Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
218
choryorlaridan biri deb tan olindi, faqat yoshiga qarab uni Abubakir, Umar va Usmondan 
keyingi to‘rtinchi o‘ringa qo‘ydilar. 
Dushmanlari avval Umarni, keyin Usmonni suiqasd bilan o‘ldiradilar. Nihoyat Ali xalif 
bo‘ladi. Ammo oradan besh yil o‘tar-o‘tmas dushman taraf qasdma-qasdiga Alini ham 
o‘ldirdi. 
Ali tarafdorlari uning o‘rniga o‘g‘illari — Bibi Fotimadan tug‘ilgan Hasan va Husanni 
musulmon olamining boshlig‘i deb e’lon qildilar. Ammo Imom Hasan kasallanib o‘ldi. 
Imom Husan Karbalo dashtida sunniylar bilan qilingan jangda halok bo‘ldi. Shundan 
keyin xalifalik yana sunniylar qo‘liga o‘tdi-yu, Alining avlodiga mansub bo‘lgan barcha 
imomlar birin-ketin o‘ldirilaverdi. Faqat o‘n ikkinchi Imom Muhammad yoshligida sirli bir 
tarzda yo‘qoldi, uning o‘lik-tirigi topilmadi. Muxoliflari uni o‘g‘irlab ketib o‘ldirganlari 
taxmin qilinsa ham, uning tarafdorlari xalq orasida «Imom Muhammad osmonga chiqib 
ketgan, bir kun Imom Madhi nomi bilan qaytib tushib, dunyoda adolat o‘rnatadi» degan 
bir diniy e’tiqodni tarqatdilar. Adolatsizlikdan azob tortib yurgan juda ko‘p sodda 
odamlar bu gapga ishonadilar. Shialar musulmon olamidagi barcha baxtsizliklarga Alidan 
oldingi uch xalifani va ularning keyingi avlodlarini sababchi qilib ko‘rsatdilar. Sunniylar 
uzoq vaqt davlat tepasida turgan va musulmon dinini juda ko‘p mamlakatlarga 
tarqatgan hokim kuch bo‘lganliklari uchun ularning zulmlaridan norozi bo‘lgan ko‘pgina 
olimlar, san’atkorlar, dehqonlar, kosiblar va boshqa turli tabaqa vakillari ham shialar 
tomoniga o‘tdilar. Qadimiy madaniyat markazi bo‘lgan Eron va Ozarboyjonda shialarning 
sunniylarga qarshi kurashi tobora o‘sib bordi. Shoh Ismoil shialarning mana shu 
kurashidan foydalanib, davlat tepasiga keldi, tarixda birinchi marta shia mazhabini katta 
bir davlatning diniga aylantirdi va sunniylarga qarshi g‘azavot e’lon qildi. 
— Rost, shia-sunniy adovati qanday xunrezliklarga sabab bo‘lganini men Hirotda ko‘rib 
dahshatga keldim!— dedi Xonzoda begim va bir voqeani hikoya qilib berdi. 
Marvdan keyin Hirot qizilboshlar qo‘liga o‘tgach, bu yerda Shayboniyxon davrida 
qatag‘on qilingan shialar qasoskorona bosh ko‘tardilar. Ular Hirotda Shayboniyxonning 
barcha ishlariga fatvo bergan sakson yoshli shayxulislom Taftazanini shialarga tutib 
berdilar. Shialar cholni ko‘chaga — xaloyiq orasiga sudrab olib chiqdilar va darhol sunniy 
mazhabidan shia mazhabiga o‘tishni buyurdilar. Taftazani bunga ko‘nmadi. Shundan 
keyin shialar uni ko‘chadagi bir daraxtga osib o‘ldirdilar va jasadini daraxt bilan birga 
yoqib yubordilar. 
Buni ko‘rgan xolis odamlar shia-sunniy dushmanligidan bezor bo‘lib, Abdurahmon Jomiy 
tirikligida yozib ketgan o‘tkir ruboiyni bir-birlariga shivirlab aytadilar: 
Ey mug‘bachai dahr, bideh jomi mayam, 
Ki omad zi nizoyi sunni-yu, shia qayam. 
Go‘yandki, Jomiyo, chi mazhab dori? 
Sad shukrki, sagi sunni-yu, xari shianayam!* 
Bu ruboiyning so‘zlari og‘izdan-og‘izga o‘tib, shialarning qulog‘iga ham yetib boradi. 
Ayniqsa «shianing eshagi» degan ibora ularning jonini chiqaradi. Qizilboshlar bid’atga 
berilgan hirotlik shialar va yosh bezorilar to‘dasini Abdurahmon Jomiyning maqbarasiga 
boshlab boradilar. Qabr ustiga qo‘yilgan marmar toshni ko‘chirib tashlaydilar. Toshga 
o‘yilgan «Jomiy» so‘zidagi arabcha « »ning nuqtasini o‘chirib « » tarzida harfning 
yuqorisiga qo‘yadilar. Natijada ulug‘ shoirning nomi «Xomiy» deb o‘qiladigan bo‘ladi. 
Johillar bu bilan ham qanoat qilmaydilar. Jomiy maqbarasiga Navoiy o‘rnattirgan zarrin 
o‘ymakorlik go‘zal eshikni sindirib, maqbara bilan birga yondirib yuboradilar. 
Bu voqeani opasidan eshitgan Bobur g‘azab aralash hayrat bilan so‘radi: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling