Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
209 boshladi. Shayboniyxon o‘n besh ming qo‘shinni darhol otlantirdi. Uch yuztacha navkarni qal’ada qo‘riqchilik qilish uchun qoldirdi-yu, qolganlarini qo‘rg‘on darvozalaridan tashqariga boshlab chiqdi. Uzoqda shoh askarlari chodir va o‘tovlarini aravalarga ortib, betartib chekinib bormoqda. Shayboniyxon baland bir joyga chiqib, Amudaryo tomonga uzoq tikilib qaradi. Qani endi o‘sha o‘ttiz ming qo‘shini hozir yetib kelsa! Lekin o‘sha yoqdan otini yeldirib kelgan chopar qo‘shinning hali ham Amudaryodan narida yurganini aytdi. Shoh Ismoil askarlari hamon chekinib bormoqda. Nahotki Shayboniyxon shunday qulay fursatni boy berishi kerak? Odamlar: «Xon qo‘rqoqlik qilgan, bo‘lmasa uning qo‘shini shohnikidan ko‘p, dadil hamla qilsa yengar edi», deyishmaydimi? Narigi sultonlar esa: «Ana, bizsiz xon hech vaqt jang qilolmaydi!» deyishi ham turgan gap. Eh, agar shu gal xon g‘alabani narigi Ubaydulla Sulton va Temur Sultonlarsiz qo‘lga kiritsa edi, qolgan butun umri shon-shuhrat ichida o‘tmasmidi? Xon ikkilanib turganini ko‘rgan mulla Abdurahim izg‘irinda lablari ko‘karib, iltimos qildi: — Hazratim, biz sizning ulug‘ joningizni xavf-xatardan uzoqroq tutmog‘imiz darkor. Movarounnahrdan keladigan qo‘shinni kutaylik. Xon qahr bilan so‘radi: — Qani o‘sha qo‘shin! Qani?! — Qish izg‘irinida daryodan o‘tmoq mushkul. Biroq Ubaydulla Sulton bilan Temur Sultonlar hademay kelib qolurlar. — Shoh Ismoil Tabriziga yetganda kelurmi? Agar bu it sultonlar istasa allaqachon yetib kelmasmidi? Bu sultonlaring jo‘rttaga meni yolg‘iz tashlab qo‘ydi! «Hamma g‘alabani biz qo‘lga kiritamiz!» deb maqtanar emishlar, ablahlar! Men bo‘lmasam g‘alabani tushlarida ham ko‘rishmas edi! — Haq gapni aytdingiz, hazratim! — Men mana bu shunqorlarim bilan erishganmen butun g‘alabalarga! — Shayboniyxon shunday dedi-yu, jangga shay bo‘lib turgan o‘n to‘rt mingdan ortiq qo‘shinning saflari orasiga ot choptirib kirdi: — Shunqorlarim, yog‘iyning safi buzilib chekinganini ko‘rdilaring. Ular son jihatdan ham bizdan oz! O‘zlari sovuqda diydirab holdan ketgan. Men ishonamen, ollohu taolo bizga yana bir ulkan g‘alabani in’om etgusidir! Muhammad alayhissalomning arvohlari pok sunniy mazhabidagilarni qo‘llab-quvvatlagusidir! Choryori bosafolar madadkoringiz bo‘lsin, shunqorlarim. Dushman o‘z saflarini qayta tuzib ulgurmasdan yetib boringlar! Xudo omadlaringni bersin! Omin ollohu akbar! Minglab ovozlarning: — Ollohu akbar! — Ollohu akbar! — degan hayqirig‘i barcha saflar bo‘ylab taraldi. Ko‘pakbiy va Qambarbiylar oldinda, Shayboniyxon qo‘shinning o‘rtarog‘ida qizilboshlar ketidan ot choptirib ketdilar. Ilgari xonga aniq axborotlar berib turadigan maxsus odamlar bu gal Shoh Ismoilning yolg‘ondakam chekinayotganini va harbiy nayrang ishlatmoqchi ekanini bilmay qolgan edilar. Shoh Ismoil Marvni qamal qilish uchun askarlarning ozroq bir qismini boshlab borgan edi. Uning yana yigirma ming kishilik saralangan askarlari Marvdan yigirma chaqirimcha naridagi qumtepalar ortiga pistirma qilib qo‘yilgan edi. Bunday harbiy nayrangni Shayboniyxonning o‘zi o‘n ikki yil muqaddam Buxoroning Qorako‘l shahrida qo‘zg‘olon ko‘targan isyonchilarga qarshi ishlatgan edi. U ham qo‘shinning asosiy qismini Qorako‘lning sharqidagi pana joylarga bekitib qo‘yib, ozgina askari bilan hujumga borgan, qal’a ichidagi isyonchilar yovning ozligidan dadillanib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling