xon hazratlari menga aytdilar. «Gavhar donasini tishlab turgan bulbuli bor», dedilar. Men bu gulni oltin bulbuli bilan xonga peshkash qilamen deb so‘z berganmen. Top hozir! — O‘g‘irlatgan bo‘lsam qanday topay?! — Topmaysenmi hali? Topmaysenmi?! Mana topmasang! Devday zo‘r Mansur baxshining bir zarbi bilan Xadicha begim suvi muzday sardobaga shaloplab qulab tushdi. Mansur baxshi uni sochidan tortib chiqarib oldi-yu, haramga tomon sudrab ketdi. Bu qiynoqlar uch kun davom etdi, ammo oltin gul topilmadi. Xadicha begimning joni qattiq ekan, tirik qoldi. Mansur baxshini esa kelajakda bo‘ladigan janglardan birida ajal kutmoqda edi... _________________ * N a q b s o l i sh — tagi kavlangan devorni olov va borut (porox) bilan portlatib qulatish. 4 «Nahotki mening ham paymonam to‘lgan bo‘lsa?»— degan qo‘rqinchli o‘y Shayboniyxonning xayoliga Mur-g‘ob daryosining bo‘yida to‘satdan Shoh Ismoilning qo‘shinlari qurshoviga tushib qolgan paytda keldi. Achchiq izg‘irin esib, qor uchqunlab turgan bu bad-qovoq kunda Shayboniyxon Murg‘ob bo‘yiga Shoh Ismoil Safaviyni ta’qib etib borib qolgan edi. Bundan bir necha soatgina oldin Shoh Ismoil bor qo‘shini bilan Marv qo‘rg‘onidan orqaga chekingan paytda Shaybo- niyxon o‘zining yana ulkan g‘alabaga erishishiga mutlaqo ishongan edi. Chunki Marv qo‘rg‘oni ichida ko‘pdan beri kuch saqlab o‘tirgan Shayboniyxonning o‘n besh ming qo‘shini bor edi. Xonga kelgan aniq axborotlarga qaraganda, Shoh Ismoilning Marv qo‘rg‘onini qamal qilib, qish sovug‘ida izg‘ib yurgan qo‘shini o‘n ikki mingdan oshmas edi. Sovqotib, orqaga betartib chekingan lashkarga ichkarida issiqqina joyda kuch to‘plab yotgan lashkar hamla qilsa — Shayboniyxonning g‘olib chiqishi muqarrardek tuyulardi. So‘nggi yillarda Shayboniyxonning eng zo‘r istagi— Shoh Ismoil ustidan uzil-kesil g‘alaba qilish edi. O‘zini «xalifai rahmon» deb e’lon qilgan Shayboniyxon musulmon olamiga yagona diniy rahbar bo‘lish niyatida edi. Eron va Ozarboyjonda shia mazhabini davlat dini qilib ko‘targan Shoh Ismoil Safaviy esa o‘zini «sohibi zamon» deb e’lon qilgan edi. Demak, u ham musulmon olamiga rahbar bo‘lishga intilardi. «Bir qinga ikki qilich sig‘magay, musulmon olamiga yo men rahbar bo‘lishim kerak yoki Shoh Ismoil!» Shayboniyxon shu e’tiqod asosida Shoh Ismoil bilan bultur astoydil bellashmoqchi bo‘ldi. Hirotdan ellik ming qo‘shin bilan Eronning Kermon va Gurgon shaharlarigacha bostirib bordi. O‘shanda Shoh Ismoil g‘arbdagi turk sultoni Boyazid II bilan jang qilib yurgan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling